Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak?

Yaqin kunlarda ota-onalar o‘zlarining maktab bolalari uchun mukammal sumka izlay boshlaydi. Bahosi, sifati, tashqi ko‘rinishi – bularning hammasi shubhasiz tanlashda muhim belgilar bo‘lib xizmat qiladi.

Lekin mutaxassislar, eng asosiysi sumkalar farzandingiz sog‘lig‘i uchun xavfsiz bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Bu maktab qurolini qanday qilib to‘g‘ri tanlash va tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak.

Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak

O‘quvchini maktabga telefon bilan jo‘natish mumkinmi?

Maktab sumkalarining turlari

Maktab sumkalarining uch asosiy turlari bo‘ladi: portfel, quti-sumka va yumshoq ryukzak. Portfelda yelkalar uchun tasmalar ko‘zda tutilmagan, shuning uchun bola uni qo‘lda ko‘tarishi kerak. Bu kichik yoshdagi maktab bolalari uchun bunday sumkalar mos kelmasligini bildiradi.

Quti-sumka va ryukzak bilan vaziyat butunlay boshqacha. Butun ustki qismiga qo‘yilgan plastik qo‘shimchalar tufayli quti-sumkaning korpusi juda qattiq bo‘ladi. Shu vaqtning o‘zida yumshoq ryukzakning faqat orqa tomonini qattiq qilib yasashadi. Qattiq korpus bolalar gavdasiga foydali bo‘lgani uchun ortopedlar kichik yoshdagi maktab bolalariga quti-sumka yoki qattiq ryukzak olishni tavsiya qilishadi.

Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar

Tasmalariga e’tibor bering

Bola uchun sumkaning qulayligi aynan tasmalariga bog‘liq. Eng qulay variant — S-ko‘rinishdagi, 6-7 sm kenglikda bo‘lgan, yumshoq va formada ushlab turuvchi yelka tasmalari.

Orqasi va tasmalarining qoplamasi to‘rli havo o‘tkazuvchan matodan qilingan bo‘lishi kerak. Bu maktab bolasining orqasini issiq ob-havoda terlab ketishidan saqlaydi.

Sumkaning og‘irligi qancha bo‘lishi kerak?

Bo‘sh sumkaning eng maqbul og‘irligi 1 kg gacha, to‘ldirilgan sumkaning yo‘l qo‘yiladigan og‘irligi esa – bola tanasi massasining 10—12 foizidan oshmasligi kerak. Maktab bolasining yoshiga qarab to‘ldirilgan sumkaning og‘irlik ko‘rsatkichlari taxminan shunday bo‘ladi:

  • 6—8 yosh — 2 kg gacha,
  • 9—13 yosh — 3 kg gacha,
  • 14 yosh — 5 kg gacha,
  • 15—16 yosh — 6 kg gacha.

Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *