Bolani ozodalikga o‘rgatish uchun tavsiyalar

Qani endi bolangiz sizni hech javratmay o‘zi yuz-qo‘lini, tishlarini yuvsa, yotgan o‘rnini yig‘ishtirsa… Bu aksar ota-onalar uchun bir orzudek. Aslida, bolani ozodalikka o‘rgatish qiyin ish emas. Muhimi, o‘sha o‘rganadigan paytini o‘tkazib yubormaslik, shaxsiy ibrat ko‘rsatish va bolaga nisbatan to‘g‘ri usulni topish.

Bolani ozodalikga o‘rgatish

Bolaga pul berishda nimalarga etibor qaratish kerak?

Nega bolalarimiz ozodalikka o‘rganishmaydi

Chunki ko‘pincha ularning ozodaligi bilan o‘zimiz shug‘ullanamiz. Burni oqayotgan bo‘lsa, bir necha bor «art» deb o‘ziga artirish o‘rniga o‘zimiz dastro‘molni olib shartta shu ishni qilib qo‘yaqolamiz. Boshqa ishlarda ham shu. Natijada bola o‘zi hech nima qilmaslikka o‘rganadi.

Agar sabr qilsangiz, bola, mayli, epchillik bilan bo‘lmasin, mayli siz istagan darajada bo‘lmasin, lekin o‘zi shu ishni qiladi. Demak, birinchi shart, bolaga o‘zi qilib ko‘rish imkonini bering.

Ozodalikka o‘rganishmaydi

Bolakay atrofga sizning emas, o‘zining nazari bilan boqadi. Uning uchun qo‘llari kir emas, kiyimiga tekkan dog‘ni balki umuman payqamayotgandir, chunki bundan muhimroq ish bilan mashg‘ul, dunyoni taftish qilayapti va anglayapti. Uning uchun moshinachasining g‘ildiragi shig‘illashi yoki qo‘g‘irchog‘ining qo‘ng‘ir sochlarini turmaklash muhimroq.

Siz esa asabiylashib, bola ahamiyatsiz shu ishini qo‘yishini va istaganingizdek ozodalik bilan shug‘ullanishini talab qilayapsiz. Unda nima qilish kerak? Asta-asta o‘rgatib, buni odat darajasiga ko‘tarib borish lozim. Sportchilarni qarang, har bir harakatlarini tinimsiz mashg‘ulotlar yordamida maromiga yetkazadilar. Siz ham shunday, oz-ozdan, lekin har kuni ozodalik mashqini o‘tishingiz lozim.

Arazchi bolani qanday tarbiyalash kerak?

Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak

Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak. Cho‘milib chiqqach, xushbo‘y hid taratishi, terisining yaltirashi naqadar yoqimli ekanini qayta-qayta ta’kidlang, kichkintoyga shu holatdan lazzatlanishi uchun sharoit yarating.

Bolalarga ozodalikni yoqtirish kerak

Qizaloqlar kichkinaligidanoq chiroyli kiyimlarni yaxshi ko‘rishadi: lentalar, bantchalar, taqinchoqlar, bejirim poyafzal. Iflos kiyim qanaqasiga chiroyli bo‘lsin? Agar kattalar: «Naqadar chiroyli va ozoda qiz ekan!», deb maqtasalar, qizaloq qanchalar xursand bo‘ladi? Xullas, chiroyli ko‘rinish qizlarni sarishtalikka undovchi rag‘bat bo‘lishi kerak.

Qizingizga kiyimlarini ozoda saqlashni o‘rgating, qanday taxlashni, shkafga ilishni, dazmollashni ko‘rsating, o‘zi uchun maxsus oyna, taroqlar sotib olib bering. Shuningdek, u o‘z navbatida qo‘g‘irchoqlarini ozodalikka o‘rgatishi mumkin, unga shunday o‘yin g‘oyasini bering.

O‘g‘il bolalar bilan, albatta, qiyinroq. Bu yerda to‘g‘ri taktika qo‘llash kerak. Asosiy dastagingiz: ozoda bola bilan gaplashish, muloqot qilish yoqimli.

Ko‘chada iflos kiyimda yurgan odamlarni ibrat qilib ko‘rsating, ozoda bo‘lmagan insonning ishi yurishmasligi, muvaffaqiyatga erisholmasligi, falonchi kabi mashinasi, chiroyli uylari bo‘lmasligini ayting (o‘g‘il bolalar yoshligidanoq mashina haydashni, uy qurishni orzu qiladilar-ku). Shuningdek, mavzuga doir mul’tfil’mlar, kitoblardan ham foydalaning.

Baxtli bola tarbiyalashning muhim sirlari

Ozoda bo‘lmasangiz boladan buni qanday talab qilasiz

Ozoda bo‘lmasangiz

Yana shaxsiy ibrat masalasini ko‘taramiz. Tarbiyani busiz tasavvur qilish mumkin emas. O‘zingiz ozoda bo‘lmaganingiz holda bolangizdan buni qanday talab qila olasiz? Talab qilganingiz bilan, amalga osharmidi? Bola yoshligidanoq ota-onasiga o‘xshashni orzu qiladi.

Ana shu taqlid davrida bolaga shaxsiy ibrat orqali tozalik o‘gitlarini singdirib borish mumkin. Іamma ishni birgalikda qiling: «Yur, qo‘llarimizni yuvib kelamiz», «Kettik, tishlarimizni yuvamiz», «Men uy supuraman, sen changlarni artib turasanmi?» Bu bilan siz kichkintoyga katta bo‘lib qolganini ko‘rsatasiz, bu ularga yoqadi. Katta bo‘lishni qaysi bola istamaydi, deysiz.

Va albatta, bolani ozodalik yo‘lida qilgan har bir xatti-harakatini maqtang, e’tirof eting. Uning mayda muvaffaqiyatsizliklariga, ko‘ngildagidek amalga oshmagan ishlariga nisbatan sabrli bo‘ling. U birdaniga ozoda bo‘lib qolmaydi, ammo sarishta bo‘lish yaxshi ekanini kundan-kunga ko‘proq sezib boradi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *