Chaqaloqni uyqudan oldin to‘g‘ri kiyintirish haqida tavsiyalar

Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog‘liq ekan. Chaqalog‘ingizni kechasiga kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo‘lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo‘shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo‘shasiz.

Chaqaloqni uyqudan oldin to‘g‘ri kiyintirish haqida tavsiyalar

O‘quv yili boshidagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?

Bolangizning tana haroratini qo‘lingiz bilan his etishga o‘rganing. Qo‘l va oyog‘i muzdek bo‘lib qolgan bola sovuqqotganidan dalolat beradi. Demak, bolani yaxshilabroq yopish kerak. Agar bola tanasi issiq bo‘lib terlagan ham bo‘lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.

Agar chaqalog‘ingiz muddatidan oldin tug‘ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug‘ilgan bo‘lsa, u holda bola qo‘shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim. Ko‘pchilik chaqaloqlar o‘ralgan holatni xush ko‘radilar. Albatta qattiq o‘ralgan emas, balki biroz qo‘l oyoqchalari birlashgan holda, asta o‘ralgan bo‘lmog‘i qulay. Bolaning harakatlari siqilmagan bo‘lishi kerak.

Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo‘lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasiga nafas olishga yordam beradi. Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo‘lmagani qulay, bola g‘imirlab iplarga bo‘g‘ilib qolishi oson.

Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak?

Bolani issiqroq kiyintirish lozim

Agar bolaning yotog‘i sovuq bo‘lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin. Agar chaqalog‘ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko‘p yig‘lasa, uning kiyimlarini bir ko‘zdan kechirib chiqing. Ko‘pincha bolalar tinch uxlay olmasligiga isib ketishi, sovuqqotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo‘lishi mumkin.

5/5 - (8 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘quv yili boshidagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?
  2. Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak?
  3. O‘quvchini maktabga telefon bilan jo‘natish mumkinmi?
  4. Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar
  5. Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
  6. Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
  7. Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
  8. Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
  9. Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
  10. Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *