Hayotiy savollar javoblari bilan
Eng sara hayotiy savollar javobi bilan — ushbu sahifada e’lon qilingan barcha savollar biz yashab turgan yer sharining qaysidir burchagida sodir bo’lgan voqea va hodisalardan tashkil topgan.
Savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqishdan avval, o’z bilimingizni sinab ko’rishni tavsiya etamiz. Savolning javobini bilish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.
1 — «Dovud» haykali muallifi kim?
2 — Aniq soatlar mamlakati qaysi?
3 — Ma’lumki payg’ambarimiz hayot paytlarida hijriy yil hisobi yuritilmas edi. Savol: hijriy-qamariy yil hisobini kim joriy qilgan?
4 — «Gulliver»dagi uchuvchi orol nomi?
5 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning «Injil»dagi ismlari?
6 — Angliya terma jamoasi xujumchisi Maykl Ouen hozir qaysi klub libosida harakat qilmoqda?
7 — AQSh tarixida muddati tugamay iste’fo bergan birinchi prezident kim?
8 — «Time» jurnali tomonidan «yil odami»ni qo’lga kiritgan birinchi amerikalik qora tanli kim?
9 — Moskva shahriga asos solgan knyaz kim edi?
10 — O’zbekiston Oliy Ligasidagi «To’palang» jamoasi qaysi viloyat sharafini himoya qiladi?
11 — Shoir Mavlono Lutfiy Navoiyning qaysi g’azali uchun butun umrlik ijodini almashmoqchi bo’lgan?
12 — Yer kurrasida g’aroyib bir dengiz bor. Uning sohillari yoq. U qaysi dengiz va qayerda joylashgan?
13 — Dunyodagi eng tez yurar poezd qaerda?
14 — Koinotga ko’tarilgan birinchi ayol kim?
15 — «Buxoro yoxud Movaraunnahr tarixi» asari muallifi kim?
16 — Buyuk Amir Temurning onasi ismi nima edi?
17 — 1999 yili «Oltin to’p» sohibi bo’lgan futbolchini aniqlang.
18 — 1940-yili maktab yoshidagi bola AQSh prezidenti Franklin Ruzveltga 10 dollar so’rab xat yo’llaydi. U keyin mashhur siyosatchi bo’lib yetishadi. Gap kim haqida ketmoqda?
19 — Yupiterning eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
20 — «O’zbek maqomchilar ansambli» ning asoschisi kim?
21 — Birinchi tramvay liniyasi nechanchi yili tashkil topgan?
22 — Qadimgi greklarning uyqu xudosi kim? Uni rimliklar qanday atashar edi?
23 — Qadimda Lyutetsiya deb nomlangan shahar qaysi?
24 — Dunyodagi eng baland sharshara qaysi davlatda joylashgan. Uning balandligi qancha?
Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan
25 — Misrdagi Asvon to’g’oni va Nil daryosini bog’laydigan Nasser ko’li kimning nomiga qo’yilgan?
26 — 1995-2003-yillarda eng yaxshi film nominatsiyasi bo’yicha Oskar mukofotini qo’lgan kiritgan filmlar qaysi?
27 — Dendrologiya fani nimani o’rganadi?
28 — Xiyonati, zino bilan qo’lga tushgani uchun o’z qizi Juliani surgun qilgan Rim imperatori kim edi?
29 — 2004 yil, Afinada o’tkazilgan yozgi olimpiada o’yinlarida yurtimiz sportchilari nechta medal bilan taqdirlandilar (nechta oltin, kumush, bronza)?
30 — Ma’lumki, quyosh tikkaga kelgan payt namoz o’qib bo’lmaydi. Ulamolarimiz buning sababini nimada deb aytishadi?
31 — Germaniyaning «Bavariya» klubida o’ynayotgan gollandiyalik xujumchini aniqlang.
32 — Arablarda insonni o’z nomi bilan emas, kunyasi bilan chaqirish odati bor. Masalan, Abu Abdulloh, Ibn Hakam, Ummu Gulsum va h. Mashhur sahobalardan Abu Hurayraning ma’nosi nima? Bunga qaysi voqea sabab bo’lgan?
33 — Everest cho’qqisiga birinchi bo’lib ko’tarilgan yangi zelaydiyalik alpinist?
34 — Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
35 — «Toshkent kurant soati» nechanchi yilda qurilgan?
36 — Quyoshning yerdagi yo’ldoshi deb nom olgan o’simlik?
37 — Jahonning eng yosh milliarderi kim?
38 — Ilk plastik operatsiya qachon va qaerda o’tkazilgan?
39 — O’zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?
40 — Torli kvartet musiqa asbobining otasi hisoblanadigan kompozitor kim?
41 — Shoir Mahmudho’ja Behbudiy qaysi shaharda tug’ilgan?
42 — Margilanets: Ucha olmaydigan qush qaysi?
43 — AbdulAziz: Edison kashf qilgan 3 ta ixtironi sanang.
44 — Chexiya terma jamoasi xujumchisi Milan Barosh hozirda qaysi klub sharafini himoya qilmoqda?
45 — «Isroil» so’zi kimdan va qayerdan kelib chiqqan?
46 — Dunyodagi eng baland to’g’on qaysi? Uning balandligi qancha?
47 — Sayyoralar orasida bir sayyora bor, uning yo’ldoshlari shu sayyoraga juda yaqinligi bilan mashhur. U qaysi sayyora?
48 — Kemiruvchi chumoli?
49 — Karlos Valderrama o’z vaqtida qaysi terma jamoada to’p surgan?
50 — Mixail Bullgakovning «Usta va Margarita» asaridagi mushukning nomi?
51 — Turkiston jadidlarining birinchi gazetasi qaysi?
52 — Inglizchada ayollarga nisbatan qo’llanadigan Mrs. qaysi so’zning qisqartma formasi?
53 — Daniya parlamenti qanday ataladi?
54 — Saturn sayyorasining eng katta yo’ldoshi qaysi? Uning diametri qancha?
55 — Ingliz tilida bitta so’z bor — barcha harflari alfavit tartibida izma-iz kelib yoziladigan eng uzun inglizcha so’z. Bu qaysi so’z?
56 — Handaq g’azoti musulmonlar uchun g’alaba bilan yakaunlanganini bilamiz. Ma’lumki arablarda shu paytgacha jangda handaq qazish usuli bo’lmgan. Savol: Handaq qazishni taklif qilgan sahoba kim?
57 — Rim imperatori Gay Yuliy Sezar o’zining mashhur «Keldim. Ko’rdim. G’alaba qozondim!» iqtibosini qachon va nima munosabat bilan aytgan?
58 — «Alvido qurol» asari muallifi kim?
59 — Dunyodagi turistlar eng ko’p tashrif buyuradigan mamlakat qaysi? Yiliga qancha turist tashrif buyuradi?
60 — Rim katolik cherkovi tomonidan o’ldirilgan mashhur italian fizigi va astronomi? Birinchi termometrni yasagan olim?
61 — Muz hokkeyi bo’yicha birinchi jahon chempionati qachon o’tkazilgan? Unda qaysi davlatlar medallar sovrindori bo’lishgan?
62 — Shoir Alisher Navoiyning so’nggi asari qaysi?
63 — Rim raqamidagi MMMCCLXXVIII sonini arab raqamiga o’giring.
64 — Nurfologiya nima?
65 — «Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas», iborasi kimga tegishli?
66 — Quyoshga eng yaqin sayyora qaysi? Uni Sharqda qanday nomlar bilan atashadi?
67 — Dunyodagi eng uzun temiryo’l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?
68 — Qishda uyda nima yaxlaydiyu, ko’chada yoq?
69 — Shaxmat bo’yicha birinchi jahon chempioni kim? U qayerlik?
70 — Mashhur fransuz rassomi, «Qayerdanmiz? Kimmiz Qayoqqa ketayapmiz?» asari muallifi?
71 — Hozirgi kunda dunyodagi eng baland bino qaysi? Uning balandligi qancha, necha qavatdan iborat?
72 — Gavay orollari AQSH tomonidan olinishidan oldin uning qirolichasi kim bo’lgan?
73 — Neptun sayyorasini kashf etgan olim?
74 — Ovqat qilayotganda qozonga birinchi nima tushadi?
75 — Germaniya, Kanada, Hindistonning eng boy kishilari kim?
76 — Chingiz Aytmatovning qaysi asari qahramoni Ona Yer bilan suhbatlashadi?
77 — Shoir Bobur necha yoshida taxtga o’tirgan?
78 — «O’tkan kunlar»da Usta Olimning qaynisi, Saodatning ukasi ismi nima edi?
79 — Har bir musulmon bilishi shart bo’lgan savol: Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning 5 ta ajdodlarini sanang.
80 — Gollandiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Edgar Davids asli qaysi davlatda tug’ilgan?
81 — Rossiya Romanovlar sulolasining oxirgi vakili kim?
82 — O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan?
83 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. Abu Bakr va Umarni Qur’oni karimda zikr etilgan payg’ambarlarga o’xshatganlar. Savol: Aynan qaysi payg’ambarga o’xshatganlar va nima uchun?
84 — Xristianlikka o’tgan birinchi Rim imperatori?
85 — Dunyoda kattaligi jihatdan Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi ko’l qaysi?
86 — Fransiyaning eng birinchi prezidenti va ayni paytda 3-imperatori bo’lgan shaxs kim?
87 — Dunyoda maydoni bo’yicha Sahroi kabirdan keyin ikkinchi o’rinda turuvchi cho’l qaysi?
88 — Dunyodagi eng uzun ko’l qaysi?
89 — Yangi ixtirolar odatda patentlashtiriladi. Bizning kundalik hayotimizda asosiy aloqa vositasiga aylangan Telefon patenti uchun 1876-yilda 2 amerikalik ixtirochi bir-biriga nisbatan 2 soatlik oraliqda ariza topshirishadi. Patent kimga va Telefon apparatiga qanaqa nomer berilgan?
Qiziqarli savollar javoblari bilan
90 — Bill Klintonning ijro etadigan sevimli musiqa asbobi?
91 — 1961 oldin, y’ani eramizning 40 yilida barpo etilgan Evropaning yirik shaharlaridan biri?
92 — AQShning yollanib o’ldirilgan ikkinchi prezidenti kim?
93 — «Moskva — Osiyoning go’zal poytaxti» deb ta’kidlagan mashhur shaxs kim?
94 — Bil’yard o’yini qachon va qayerda kashf etilgan?
95 — Vaqtni to’g’ri ko’rsatadigan soat?
96 — Prezident bo’lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo’lga Amerika prezidenti kim?
97 — Argentina tarixida eng qimmatli futbolchi Xavier Saviolaning ayni paytdagi klubini aniqlang.
98 — Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?
99 — Abdullo Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanida Anvarning otasi ismi nima edi?
100 — «Komila» taxallusida ijod qilgan shoira?
101 — O’zining so’nggi kunlarini Muqaddas Yelena orolida o’tkazgan buyuk imperator kim?
102 — Dunyodagi eng chuqur botiq — O’lik dengizligini bilamiz. Bu dengiz dengiz sathidan 408 metr pastda joylashgan. Savol: O’lik dengizidan keyin qaysi botiq eng chuqur hisoblanadi?
103 — «Shum bola» qissasi 1936 yili «Mushtum» jurnalida qanday nom bilan bosilgan edi?
104 — «Little Magician» va «Red Fox of Kinderhook» nomi bilan mashhur bo’lgan AQSh prezidenti kim?
105 — Musulmonlikni qabul qilgan birinchi qul kim edi?
106 — Eng katta astroid qaysi?
107 — Ka’batullohda Qur’oni karimni birinchi marta tilovat qilgan sahoba kim?
108 — Kanada tarixidagi eng yosh bosh vazir kim?
109 — Oq uyda birinchi bo’lib avtomobili bo’lgan prezident kim?
110 — Insonga «siyosiy hayvon» deya ta’rif bergan faylasuf kim?
111 — Angliyaning eng qari futbol jamoasini aniqlang.
112 — «Nomlar haqidagi fan» nima deb ataladi?
113 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v. tomonidan jannatiyligi bashorat qilingan 10 sahoba kimlar? («Ash’arai mubashshara»)
114 — Pokiston davlatining tashilotchisi va birinchi lideri kim?
115 — Oq Uyda yashagan birinchi AQSh prezidenti kim?
116 — Yer yuzidagi eng katta timsoh qaysi?
117 — Dunyodagi eng baland vulqon?
118 — «Umid qilamanki umidimiz tongi otajak, balo zindonlarining qora tuni yo’qolajak» satrlari kimga tegishli?
119 — 500 $, 1000$ va 5000$ lik pullar(bank notalari)da qaysi AQSh prezidentlarining rasmi bor?
120 — Payg’ambar (s.a.v) Madinaga qilgan hijrat safarlarida Eron shohi Kisroning uzugini kimga va’da qilganlar?
121 — O’zbek adabiyotidagi birinchi epopeya qaysi?
122 — Respublikamizda eng birinchi tashkil etilgan xiyobonning nomi va u nechanchi yilda tashkil etilgan?
123 — Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo’lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
124 — Geografiya atamasini birinchi bo’lib qo’llagan qadimgi yunon mutafakkiri kim?
125 — Birinchi qishki olimpiada o’yinlari qachon va qayerda o’tkazilgan?
126 — Sobiq SSSR yetakchisi Yozef Stalinning yoshlikdagi laqabi nima bo’lgan?
127 — Eng birinchi diktorning (ayol kishi) ismi-familiyasi?
128 — AQShdagi eng katta kutubxona qaysi?
129 — Chingiz Aytmatovning «Asrga tatigulik kun» romanini o’zbekchaga kim tarjima qilgan?
130 — Mashhur irland millatparvari va shoirasi Speranza qaysi masshur shoirning onasi edi?
131 — Dunyodagi maydoniga ko’ra eng katta dengiz qaysi?
132 — Zelinskiyning olamshumul ixtirosi.
133 — Amerikalik yozuvchi Mark Tvenning asl ismi nima?
134 — Amur Temurning 4 farzandi?
135 — Kosmonavtikaning asoschisi, kosmik kemalar ixtirochisi?
136 — Sobiq SSSR Kommunistik partiyasi liderlarini tartib bilan sanang.
137 — Islom tarixidagi birinchi shahidlar kimlar edi?
138 — Dunyoning yetti mo’jizasini sanang.
139 — Qaysi Angliya qirolichasi «Yevropaning momosi» («Grandmother of Europe») nomi bilan mashhur bo’lgan va nima uchun?
140 — Chekuvchilar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadigan davlat qaysi?
141 — «Biologiya» so’zini birinchi bo’lib qo’llagan va fanga kiritgan olim kim?
142 — Kim Xitoy terma jamoasiga 2002 yilgi Jahon Chempionatida bosh murabbiylik qilgan?
143 — Rustamning sevgilisi ismi nima? («Shohnoma»)
144 — Televideniyeda chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti kim?
145 — Ma’lumki Qu’oni karim o’zbek tiliga 5 marta tarjima qilingan. Kalomullohni o’zbekchga o’girgan 5 ta ulamoni sanang.
146 — Rasululloh umrlari bo’yi qilgan g’azotlarida faqat bir kishini o’z qo’llari bilan o’ldirganlar. O’sha kishi kim edi?
147 — Dunyodagi eng katta vokzal?
148 — 1994 yilgi Jahon chempionatida Rossiya-Kamerun o’yinida qanday natija qayd etilgan?
149 — Lyudvig Van Betxovenning «Qahramonlik simfoniyasi» asari kimga bag’ishlangan?
150 — Shekspirning «Romeo va Julietta» asaridagi voqealar qaysi shaharda bo’lib o’tadi?
151 — Futbol bo’yicha ayollar o’rtasida birinchi jahon chempioni qaysi davlat? Finalda qaysi davlat bilan kuch sinashgn?
152 — Ikkita qo’y-biri boshi bilan shimolga, ikkinchisi esa janubga qarab turibdi. Ular boshini aylantirmasdan bir- birini ko’ra oladimi?
153 — «Kal’cho»… Ushbu so’z qaysi davlat chempionatiga nisbatan ishlatiladi?
154 — AQSH tarixida eng yosh prezident kim?
155 — Mahatma Gandining Hindiston ozodligi yo’lidagi kurashda qo’llagan mashhur g’oyaviy usuli qanday edi?
156 — 1865-1869 yillarda AQSh prezidenti bo’lgan Andryu Jonson siyosatga kirmasdan oldin qaysi kasb bilan shug’ullangan?
157 — Dante Aligyerining «Ilohiy komediya» asarining asl nomi nima edi?
158 — AbdulAziz: Balandligi bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinda turadigan cho’qqi qaysi?
159 — «Sigaretalar poytaxti» nomini olgan shahar?
Zakovat savollari javoblari bilan
160 — «Semiotika» nima?
161 — Zamonaviy matematika asoschilari kimlar?
162 — Dunyoda birinchi imperiyaga asos solgan podsho kim?
163 — Chingizxonning asl ismi nima edi?
164 — Dunyodagi eng qimmat 3 ta rasmni (kartina) tartib bo’yicha sanang!
165 — Butan davlatining pul birligi?
166 — Berlin xalqaro film festivalida 2000-2004 yillarda g’olib bo’lgan filmlarni toping.
167 — 16-asrda mikroskopni yaratgan olim kim?
168 — V.F.Odoevskiyning «Rus she’riyatinig qoyoshi so’ndi» deb aytgan so’zlari kimga qaratilgan?
169 — Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nechta o’g’illari bor? Ularni sanang.
170 — Musulmonlar eng ko’p yashaydigan davlat qaysi?
171 — Odatda o’z qo’shiqlarini ijro etuvchi shoir-xonanda?
172 — Dunyodagi aholisi eng ko’p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
173 — Fransiyaning eng qari futbol klubi qaysi?
174 — «Chelsi» (Angliya) xujumchisi Didie Drogba qaysi terma jamoa sharafini himoya qiladi?
175 — Jahon tarixida birinchi yollanib o’dirilgan prezident kim?
176 — Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?
177 — Basketbol o’yini qachon va kim tomonidan kashf etilgan?
178 — Eng mustaxkam modda?
179 — Ayollarning eng baland ovozi nima deb ataladi?
180 — Afrika, Antarktida, Osiyo, Evropa, Shimoliy Amerika, Okeaniya va Janubiy Amerikaning eng baland cho’qqilarini aniqlang.
181 — Qur’oni karimda nomi zikr qilingan yagona sahoba kim?
182 — Argentinalik Ariel Orteganing muxlislar o’rtasidagi laqabi nima?
183 — Don Kixotning sevgan yori? (Servantes).
184 — Galileo Galileyning mashhur ixtirosi.
185 — «Jamila» qissasida Jamilaning sevgan yori? (Ch. Aytmatov)
186 — Dunyoda eng ko’p gaplashiladigan 5 ta tilni tartib (unda gaplashuvchilar soni bo’yicha) bilan yozing.
187 — 90-yillarning oxirlarida qaysi terma jamoada Oliver ismli uch nafar futbolchi to’p surgan?
188 — Dunyoda mavjud toshbaqaning eng yirigi qaysi?
189 — Quruqlikda yashaydigan eng kichik toshbaqa qaysi?
190 — «Kattanachio» deb nima ataladi? (futbolda)
191 — «Saksafon» musiqiy asbobini o’ylab topgan shaxs?
192 — 20 ta farzandning otasi bo’lgan (birinchi xotinidan 7 ta, ikkinchisidan 13 ta) mashhur mumtoz bastakor (kompozitor) kim?
193 — Boburiylar sulolasidan bo’lgan bu shoh davrida imperiya inqirozga yuz tutgan, bu shaxsning qilgan ishlari oldin yuritilgan siyosatga «bolta urgan». Ga kim haqida ketmoqda?
194 — Qadimgi rimliklar nima uchun g’ozni muqaddas sanashgan?
195 — Sayyoramizdagi eng keng ko’cha qaerda joylashgan?
196 — Ma’lumki Islom kelgan payt Arab yarim orolida johiliyat avjiga chiqqan payt edi. Payg’ambarimiz ham dastlab da’vatni yashirin olib bordilar. Bu paytda Makkai mukarramadagi Ka’batulloh atrofi turli butlar bilan to’lgan edi. Mushriklar ana shu butlarga sig’inishardi. Bunday paytda Baytullohda Islom haqida so’z ochishning o’zi katta falokatga olib kelardi. Mana shunday paytda ham Baytullohda «La ilaha ilallohu, Muhammadur Rasululloh»ni oshkora aytgan sahoba kim edi?
197 — Eskimoslarning turar joyi nima deb ataladi?
198 — Hozirgi kunda qochoqlarga eng ko’p boshpana bergan davlat qaysi?
199 — Birinch bo’lib qo’l ushlashib ko’rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko’rishishar edi.
200 — «Maysaraning ishi» operasini kim yaratgan?
201 — Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo’lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
202 — O’z vaqtida Sevardning «Muz qutisi» deb atalgan joy qayer?
Mantiqiy savollar javoblari bilan
203 — Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?
204 — «Insonni qidiryapman!» deya kunduz kuni ham sham ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?
205 — 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?
206 — Ma’lumki yahudiylardan juda ko’p payg’ambarlar chiqqan. Ular oxirgi payg’ambarning ham o’zlaridan chiqishini umid qilib yashardilar. Allohning taqdirida esa oxirgi payg’ambar arabdan chiqishi yozilgan edi. Savol: Arablardan chiqqan 5 payg’ambarni sanang.
207 — Dunyodagi eng tez ilon qaysi?
208 — 22 yoshida «O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist», 27 yoshida «Xalq artisti» unvonini olgan buyuk o’zbek san’atkori kim?
209 — 1960-yil 4-aprel kuni «Paxtakor» jamoasi SSSR chempionatlari tarixidagi ajoyib rekord sohibi bo`ldi. Gap nima haqida bormoqda?
210 — «Tavrot»va «Injil»da yozilishicha, Odam atoning Qobil ha Hobildan keyingi uchinchi o’g’li, 50 sahifali ilohiy oyatlar nozil qilingan, 912 yil yashagan payg’ambar kim?
211 — Galaktika markazidagi yulduzlar «buluti» nima deb ataladi?
212 — obiq AQSh prezidenti Hillari Klintonning yoshlikdagi orzusi … bo’lish edi. U bu haqda yordam so’rab, shu soha tashkilotiga yozganda, ular «qizlardan … chiqmaydi» deb javob qilishadi. Gap qaysi soha haqida ketmoqda?
213 — Shekspir yozgan 5 ta tragediyani sanang.
214 — Dunyodagi eng balandda joylashgan ko’l?
215 — Ispaniyada «Valensiya» nomli futbol klubi bor. Osiyoning qaysi davlatida aynan shu nomdagi futbol jamoasi bor?
216 — «1970-yili kosmosda qora yulduz paydo bo’ldi…» Gap nima haqida bormoqda? (Ba’zi tinish belgilarini ishlatmadim, yo’qsa javobi oson bilinib qoladi).
217 — 10 6 — Million; 10 9— Milliard; 10 51 — ?
218 — Birinchi olimpiada o’yinlari qachon va qayerda o’tkazilgan?
219 — Sharqda Jolinus nomi bilan mashhur bo’lgan qadimgi yunon fizigi, tabibi kim?
220 — Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
221 — Dunyoning yetti mo’jizasidan biri Zevs haykalini kim yasagan?
222 — Yulduzlarning halokatli to’qnashishi nima deb ataladi?
223 — «Ali bobo va 40 qaroqchi» ertagini tarjima qilgan adib?
224 — O‘zbek adabiyotidagi birinchi «roman» deb atalgan, ammo roman nuqtai nazariga to‘g‘ri kelmaydigan asar qaysi edi?
225 — Gitler bilan Napoleon Bonapart o’rtasida qanday bog’liqlik bor?
Ushbu barcha hayotiy mavzulardan olinib tuzilgan savollar juda zo’r ekan!
Bu savollarni bari chindanham hayotiy ekan, menga ayniqsa 36-savol juda yoqdi.
Menga bu savollar juda ham yoqdi, 5-savol ham va boshqalari ham albatta.
Assalomu alayko’m! Bu yerdagi hayotiy savollarni barchasi menga yoqdi.
Assalomu alayko’m. Raxmat sizlarga, ko’p narsalarni yani men uchun qiziqarli savollarga javob topdim.