Mantiqiy savollar javoblari bilan

Ushbu sahifada eng sara mantiqiy savollar to’plami javoblari bilan taqdim etilgan bo’lib. Savollarning javoblari oson yoki qiyin, kulgili yoki o’ta o’ylantiruvchi bo’lishi mumkin.

Savollarning javobi bilan tanishishdan avval, bilimingizni bir sinab ko’rishni tavsiya etaman. Savolning javobini ko’rish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.

Mantiqiy savollar javoblari bilan

1 — Mahmudning 10 ta qo’yi bor edi. 9 tadan boshqa hamma qo’ylari o’lib qoldi. Mahmudning nechta qo’yi qoldi?

2 — U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?

3 — Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.

4 — Tuxumni balandlikdan tashlab yuborishdi. U pastga tomon 3 metr tushganda ham yorilmadi. Buning sababi nimada?

5 — Haydovchi yuk mashinasini haydab ketayotgan edi. Mashinaning yoritgichlari (faralari) o’chgan, osmonda oy ham ko’rinmasdi. Shu vaqt yo’lni bir ayol kesib o’ta boshladi, lekin haydovchi u ayolni uzoqdan ko’ra oldi. Haydovchining bunday muvaffaqqiyati nimaga bog’liq edi?

6 — Kim o’tirgan holda yuradi?

7 — Qanday holatda 3 ta yosh bola, 4 ta katta yoshli odam, 1 ta mushuk va 1 ta it bittagina soyabon tagida turib, yomg’ir ostida nam bo’lmaydi?

8 — Rimliklar sanchqi (vilka) konstruktsiyasiga revolyutsion yangilik kiritishdi. Sanchqilarning barcha keyingi modellari ularning kashfiyoti varianti qilib yasala boshlandi. Bu kashfiyotdan oldin sanchqi qanaqa edi?

9 — Yo’llari bor, yurib bo’lmaydi,
Yerlari bor – ekib bo’lmaydi,
yam-yashil o’tloq bor – yulishni iloji yo’q,
Dengiz, daryo ko’llari bor, ammo suvi yo’q.
Bu nima?

10 — Yerdan osonlikcha ko’tarish mumkin, lekin uni uzoqqa otib bo’lmaydi. Bu nima?

11 — Bir kuni chol ikki nabirasi bilan yo’lga chiqibdi. Ular yo’lda ketayotib katta daryoga duch kelibdi. Daryoda qayiq bor ekan. Qayiq esa faqatgina 100 kilogram yukni ko’tara olarkan. Chol o’zi 100 kilo ekan. Nabiralar esa 50 kilodan ekan. Ular daryoni u betiga o’tishlari shart.
Qanday qilib o’tib olish mumkin?

12 — Ikki ota va ikki farzand ketishayotgandi. Do’kondan uchta olma xarid qilishdi. Bo’lmadilar, kesmadilar, teng qilib bo’lib olishdi. Qanday qilib?

13 — Bu xarf deyarli dunyoning barcha alfavitlarida 1 xil yozilishi bilan rekord o’rnatgan. bu qaysi xarf?

14 — Qaysi holatda 2 ga qarab, 10 deymiz?

Hikmatli savollar va ibratli javoblar to’plami

15 — Yomg’ir vaqtida qarg’a qanday daraxtga qo’nadi?

Qarg'a haqida mantiqiy savol

16 — O’rdaklar suv ichishga qator bo’lib ketayotgan edi. O’rdaklardan biri oldinga qarab, 17 ta boshni ko’rdi. Ortiga qarasa — 42 ta panja kelayotgan ekan. Jami nechta o’rdak suv ichishga ketmoqda?

17 — Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?

18 — Kichkina, kulranggina, filga o’xshaydi.

19 — Sherlok Xolms ko’chada sayr qilib yurgan edi. To’satdan u yerda jonsiz yotgan ayol tanasiga ko’zi tushdi. Aftidan qotillikka o’xshardi. U ayolning yoniga kelib, uning sumkasini ochdi va uning telefonini oldi. Telefonda uning turmush o’rtog’i raqamini topib, unga qo’ng’iroq qildi va shunday dedi:

– Tezda yetib keling. Sizning ayolingiz jonsiz topildi.

Bir necha daqiqadan keyin ayolning turmush o’rtog’i yetib kelib: “Azizam, senga nima bo’ldi, nega?”, – deya yig’lab yubordi. Shundan so’ng politsiya yetib kelgach, Sherlok barmog’i bilan ayolning turmush o’rtog’iga ko’rsatib: “Bu odamni hibsga oling, u o’z ayolining qotili”, – deb aytdi. Savol: Sherlok nega bunday qarorga keldi?

20 — Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi. Lampochka emas.

21 — Stolning 4 ta burchagi bor. Uning bir burchagini kesib yuborsak nechta burchak qoladi?

22 — Erkak kishi o’zining bevasining singlisiga uylanishi mumkinmi?

23 — Shifokor bemorga 30 daqiqa oraliq bilan 3 ta ukol olishni belgiladi. Hamshira ukol qilishni soat 10:30 da boshlasa, bemor soat nechida ukollarni to’liq olib bo’ladi?

24 — Yerdan turib, to’qqiz qavatli uydan balandroq sakrash mumkinmi?

25 — Itning bo’yniga 3 metr keladigan arqon bog’langan edi, lekin it to’g’ri yo’nalish bilan 5 metr yura oldi. U bunga qanday erishdi?

26 — Qaysi inson otni ham, filni ham hech bir qiyinchiliksiz ko’tarishga, ularni joyini o’zgartirishga qodir?

27 — Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi. Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?

28 — O’n metrlik narvondan sakrab tushib, hech bir jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

29 — Nima oq bo’lganda toza xisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?

30 — Nimani 10 daqiqadan ortiq ushlab turishning iloji yo’q, garchi u o’ta yengil bo’lsa ham?

31 — Nega odamlar orqaga burilib qarashadi?

Odam haqida eng zo'r mantiqiy savol

32 — Mashina rulini o’ngga burganda uning qaysi g’ildiragi umuman burilmaydi?

33 — Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.

34 — Professor kech soat sakkizda budelnikni 9 ga qo’yib uyquga yotdi. U necha soat uxlaydi?

35 — U juda qiyinchilik chog’ida dunyoga keladi. Yoshlik chog’idayoq uydan chiqib ketadi. Tirik qolish uchun qo’shiq aytib kun ko’radi va o’z konserti vaqtida joniga qasd qilishadi. Ushbu qahramon va qotilni toping.

36 — 3 ta archa o’sardi. Har birida 7 tadan shox mavjud. Har bir shoxda 3 tadan olma meva bor. Barcha daraxtning jami mevalari soni nechta bo’ladi?

37 — Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?

38 — Stolda qalam, chizg’ich, sirkul va o’chirg’ich turibdi. Qog’ozga aylana shaklini chizish kerak bo’lsa, birinchi bo’lib nimani olish kerak?

39 — Bir shifoxonada bemorlar soni qabul qila olish ko’rsatkichidan oshib keta boshladi. Bemorlarning aksariyati YTH jarohat olgan haydovchilar edi. Bemorlar sonini kamaytirish uchun shahar ma’muriyati haydovchilarga xavfsizlik kamarini taqishni majburiy qilib qo’ydi. Vaqt o’tgach, statistika o’rganilganda YTH-lar soni kamaymagani, ammo kasalxonaga tushgan bemorlar soni ancha ko’payganini aniqlandi. Buning sababi nimada?

40 — Bir burchakdan qimirlamagan holda butun dunyoni kezadi.

41 — “To’yingda elak bilan suv tashiy” degan ibora mavjud. Bu mumkinmi?

42 — Shoh vaziriga menga nok olma anor keltir — deb buyurdi. Zukko vazir bitta meva keltirdi. Bu qaysi meva edi?

43 — Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?

44 — Xonaning qaysi joyiga qalam qo’yilsa, uning ustidan sakrab o’tib bo’lmaydi?

45 — Qanday sharoitda qora mushukka uyga kirish oson bo’ladi?

46 — 7 ta sham yonib turgan edi. Ulardan 3 tasini o’chirib qo’yishdi. Nechta sham qoldi?

Sham haqida mantiqiy savol

47 — Daraxtning shoxida qarg’a bor. Qarg’ani cho’chitmasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

48 — Ko’p qavatli kiyim kiygan, usti yashil ichi sariq, bolalari qator-qator, pishganda mazali.

49 — Quyon o’rmondagi hayvonlarga shunday savol berdi: «Agar men ayiqdan og’irroq bo’lsam-u, lekin chumolidan yengilroq bo’lsam, oramizda kim eng yengil bo’ladi?».

50 — Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak?

51 — Qaysi oddiy odam oldida podshohlar ham boshlarini egishgan?

52- Stolda 70 dona oq qog’oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog’ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog’oz sanab olish uchun nechi soniya vaqt ketadi?

53 — Hamma narsani ko’rayotganingizda uni ko’ra olmaysiz, hech narsani ko’rmaganingizda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

Tezkor savollar javoblari bilan

54 — 100 so’m pulingiz bor. 100 ta hayvon olishingiz kerak. Mol – 10 so’m, qo’y – 3 so’m, xo’roz – 50 tiyin. Qaysi hayvonlardan nechtadan olasiz?

55 — Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?

56 — Ikki kishi daryo sohiliga keldilar. Ularning har ikkisi ham daryoning narigi tarafiga o’tishi kerak edi. Sohilda bitta qayiq bo’lib u faqat bir kishini ko’tara olardi. Shunga qaramay ular maqsadlariga yetdilar. Ular buni qanday uddalashdi?

57 — Bu narsa insonga 2 marta beriladi. Uchinchisida sotib olinadi.

58 — A punktdan B punktga poezd yo’lga chiqdi. Unga tomon B punktdan A punktga ham harakatlana boshladi. Yo’l bir relsli, lekin poezdlar bir-biri bilan uchrashmadi. Savol: nega?

59 — Qaysi oyda odamlar kam gapiradilar?

60 — Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz.

Ko'rganda quvonamiz

61 — Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas. Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas. U nima?

62 — Qaysi so’z har doim xato bo’lib eshitiladi?

63 — Jorj Vashington, Sherlok Xolms, Vilyam Shekspir, Lyudvig Van Betxoven, Napoleon Bonapart, Aleksandr Pushkin – ushbu ro’yxatda kim “ortiqcha”?

64 — Uning balandligi ham, eni va bo’yi ham yo’q, lekin uni o’lchasa bo’ladi. U nima?

65 — Ikki ota va ikki o’g’il yo’lda ketayotib, 3 ta olma topib olishdi. Ularning har biriga bittadan olma tegdi. Bu qanday sodir bo’ldi?

66 — Tuyaqush o’zini qush deb atay oladimi?

67 — Qaysi o’simlik yig’ib olinganidan so’ng, uning 90% yoqib yuboriladi, 10% esa tashlab yuboriladi.

68 — Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi?

69 — Undan qancha olsangiz, shuncha kattalashib boraveradi. U nima?

70 — Meni hamma toptaydi, lekin men yanada yaxshiroq bo’lib boraman.

71 — Yomg’irda quyon qanday daraxt tagida turishi mumkin?

72 — 5 ta yigit 1 ta etikda qolishi uchun nima qilish kerak?

73 — Qaysi yegulikni pishirishda qancha tuz solsa ham, u sho’r bo’lib ketmaydi?

74 — Shifoxonadan to’rt muchchasi sog’ bo’lgan odamni qo’lda ko’tarib olib chiqishdi. U mutlaqo sog’lom bo’lsa, nega ko’tarib olib chiqishmoqda?

75 — Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin?

Quyon haqida mantiqiy savollar

76 — 1 dan 100 gacha sonlar orasida nechta 9 bor?

77 — Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?

78 — 1 kg tosh og’irmi, 1 kg paxta?

79 — Balandligi 10 metr keladigan narvondan sakrab, umuman jarohat olmaslik uchun nima qilish kerak?

80 — Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz. Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?

81 — Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin?

82 — Ular qanchalik ko’payib ketsa, vazni shunchalik kamayib boraveradi.

83 — Avtobusda 15 yo’lovchi ketayotgan edi. Birinchi bekatda 3 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 2 yo’lovchi tushib qolib, 4 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda 4 yo’lovchi tushib 7 yo’lovchi chiqdi, keyingi bekatda esa 1 yo’lovchi tushib 6 yo’lovchi chiqdi. Avtobus necha bekat yurdi?

84 — 16 qavatli uyda bir liliput (pakana) odam yashaydi. U har kuni ertalab ishga ketayotib liftda pastga tushib, so’ng ishga ketadi, ishdan qaytayotganda esa 10- qavatgacha liftda ko’tarilib, u yog’iga piyoda ketadi. U nimaga shunday qiladi?

85 — O’rdaklar qator bo’lib suv ichgani ketishayotgan edi. Ulardan biri oldinga qarab 7 ta boshni ortiga qarab 12 ta panjani ko’rdi. O’rdaklar nechta?

86 — Stol ustida ikkita tanga turibdi. Ularning jami qiymati 3 so’m. Lekin ularning biri 1 so’mlik tanga emas. Tangalar necha so’mlik?

87 — Ikkita soat taqib yuradigan kasb egalari kimlar?

88 — Men suvman va suv yuzida suzib yuribman. Men kimman?

89 — Elektropoezd sharqqa tomon 80 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Shamol esa sharqdan g’arbga qarab 15 km/soat tezlik bilan esmoqda. Poyezddan chiqayotgan tutun qaysi tomonga qarab harakatlanadi?

90 — Xomligida iste’mol qilinmaydi, qaynatilganda tashlab yuboriladi.

91 — Juda och qoringa nechta tuxum yeyish mumkin?

Nechta tuxum yeyish mumkin

92 — Sen notanish xonaga kirib qolding. U erda benzin va gaz bilan yonadigan chiroqlar bor ekan. Sen birinchi bo’lib nimani yoqishing kerak?

93 — Bir vaqtlar Nissa shahrida eng chidamli chekuvchi bo’yicha konkurs o’tkazilgandi. Ishtirokchilardan biri ketma-ket 60 dona sigareta chekib, rekord o’rnatdi, lekin sovrin olmadi. Nega?

94 — Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan

95 — Bir kunda bitta tug’ruqxonada ikki o’g’il farzand dunyoga keldi. Ularning ota-onalari bitta ko’p qavatli uyda yashashardi. Ikkita bola bitta bog’chaga, bitta maktabga borishdi, bir sinfda o’qishdi. Lekin hech qachon bir-birini ko’rmadi. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

96 — Saudiya Arabistoni mamlakatida nechta daryo o’rin olgan?

97 — Bir kishi sochini oldirib bo’lib qancha bo’ladi dedi. Usta esa g’aladanda necha so’m bo’lsa shuncha tashlab 2000 so’m oling dedi .Keyingi odamga ham shu qaytarildi va 3- odam ham g’aladanda qancha bo’lsa shuncha pul tashlab 2000 so’m olib chiqib ketdi va galadanda pul
tugadi. Dastlab g’aladonda necha so’m bor bo’lgan?

98 — Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?

99 — Bir oilada 5 qiz bor ekan. 1- kitob o’qiyapti, 2- shaxmat o’ynayapti, 3- ovqat yeyapti, 4- yig’ishtiryapti, 5- nima qilyapti?

100 — Futbolda “Quruq barg” degan termin bor, qaysi holda ishlatiladi?

101 — Shifokorlarning ta’kidlashlaricha, ushbu soha vakillari chap quloqlarining yaxshi eshitmasligidan ko’p shikoyat qilishadi. Ushbu soha vakillarini toping.

102 — Qanday holda 12 sonini teng ikkiga bo’lsak, 7 chiqadi?

103 — O’rmonga qachongacha kirish mumkin?

104 — It, jirafa, tuya. Bularning qanday umumiy xususiyatlari bor?

105 — Nimani chap qo’l bilan ushlash mumkin, lekin o’ng qo’l bilan umuman ushlab bo’lmaydi?

106 — Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?

Mashina haqida mantiqiy savol javobi bilan

107 — U sizniki, lekin undan sizdan ko’ra boshqalar ko’proq foydalanishadi.

108 — Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?

109 — Ot o’z bo’yniga bog’langan qo’ng’iroqning ovozini eshitmaslik uchun necha km/soat tezlikda chopishi kerak?

110 — Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?

111 — Ikki kun ketma-ket yomg’ir yog’ishi mumkinmi?

112 — U savol emas, lekin unga javob berish kerak.

113 — Qo’llarda 10 ta barmoq bor. 10 ta qo’lda nechta barmoq bor?

114 — Yuliy Sezar o’z qo’shinlariga qalqon va qilichlarini qimmatbaho narsalar bilan bezatishni buyurgan. Nima uchun?

115 — Yog’ochni 12 bo’lakka bo’lish uchun uni necha marta arralash kerak?

Hayotiy savollar javoblari bilan

116 — Traktorchining Farhod ismli akasi bor edi, lekin Farhodning ukasi yo’q edi. Buning sababi qanday?

117 — Qaysi oyda 28 kun bor?

118 — Bola choynak va uning qopqog’i uchun 11 so’m pul to’ladi. Choynakning narxi qopqog’iga qaraganda 10 so’m qimmat. Qopqoqning narxi necha pul?

119 — Ota va o’g’il avto halokatga uchrashdi. Otasi shu joyning o’zidayoq halok bo’ldi, o’g’lini esa kasalxonaga yuborishdi. Operasiya vaqtida xirurg bolani ko’rib: «Voy xudoyim-ey, bu mening o’g’lim-ku-deb baqirib yubordi. Shunday ham bo’lishi mumkinmi?

120 — Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi?

Qanday idishda ovqat yeb bo’lmaydi

121 — Qaysi yegulikni pishirish vaqtida qancha tuz solsangiz ham sho’r bo’lib ketmaydi?

122 — Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima?

123 — Yarimta olma nimaga o’xshab ketadi?

124 — Bir inson samolyotdan parashyutsiz sakrab, qattiq yerga hech bir jarohat olmasdan tushdi. Unga hech kim yordam bermadi. Buni qanday izohlash mumkin?

125 — Uchta toshbaqa sudralib bormoqda.
1-toshbaqa: mening ortimdan ikkita toshbaqa sudralib kelmoqda.
2-toshbaqa: mening oldimda ham, ortimda ham bittadan toshbaqa sudralib kelmoqda.
3-toshbaqa: mening oldimda ikkita toshbaqa, ortimdan esa bitta toshbaqa sudralib kelmoqda. Bu qanday qilib bo’lishi mumkin?

  1. Foydalanuvchi:

    Излаган саволимни топаолмадим арра утинни арралайди умирни нима арралайди

    • UzBaza.uz:

      Assalomu alayko’m. Savolingizni javobi — «Arra arralarmish o’tinni, til esa arralar umrni».

    • Notanish:

      Assalomu alayko’m hurmatli UzBaza.uz sayti admini, siz yuklagan ushbu mantiqiy savollar judaham ajoyib ekan.

    • Sevinch:

      «Nok Osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi» javobini aytvoring?

    • Sardor:

      Dildora assalomu alayko’m. Bu mantiqiy savollar sizga ham yoqdimi?

    • Foydalanuvchi:

      Fikringizga qo’shilaman Xurshida, juda zo’r savollar ekan.

    • Javohir:

      Shu savollardan yana va yangilaridan bo’lsa yaxshi bo’lardi.

    • Asilbek:

      Juda yaxshi mantiqiy savollar ekan. Menga juda foydasi tegdi.

    • Bexruz:

      Juda zo’r mantiqiy savollar ekan gap yo’q.Tafsiya qilaman juda zo’r.

    • Usmonov:

      Bu savollar juda oson ekan, yanada mantiqiy bo’lish kerak edi.

    • Usmon:

      Hammasi zo’r, savollarga gap bo’lishi mumkin emas, hech ham oson emas.

    • Daxshat savollar:

      Bu mantiqiy savollar juda-juda daxshat tarzda berilgan ekan, men rosa qoyil qoldim.

    • Nozima Raxmonova:

      Juda-juda-juda zoʻr, savollarga gap soʻz boʻlishi mumkin emas, qoyil qoldim. Shunday savollardan koʻproq chiqaraveringlar.

    • Islombek:

      Gap yo’q zo’r savollar to’plami ekan. Mantiqiy va chalg’ituvchi savollar ham bor ekan.

    • Anvarov Zohid:

      Vashshe zo’rakan lekin, kechqurun soat 2da ko’rib kereligini yozib o’trdim.

    • Ortiqjon:

      Assalamu aleyko’m, kanalizga omad, mantiqiy savollarizga gap yo’q. Omadizni bersin biz ham doimo mantiqiy savollarizni kuzatib boramiz.

    • Abduraimova Mohinur:

      Assalomu alayko’m. Juddayam qiziqarli mantiqiy savollar ekan, mazza qilib har kuni tongda o’qidim.

    • O'tkirbek:

      Savollar juda zo’r, manga juda yoqdi, savollarga gap yo’q.

    • Xadicha:

      Menga bu savollar juda yoqdi, boshni qotirib qo’yadigan va aqlni charhlaydigan savollar ekan, yana bo’lsa yo’q demasdim.

    • Farzona:

      Nok osilib turibdi, lekin uni yeb bo’lmaydi buni javobi «Begonaning noki»

    • Zaxro:

      Menga bu mantiqlar juda yoqdi, mantiqlarni o’qib juda mazza qildim.

    • Ozoda:

      Juda zo’r ekan manga yoqdi. Yanada bundanda zo’r savolarni kutib qolamiz.

    • Komiljonova Diyora:

      Menga juda yoqdi juda qiziqarli ekan. Meniham juda o’ylatib qo’ydi. Shularni ustozimga ko’rsiddim ustozimham mantiqiy savollarga kiradigan bo’lib qoldilar. To’g’risini aytsam menga savollar yoqdi raxmat.

    • Barfiya:

      Assalomu aleykum hurmatli UzBaza.uz sayti admini, siz yuklagan ushbu mantiqiy savollar judayam ajoyib ekan.

    • Oybek:

      Bu savollarni men va oilamdagilar bilan yechdik, sizlarga gap yo’q. Savollar zo’r tuzilgan.

    • Mushtariy:

      Savollar juda qiziqarli va ajoyib, ijodingizga omad tilayman, yanada qiziqarli savollar tuzishingizni tilab qolaman.

    • Marjona Karimova:

      Ajoyib mantiqiy savollar ekan menga yoqdi. Va bu juda qiziqarli bo’ladi began umiddaman. Men Ertaga ushbu savollarni sinfdoshlarimga beraman.

  2. UzBaza.uz:

    Assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringizdan bag’oyatda xursandmiz.

  3. Dildora:

    mantiqiy savol javoblar juda yoqdi kanalga omat

    • Malika:

      Oilamizga mantiqiy savol va uning javoblari juda yoqdi, ular qiziqarli ekan.

    • Komila:

      Salom avvalom bor. Juda ajoyib chiqibdi. Yana qiziqarli mantiqiy savollarni yuborishingizni so’raymiz. Kanalga omad.

  4. Sevinchoy:

    Assalomu aleykum savollarga gap yoq juda zor kanalga omad

    • Sevinchoy:

      Juda zo’r savollar ekan raxmat bundan ham mantiqiylarini topinglarr

    • Sevinch:

      Men ko’rgan va bilgan eng yaxshi mantiqiy savollar shu yerda ekan.

    • Maqsud:

      Judayam qiziqarli savollar ekan mazza qildim kanalga omad.

  5. SHAHBOZ:

    Juda zo`r savollar gap bo`lishi mumkin emas omaadd

  6. Muhayyo:

    Juda ham zo’r mantiqiy savollar bor bo’lgan sayt ekan. 10-savolga esa gap yo’q.

  7. Oyimcha:

    Manga yoqdi kanalga omad. Iltimos sevgi haqida ham savollar qo’ying.

    • Dilfuza:

      Bu mantiqiy savollar menga juda yoqdi. Aqilni charxlashda va bilimni oshirishda juda kerakli mavzu ekan.

  8. Bekzod:

    Gap yo’q zo’r savollar. Tuxum haqidagi 4-savol menga yoqdi.

  9. Gulasal:

    Barchaga salom. Mantiqiy savollar alo darajada. Bu savollar kim tomonidan tuzilgan?

    • Afruza:

      Barchaga salom, bunday zoʻr mantiqiy savol va javoblar. Bular kim tamonidan tuzilgan.

    • Surayyo:

      Savollar juda yaxshi. Fizikaga doir savollar bo’lsa iltimos topishib yuboringlar.

  10. Hasanov Husan:

    Iltimos ikki harfdan iborat bo’lgan 3 hayvon larni topib beringizlar.

  11. Shohjahon:

    Men izlagan savolga javob topolmadim. Bu savol: nimasiz hechnima boʻlmaydi?

    • Muhammadnosir:

      Akammisiz opammisiz bilmaymanu, savolning javobi nomsiz!

    • Kamola:

      Javob «Sababsiz hech nima bo’lmaydi»

    • Nomsiz:

      Nomsiz hech nima bo’lmaydi, chunki hamma narsaning nomi bor.

  12. Sardor:

    Juda zo’r, savollar sonini ko’paytirishilani so’rab qolardim.

  13. Dilmurod:

    Xonaning 4 ta burchagida bittadan mushuk bor. Har bir mushuk qarshisida 3 tadan mushuk bor. Har bir mushukning dumida bittadan mushuk bor. Hammasi bo’lib xonada nechta mushuk bor?

    • Farahnoz:

      Judayam zo’r mantiqiy savollar ekan, menga barcha savollar yoqdi, bu savollarning javoblari esa meni yanada hayron qoldirdi.

  14. Sherzod:

    Ushbu saytni juda zo’r tashkil qilgan odamga raxmat.

  15. Foydalanuvchi:

    Baliq qaysi harfni yaxshi ko’radi? Shu savolga javob topolmadim.

    • Elbek:

      Bu savollarning barchasi juda alo darajada tuzilgan, men avval bunaqa savollarga umuman duch kelmagan edim.

  16. Guli:

    Vachach zo’r gap yo’q lekin 😁

  17. O'giloy va Mohinur:

    Ajoyib savollar ekan, matematikadan ochiq dars o’tishimizga yordam berdi. Katta raxmat 😀

  18. Shamshod:

    Mantiqiy savollar zo’r ekan, men 145ta savolga javob berdim.

    • Jonibek:

      Mantiqqa asoslanib tuzilgan juda yaxshi savollar to’plangan ekan.

  19. Gulmira:

    Savollarga gap yo’q. Juda qiziqarli savollar ekan. GAP YO’Q…

  20. Nomalum:

    Judayam zo’r mantiqiy savollar ekan menga juda yoqdi.

  21. Iqrorbek:

    Bu mantiqiy savollar menga yoqdi. Gap bo’lishi mumkin emas. Shunday yaxshi saytlar ko’payaversin.

  22. Javohir:

    Shunchaki juda zo’r savollar, boshqa so’z aytishga tilim ojiz.

  23. Ozodbek:

    Mantiqiy savolarni juda ajoyiblari to’plangan ekan, kim shu ishga qo’l urgan bo’lsaham omadini bersin, menga juda katta foydasi tekdi bu savollarni.

    • Abdullo:

      Savollar juda qiziqarli ekan, lekin javoblari esa juda oddiy.

  24. Hanifa:

    Juda ham zo’r mantiqiy savollar ekan raxmat.

  25. Shohida:

    Savollar yaxshi va anchagina mantiqiy ekan, gap yo’q, kanal ijodkorlariga Omad.

    • Zubayda:

      Bu savollar mengaham judayam yoqdi, zo’r ekan raxmat!

    • Suhrob:

      Juda zo’r gap yo’q lekin ushbu mantiqiy savollarga, yana shunday savollardan bo’lsa kutib qolamiz.

    • Ruxshona:

      Salom hammaga, mantiqiy savollar juda xam zo’r, ishlaringizga omad adminlar 👍

    • Nargiza:

      Zo’r savollar ekan, menga judaxam yoqdi, yana shunaqa savollardan kutaman.

  26. Muza:

    Menga bu savollar judayam yoqdi, biri-biridan qiziqarli savol javoblar ekan. Bu savollarni kim tuzgan bo’lsaham ilohim qo’li dard ko’rmasin.

  27. Guljaxon:

    Qoyilman, men hali bunaqangi zo’r tuzilgan mantiqiy savollar to’plamini uchratmagan edim, shunaqangi savollardan yana bo’lsa yuklab qo’yinglar iltimos.

  28. Temur:

    Menga bu mantiqiy savollar to’plami juda yoqdi qoyilmaqom!

  29. Zulxumor:

    Assalomu alayko’m bu savollar menga juda yoqdi gap yo’q katta raxmat sizlarga.

  30. Azizbek:

    Bunaqangi manoli va qiziqarli mantiqiy savollarni anchadan beri uchratmagandim, mazza qildim bu savollarni o’qib hamda javob topib.

    • Azizbek:

      Bu savollarni kim tuzgan va yoki o’ylab topgan bo’lsaham, qoyil qolmasdan sira ilojimiz yo’q, barchaga omad tilayman.

    • Dilnoza:

      Bunaqangi ajoyib savollar insonni fikirlashga majbur qiladi.

  31. Ra‘no:

    Bu mantiqiy savollarga gap bo’lishi mumkin emas, yanada ko’proq shunaqa savollarga javob topishni istab qoldim.

  32. Odinaxon:

    Mantqiy savollarga gap bo’lishi mumkin emas. Judaham zo’r ishingizga omad.

  33. Tikanakcha:

    Savollarni topgan odam umridan baraka topsin. Iltimos savollarni darajasini qiyinlashtirsangiz sababi bu savollarni siyqasi chiqib ketdi. Oldindan raxmat.

  34. Jahongir:

    Bu mantiqiy savollar juda zoʻr ekan. Shunday mantiqiy savollar yozganingiz uchun katta rahmat.

  35. Muruvvatxon:

    Ushbu sayt administratorlariga omad, juda ajoyib savollar ekan, iltimos yana savol tashlela iloji boʻlsa.

  36. Dunyo:

    Salom hammaga, bu saytga gap bo’lishi mumkin emas, juda-juda zo’r ekan 👍

  37. Amirxon:

    Gap bo’lishi mumkin emas, sayt ijodkorlariga omad tilayman.

  38. Sijoo:

    Assalomu alayko’m, mening ismim Sirojiddin, ushbu mantiqiy savollar meni dars tayyorlash jarayonimga anchayin qo’l keldi, sizlarga kattakon raxmat aytib qolaman.

  39. Mohinur:

    Men izlagan savolimga javob topa olmadim. Savol shunday ediki «Bu holatni aks ettirish payti Fransuzlar 4 ta ko’z, Inglizlar 2 ta sigara va Nemislar 2 ta peshona kabi so’zlardan foydalanishadi» Savol: biz bu holatni qanday so’z bilan ifodalaymiz?

