Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar
Bolalarga stressni yengishda qanday yordam berish mumkin? Avvalgi maqolalarimizda pandemiya davrida xodimlar salomatligini saqlash bo‘yicha koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatovaning muhim tavsiyalarini e’lon qilgan edik.
Ushbu maqolada Barno Abdusamatovaning AOKAda o‘tkazilgan brifingda berilgan savol yuzasidan muhim tavsiyalarini taqdim etmoqdamiz:
Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
- Bolalar stressga turli xil munosabatda bo‘lishlari mumkin. Umumiy reaksiyalar: uyqusizlik, tunda siyib qo‘yish, qorin og‘rishi yoki bosh og‘rig‘i, shuningdek, tashvish, tundlashish, g‘azablanish, yolg‘iz qolishdan qo‘rqish kabilarni o‘z ichiga oladi.
- Bolalarning holatini diqqat bilan kuzatib boring, qo‘llab-quvvatlang va tasalli bering. Qiyin vaziyatda ularning reaksiyasi odatiy hol ekanini tushuntiring. Ularning ehtiyojlarini tinglang, tinchlantirish va xavfsizlikda ekanliklariga ishontirish uchun vaqt ajrating.
- Tez-tez maqtang va rag‘batlantirib turing. Bola o‘yin o‘ynashi va hordiq chiqarishi uchun zarur shart-sharoitlarni yarating.
- Kundalik tartib va uyqu rejimiga rioya qiling va bolangizga yangi muhitga moslashishiga yordam bering. Nima bo‘lgani haqida yoshiga qarab ma’lumot bering, mikroblar qanday tarqalayotganini va nima uchun qo‘l va yuz gigiyenasi muhim ekanini tushuntiring.
- Nima bo‘lishi mumkinligi xususida umidbaxsh tarzda gapirib bering. Masalan, agar bolangiz o‘zini yomon his qilayotgan bo‘lsa va uyda yoki shifoxonada bo‘lsa, siz unga quyidagilarni aytishingiz mumkin:
Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
«Sen uyda/shifoxonada bo‘lishing kerak, chunki bu sen va do‘stlaring uchun xavfsizroqdir. Bilaman, bu qiyin (ehtimol zerikarli yoki hatto qo‘rqinchli bo‘lishi mumkin), lekin biz o‘zimizni va boshqalarni xavfsiz saqlash uchun qoidalarga amal qilishimiz kerak. Tez orada hammasi iziga tushib ketadi».
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
- Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
- Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
- Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
- Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
- Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar
- Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?
- Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?
- Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli
- Bolani tarbiyalashda eng ko'p uchraydigan xatolar