O‘quvchini maktabga telefon bilan jo‘natish mumkinmi?
Farzandim bu yil maktabga chiqdi, uni maktabga mobil telefon bilan yuborsam bo‘ladimi? Savolga Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanalida quyidagicha javob berildi: Yuborishingiz mumkin. Faqat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir o‘quvchi o‘z telefoni chaqiruv ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi shart.
Bunda o‘quvchilarga maktabda telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida saqlash, telefon yordamida atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish, ta’lim muassasasida surat va videolar olib, keyinchalik tarqatish taqiqlanadi.
Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar
Shuningdek dars vaqtida:
— telefon orqali so‘zlashish hamda SMS va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
— telefonni stol ustiga qo‘yish;
— musiqa tinglash;
— surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish, tasvirlar ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha va boshqa xizmatlaridan foydalanish mumkin emas.
Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
O‘quvchilarga tanaffuslarda faqat asosli va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Bolalarda stressni yengish bo‘yicha tavsiyalar
- Farzandni o‘ziga bo‘lgan ishonchini qanday shakllantirish mumkin?
- Bolani erta uxlatishning salomatligiga ta’siri qanday?
- Ota-onalar uchun bola uyqusi haqida 10 fakt
- Bola tarbiyasida ota-onalar bilmasdan yo‘l qo‘yadigan 4 xato
- Bola gadjetlarga qaram bo‘lsa, qanday yo‘l tutish kerak?
- Bolani kechasi osuda uxlashida yordami tegadigan oltin qoidalar
- Bolaga ertak o‘qib berish uning organizmi uchun qanday foyda beradi?
- Bolaning nutqi rivojlanishiga qanday o‘yinlar yordam beradi?
- Farzandlarga uy tozalashni o‘rgatishni 8 eng oson usuli