  40. Marjona:

    Savollarga gap yo’q, man yaqinda o’qishga topshiraman u yerda mantiqiy savollar bo’lar ekan, sizlardan iltimos yaxshilar o’qishga kirib ketishimga Doulariz bilan yordam berizlar, axir aytishadiku ko’pchilikni dousi o’tadi deb. Shu o’qishga kirib olishim kerak, bu juda muhim man uchun, har kuni o’qiyman shu mantiqiy savol javoblarni, qani edi shulardan tushib qolsa. Sizlardan doularizni so’rab qolaman, duo qilib qo’yizlar o’qishga kirib ketay 🙂

    • Zilola:

      Nurotada bu narsa juda ko’p. Bu narsaga quyidagicha nomlar ham berilgan: Mastak, Zuli, Zulfiqor, Mozor, Belgi, Tayla, Maston. Nurotadagi bu nomlar Nima narsaga qo’yilgan?

  41. Rayhona:

    Man o’zim izlagan savolni topdim. Bu savollarni yon daftarchamga yozib oldim. Maktab boshlanganda albatta do’stlarimni boshini qotiraman.

    • Nozima:

      Assalomu aleyko’m! Savollar menga yoqdi. Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Ishlarizga omad. Katta raxmat.

  42. Umidjon:

    Juda ham zo‘r ekan, qanday qilib skachat qilishni bilmadim.

  43. Ziyoda:

    Mantiqiy savollar ajoyib ekan ishlaringizga omad…

  44. Nazli:

    Assalomu alaykum. Yomgʻir yogʻayapti, siz mashinadasiz, yoʻlizdan 3ta odam chiqdi. Biri yaqin insoningiz, biri doʻstingiz, biri kasal odam. Mashinada 2ta joy bor. Siz qay birini olib ketgan boʻlardingiz. Shu savolni javobini biladiganlar bormi?

    • Foydalanuvchi:

      Moshinani orqasida ikkita joy bor boʻlsa, 2ta odamni oʻtqizadi, haydovchi yonida yana bitta joy bor, u yerga yana 1ta odamni o’tqizadi.

  45. Akmal:

    Juda zo’r savollar ekan, yana shunday savollar yo’llang, rahmat.

  46. Lobarxon:

    Bir savdogar o’g’lini sinash uchun «ham o’zimiz, ham tovug’imiz, ham molimiz yeydigan narsani olib kel» debdi. O’g’li nima olib kelgan? Shu savolni javobini aytvoraolasizlarmi? javob uchun oldindan rahmat!

    • Non:

      Chunki, nonni odam ham yeydi, tovuq ham, mol ham.

    • Mehrinoz:

      Manimcha qovun yoki tarvuz, chunki uni o’zimiz yeymiz, po’chog’ini tovuqlarga va mollarga beramiz.

  47. Akbar:

    Udarrr… aytsam lekin manga yoqdi, yomoni ekan lekin…

  48. Shafoat:

    Mantiqiy savollar menga juda yoqdi, bundanham ko’proq savollar kutib qolaman…

    • Saidov Samadjon:

      Bu mantiqiy savollar juda ajoyib ekan. Hatto o’ylashga majbur qildiradi.

  49. Muslimaxon:

    Rassa zo’r mantiqiy savollar ekan. Manga yoqti.

  50. Jasmin:

    Mantiqiy savollar juda yoqdi, bundanda zo’rlarini va bundanham ko’proq savollarni kutib qolaman.

  51. Madina:

    Menga yoqadigan mantiqiy savollar bu yerda bor ekan 😃

    • Muhibbulloh:

      Bitta savolni bir martadan ko’p yozganingiz zo’r bo’lmabdi, lekin ba’zisi yaxshi.

    • Omina:

      Juda zo’r ekan savollar, menga mantiqiy savollar juda yoqardi, bu savollar menga juda mos tushdi.

  52. Zahro:

    Bu mantiqiy masalalar menga juda yoqdi.

  53. Shahrizoda:

    Savollar juda zoʻr 👍 yana shunday savollardan koʻproq boʻlsa yaxshi boʻlardi…

  54. Rustam:

    Assalomu alayko’m. Menimcha 29-savolda xato bor. «Nima oq bo’lganda toza hisoblanadi, yashil bo’lganda tozalash kerak?» Aslida esa «Nima yashil bo’lganda toza hisoblanadi, oq bo’lganda tozalash kerek?» bo’lishi kerak edi.

  55. Foydalanuvchi:

    Juda osson savollar, mantiqiy emas, manga yoqmadi…

    • Foydalanuvchi:

      Tuxumni 3 metr balandlikdan tashlab yuborishdi, lekin tuxum sinmadi. Buning sababi nima?

  56. Guljahon:

    Savollaringiz juda zo’r, chalg’ituvchi ham ekan, menga yoqdi, savolar uchun raxmat.

  57. Mohinur:

    Savollar yaxshi tuzilgan. Menga yoqdi. Bundan ham yaxshi mantiqiy savollar tuzilganda yaxshi bo’lardi…

  58. Hacker:

    Boshlangʻich sinflarning savoliga oʻxshaydi, shunaqaham savol boʻladimi. Uzur men oʻzi har doim negativ yozaman, hurmat bilan hacker.

  59. Diana:

    Barchaga salom. Mantiqiy savol bor edi: «Bugun bir kishi kelib eshikni taqillatdi, men ochmadim, nega ochmadim?»

  60. Ahad Qayum:

    Bu mantiqiy savollar yuzasidan o’z fikrimni qoldirish imkoni bor ekan shuni aytishim darkorki bu savollar to’g’ri, ajoyib, lekin ba’zilari mantiqa to’g’ri kelmaydi, jumladan ba’zilari 5-6 marttadan takrorlangan bu esa ba’zi kuzatuvchularning asabiga ham tegdi.

  61. Dilmurod:

    Salom, menga ham bu mantiqiy savollar yoqdi. Menda ham bitta savol bor, lekin u savolni javobini ham bilmayman. Iltimos bilganlar yordam bervoringlar, oldindan rahmat. «Ikki sakkiz bir to’qqiz ham yigirma ham o’ttiz»?

    • Lazizbek Narziyev:

      Bu savollar juda zo’r ekan. O’ylaymanki bu manga kerak bo’ladi.

  62. Foydalanuvchi:

    Bu savollar haqiqatdan ham mantiqiy savollar, yana yangi savollar tuzingizlar.

  63. Foydalanuvchi:

    Savollar juda ham zo‘r hamda mantiqiy ekan.

  64. Asal:

    Savollarga gap yo’q. Juda qiziqarli savollar ekan. Menga juda yoqdi.

    • Soliha:

      Assalomu alayko’m. Savollaringiz menga yoqdi, ammo, bitta savolni 2-3 martta takrorlagansiz, ba’zi savollaringiz mantiqiy emas ekan.

  65. Yasmina:

    Savolarni deyarli xammasi qaytarilibdi yaxshilab oxirigacha o’qib chiqsela ko’rasila bo’masam zo’r omad.

  66. Xusanboy:

    1ta olma osmonga otdingiz 3ta bo’lib tushdi, nima uchun 3ta bo’lib tushdi?

  67. Malak:

    Salom bu yerdan men izlagan savolimga javob topolmadim [Tangani ikki tomonlama tashlasak tanganing bir tomoning tushish foizi 1ga teng ammo tanga tekislikda tushishi nechaga teng bo’ladi?]

  68. Malak:

    Sizlar uchun savol: Tanganing ikki tomonidan biri tushishi 1%ga teng ammo tanganing tik tura olishi necha %ga teng boladi?

  69. Foydalanuvchi:

    Juda ham mantiqiy va qiziqarli savollar ekan 👍

  70. Nilufar:

    Menga juda yoqdi. Savolimga javob topdim.

    • Farishta:

      Bu savollar juda ajoyib ekan. Yana qiziqarli savollar bormi?

  71. Munisa:

    Juda ajoyib savollar, kim tuzgan bo’lsa xam katta rahmat.

    • Sarvar:

      Rahmat, juda ham zoʻr savollar ekan. Menga juda ham yoqadi, katta rahmat. 😀

    • Muhammad ali:

      Yaxshi savollar tuzganni ota onasiga rahmat, shun savollarni APK ko’rinishida olib chiqarsa yaxshi bo’ladi.

  72. Jasmina:

    Mantiqiy savollar juda qiziqarli ekan. Yanada chiroyli mantiqiy savollar kutib qolaman.

  73. Laylo:

    Salom barchaga, manga bu mantiqiy savol javoblar judayam yoqdi, qiziqarli ekan, sizlarga omad, yanada qiziqarli savollarni kutib qolaman ☺️

  74. Madinabonu:

    Qiziqarli savollar ko’p ekan. Bundanda murakkabroq savollarni kutaman.

  75. Asilbek:

    Judayam yaxshi tuzulgan savollar, manashu savollarni tuzgan insonlarni ishlariga omad, judayam yaxshi.

  76. Muhiddin:

    Judaham zo’r savollar eka,n tuzgan insonlarga raxmat kattakon. Bu kanaldan ko’p foydalanyapmiz. Ishinglarga omad.

  77. Nabiyeva Mushtariybonu:

    Juda ham zo’r menga yoqdi. Hammasi juda oson savollar ekan. Man qiynalmadim.

  78. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Rosa zo’r ekan menga yoqti, sizlarga meni ham savolim bor. Suvsiz okean qayerda?

    • Mushtariy:

      Assaloamu alayko’m barchangizga. Men 26-savolga keldim, yordam bervorilar iltimos.

  79. Foydalanuvchi:

    Assalomu alayko’m. Judaham zo’r mantiqiy savollar ekan, o’zimga kerakli barchasini yozib oldim.

  80. Mehrimoh:

    Yaxshi savollar, bo’ladi lekin juda qiyin emas, bundan qiyinini chiqaringlar iltimos.

  81. Abduraxmon:

    Bir odam uyiga kirdi va daraxtni koʻrdi, Daraxtda 9ta shox va 9ta shoxda 9ta barg bor, unda 4 olma bor. Shu savolning javobi nima iltimos topib bering
    Bu mantiqiy savol ekan.

  82. Norhamidova Farangiz:

    Menga mantiqiy savollar juda yoqdi. Biz uchun bu juda qiyin tuyilishi mumkin, ammo fikrlab ko’rsak, mantiqan o’ylasak juda osonligini bilamiz. Men hammasini topib chiqdim. Menga juda yoqdi. Ajoyib savollar.

  83. Suyunova Mahliyo:

    Bu savollar juda zo’r ekan, do’stlarimga berib ko’rgandim topa olmadi, judayam mantiqiy ekan menga yoqdi.

  84. Nozi:

    Stolni 4 ta burchagi bor, bir burchak kesilsa necha burchak hosil bo’ladi?

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *