Qiziqarli savollar javoblari bilan
Quyida eng qiziqarli savollar javobi bilan taqdim etilgan bo’lib. Sizni biroz o’ylantiribgina qolmay savolning javoblariga bo’lgan qiziqishingizni yanada orttiradi.
Savollarning javobi bilan tanishishdan avval, bilimingizni bir sinab ko’rishni tavsiya etaman. Savolning javobini ko’rish uchun «Savolning javobi» tugmasi ustiga bosish kifoya.
1 — Dunyoda bir jinoyat turi borki, bu jinoyatni qilishingizdan oldin qo‘lga tushsangiz jazoga tortilasiz, agar bu jinoyatni qilib qo’lga tushsangiz jazolanmaysiz. Savol: bu qaysi jinoyat turi ekanligini aniq ayting?
2 — Mashhur italiyalik futbolchi Dino Badjoni butun dunyoda xushlashmaydi. Sababini bilasizmi?
3 — Bir spоrt mutаxаssisi u spоrt turini rоyаl chаlishgа o’xshаtаdi. Rоyаldаgi bir xil rаngdаgi klаvishlаrni bоsаversаngiz оvоzlаr xunuklаshib, tezdа jоngа tegib qоlаdi. Men hаm u spоrt bilаn ko’p shug’ullаnа оlmаymаn. Zerikаmаn. Bu spоrt mutаxаssisi tа’riflаyоtgаn spоrt turini tоping?
4 — «Insonni qidiryapman!» deya kunduz kuni ham sham ko’tarib yurgan qadimgi yunon faylasufi kim edi?
5 — Abort qilishga va fohishaxonalarga rasman ruxsat berilgan yagona musulmon davlati qaysi?
6 — 1928 yili Toshkentda televizorni kashf qilgan olim kim?
7 — Chekuvchilar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadigan davlat qaysi?
8 — U Rossiyada birinchi o‘rinda, Fransiyada ikkinchi o‘rinda, Germaniyada uchinchi o‘rinda turadi. Savol: u nima?
9 — Yo’l harakati qoidalari avtomobillar ixtirolar ixtirosidan ancha oldin ham bo’lganiga ishonasizmi? Hatto Yuliy Tsezar davrida ham bunday qonunlar bo’lgan. Agar Tsezar qonunlari hozir ham o’z kuchida bo’lganda, juda ko’pchilik haydovchilar nafaqat avtomobil, velosiped ham hayday olmasdi. Bir daqiqadan so’ng, Tsezar qonunida nima taqiqlanganini topib aytasiz.
10 — O’rgimchaklarni o’rganuvchi fan nima deb ataladi?
11 — Sayyoramizdagi eng keng ko‘cha qayerda joylashgan?
12 — 1820 yili Londondagi bir parkda qurib qolgan bir daraxtni rasman
kesish marosimi bo’lib o’tgan. Juda kõp jurnalistlarni ham bu marosim befarq qoldirmagan. Aytingchi, bu qanday karomatli daraxt edi?
13 — Dunyodagi eng uzun ko’l qaysi?
14 — Dunyodagi eng kichkina kitob kimga tegishli va uni kim yaratgan?
15 — Dunyodagi eng tez ilon qaysi?
16 — Yer yuzida ular soni 6000 tacha degan taxminlar bor. Ammo har yili ular ichidan 25-30 tasi yo’q bo’lib bormoqda. Borib-borib yo’q bo’lib ketar ekan-da, deb o’ylashingiz mumkin. Yo’q, yer yuzida hayot bor ekan, u yo’q bo’lmaydi. Savol bu nima?
17 — Bir internet saytining g’aroyib kasb egalari bo’limida Stokgolmlik Stiv Gubtosman haqida shunday ma’lumot berilgan. U 20 xil zotdagi it kabi hura oladi. U bilasizmi, qaerda ishlar ekan. Shahar soliq idorasida. O’ylab ko’ringchi, uning ish faoliyati nimadan iborat bõlishi mumkin?
18 — O’zbekistonda 1997 yil qanday nom bilan atalgan edi?
19 — 1991 yili Nigeriyada, 3 kun hech kim ishga chiqqani yo’q, soat 7 dan
keyingina ko’chaga chiqishga ruxsat berilgan. Hukumat maxsus qaror chiqarib, hech kim kunduzi ko’chada yurishini ma’n etdi. Kimda-kim buyruqni buzsa, qattiq jazolanishi aytildi. Hukumat nega hech kimni ko’chaga chiqmasligini buyurdi va Nigeriyada shu kunlari nima bo’lib o’tgan?
Zakovat savollari javoblari bilan
20 — «Gunohdan nafratlan, gunohkordan emas», iborasi kimga tegishli?
21 — Insonga «siyosiy hayvon» deya ta’rif bergan faylasuf kim?
22 — Unday kurslar avval Amsterdamda ochilib, keyinchalik Istanbulda, Osloda, Londonda ham ishlayapti. U kurslarga haydovchilarni agar ekstremal holatlarga tushib qolishsa qanday harakat qilishga o’rgatishadi. Savol: aniq qilib aytingchi, kurs tinglovchilariga u yerda nimani o’rgatishadi?
23 — Ham Jahon Chempioni, ham Yevropa, ham Osiyo chempioni bo`lgan dunyodagi yagona futbolchi kim?
2 4 — Ko’pchilik hayvonat bog’larida “Dushanba sindromi” nomli shartli kasallik mavjud. Diqqat savol, ko’p hayvonlarga dushanba sindromi qaerdan keladi?
25 — Chingizxonning asl ismi nima edi?
26 — Shimoliy Amerika hindularida shunday qurol bo’lganki, uni ishlatganda bizon hatto hushidan ketgan, undan ayiqlar qo’rqib daraxtga chiqib ketgan. Bu qurolni ishlatishga hindu bolalari erta o’rgata boshlanadi. Bu mashqni ular tog’lar tagida, daralarda mashq qilishgan. Savol: u qurolni nomini toping.
27 — Qadimgi rimliklar nima uchun g’ozni muqaddas sanashgan?
28 — Dunyodagi aholisi eng ko’p shahar qaysi? Uning aholisi qancha?
29 — Bu psixologik savolni yechimi unchalik qiyin ham emas, tag’in bilmadim. Bu holatni aks ettirish payti fransuzlar 4 ta ko’z, inglizlar ikkita 2 ta sigara, nemislar 2 ta peshona kabi so’zlardan foydalanishadi. Yuqoridagi jumboqni tagiga yetingda, ayting. Bu holatni biz qanday so’z bilan ifodalaymiz?
30 — Dunyodagi eng uzun temiryo’l tunneli qaysi? Uning uzunligi qancha?
31 — Nyutonning boshiga olma tushib, butun dunyo tortishish qonunini yaratgani haqida birinchi marta hikoya yozgan fransuz yozuvchishi kim?
32 — Dunyodagi eng yeb to’ymas mavjudot qaysi?
33 — Ayrim sport turlarida sportchining kelib chiqishi ham muhim o’rin egallaydi. 1948 yili Shvetsiyalik Gunarseon ot sportidan Olimpiada oltin medaliga sazovor bo’ladi. Keyin ma’lum bo’lishicha, u bu sport bilan musobaqada qatnashishiga ruxsati bo’lmagan ekan. Gunaresonni Olimpiada medalidan ajralishiga qanday sabab yetishmagan.
34 — Inson baliqdan dunyoga kelgan degan evolyustsion nazariya asoschisi bo’lgan qadimgi yunon faylasufi kim?
35 — Birinch bo’lib qo’l ushlashib ko’rishishni joriy qilgan AQSh prezidenti kim? Undan oldin erkaklar egilib ko’rishishar edi.
36 — Venger xalqida shunday bir o’xshatish mavjud: suhbat bug’doy, uzum va kanop ustida qiziydi degan. Bug’doy – bu non, uzum vino yo sharbat. Xo’sh, unda kanop nima?
37 — Jahon tarixida birinchi yollanib o’dirilgan prezident kim?
38 — Prezident bo‘lmasidan avval yaxshigina TV va kino aktyori bo‘lga Amerika prezidenti kim?
39 — 22 yoshida «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist», 27 yoshida «Xalq artisti» unvonini olgan buyuk o‘zbek san’atkori kim?
40 — Keyingi vaqtlarda Angliyalik õsmir bolalar orasida ko’z shifokoriga murojaat qiluvchilar ko’payib ketgan. Nima qilsayu, ko’zoynak taqsa, ko’zoynak ko’rinishi dumaloq va opravasi qora bo’lishini xohlamoqda. Ko’zoynak ustalari bu xildagi ko’zoynaklarni ko’plab sotishayotganidan, xursand. Aytingchi, ular bu ko’zoynaklarni qanday nom bilan atashmoqda?
41 — Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlat qaysi?
42 — Uning huzurida hamma boshini egadi. Hoh u gado bo‘lsin, hoh shoh. Gap qaysi kasb egalari haqida ketyapti?
43 — Quyoshning yerdagi yo‘ldoshi deb nom olgan o‘simlik?
44 — Ucha olmaydigan qush qaysi?
45 — 16-asrdan boshlab, yelpig’ich Yevropaga kirib kela boshlagan. Aynan shu paytdan boshlab, u ayollar aksessuariga aylana boshladi. Va do’konlarda sotila boshlanadi. Uni turli ko’rinishda yasay boshlashadi. Yelpig’ichlarni kelishi bilan Yevropada ishsiz yurgan bir soha kishilariga talab ko’paya boshlagan. Aytingchi, u qaysi kasb egalari edi?
46 — “Ali bobo va 40 qaroqchi” ertagini tarjima qilgan adib?
47 — Qaysi buyuk mumtoz bastakor umuman uylanmagan?
48 — Yuriy Gagarinning kosmosga birinchi safari qancha minut davom etgan?
49 — Sherlok Xolms haqidagi hikoyalardan: Jinoyat sodir bo’lgan joyda qoldirilgan panja iziga qarab mashhur u jinoyatni ayol kishi qilganligini, bu qo’l ayol kishiniki ekanligini aytadi. Xolms barmoqlarni nozikligiga qarab bilmagan. Savol: bu qo’l izi ayollarniki ekanini u qaerdan bilgan?
50 — Qondagi zararli moddalarni zararsizlantiradigan inson a’zosi qaysi?
51 — Qaysi o‘simlik «oltin olma’ deyiladi va vatani qayer?
52 — Qaysi o‘simlik hayoti davomida bir marta gullaydi?
53 — Zarafshon vodiysining Falgar degan vohasida ajoyib hunarmandlar yashashgan. Ular o’z hunarlarini boshlashdan avval, otning dumiga loydan surtib daryoning u qirg’og’idan bu qirg’og’iga haydab o’tishgan. Ma’qul bo’lsa, shundan keyin o’z ishlarini boshlashgan. Aytingchi, 11-12 asrlarda yashagan bu hunarmandlar qanday mahsulot tayyorlashgan?
54 — Maktabga umuman bormagan, lekin bo‘lajak rafiqasi tomonidan 17 yoshida yozish va o‘qishni o‘rgangan Amerika Prezidenti kim?
55 — Birinchi globusni kim yasagan?
Mantiqiy savollar javoblari bilan
56 — Ko‘pchilik mamlakatlarda “ikkinchi non” deb ataladigan o‘simlik?
57 — Sharqda o‘simliklar dunyosi nima deb atalgan?
58 — Faylasuflar u yerni tafakkur va ibrat manzili, ammo beg’amlar joyi emas deb atashadi. Shoir Chustiy u yerni sarisi ham, so’risi ham, akrabo-yu ham aziz mehmoni yo’q ekanligini yozganlar. Bir so’z bilan ayting, bu joy nomini.
59 — Qaysi rangdagi yulduzlar eng yorqin va issiq bo‘ladi?
60 — Suvning tiniqligi qaysi asbob yordamida aniqlanadi?
61 — Quyoshning diametri qancha? Quyosh va Yer o‘rtasidagi masofa necha km.ni tashkil etadi?
62 — Zoologlar fikricha, u jonzotning erkagi gulning nektari bilan kun kechirib ketaveradi. Ammo urg’ochilari tuhum qo’yishi uchun, ularga ko’p miqdorda protein kerak bo’ladi. Ular proteinni bizdan olishadi. Jonzot nomini yozib bering.
63 — Salomlashish bo‘yicha rekordchi prezident kim?
64 — Qayerda va nima sabab bilan 3 hafta ichida 5 ta prezident almashgan?
65 — Eng ko‘p suiqasd uyushtirilgan davlat rahbari kim?
66 — U aslida oqish rangda bo’ladi. Aynan mutaxassislar uni qalbakilashtirishni oldini olib qizig’ish, och qizig’ish rangda ishlab chiqaradi. Uni qalbaki ishlab chiqaruvchilar uchun qizg’ish ranga kiritishlari mushkul va bu ularga qimmatga tushadi. Uni xoxlagan dorishunos ajratib olishi mumkin. Savol: Aytingchi nimaga rang berish haqida gap ketmoqda?
67 — Dunyodagi eng chuqur ko‘l qaysi?
68 — Dunyodagi eng uzun g‘or qaysi?
69 — Dunyodagi eng chuqur g‘or qaysi?
70 — Bu kompaniya 1950 yillarda Koliforniyada shakillana bashladi. 1968 yilgacha bu kompaniyada ayollar ishga olinmagan. 1968 yildan keyin esa uncha chiroyli bo’lmagan ayollar ishga qabul qilina boshlagan. Kompaniya raxbarlari fikricha aynan chiroyli ayollar ularning ishiga putur yetkazishi mumkin ekan. Savol : Bu qaysi kompaniya?
71 — Kartoshkaning vatani qayer?
72 — Eng katta o‘simlik urug‘i qaysi?
73 — Ummon davlati ayollarga mashina xaydash xuquqini beruvchi ikkinchi arab davlati xisoblanadi. Ammo ularga bir shart qo’yilgan. Savol: qanday?
74 — Metallar orasida eng qadimiysi qaysi?
75 — Qaysi qush asalarilarning kushandasi hisoblanadi?
76 — Kanada davlat bayrog‘ida qaysi daraxtning bargi tasvirlangan?
77 — Afrika janubida yashovchi gerero qabilasida «Bunday oilalar bilan qoʻshni boʻlishdan ogʻirroq kulfat yoʻq» degan maqol bor. Xoʻsh, bu oilalar oddiy oilalardan qaysi jihati bilan ajralib turadi?
78 — XIX asrda Avstraliyada bir qonun boʻlgan. Qonunga koʻra baʼzi shaxslarga har 5-6 yilda (yillik ta’tillardan tashqari) qo’shimcha 13 haftalik ta’til berilgan. Savol – ushbu shaxslar kimlar va qo’shimcha ta’tilning sababi nima?
79 — Afrikadagi ba’zi qabilalar tilida «Junglidan kelgan odam» ma’nosini bildiradigan hayvon qaysi?
80 — Odamdan tashqari boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchi qaysi?
81 — “Men sen uchun tug‘ildim, sen uchun yasharman, sening uchun o‘larman, ey turkning muqaddas o‘chog‘i!” Ushbu fikrlar muallifi kim?
82 — “Kometa” so‘zining ma’nosi nima?
83 — Birinchi Nobel mukofoti sovrindori kim?
84 — Gugurtning ixtirochisi kim?
85 — Nega O‘tkir Hoshimov 1 ta telbani 100 ta donishmanddan ustun qo‘yadi?
86 — Xayyom so‘zining ma’nosi nima?
87 — “Titanik” kemasi qaysi hahardan yo‘lga chiqqan edi?
88 — Zaharli tsetse pashshasi chaqsa ham o‘lmaydigan hayvon qaysi?
89 — 1908 yil yer shariga urilgan meteorit qaysi?
90 — Tayson qaysi bokschining qulog‘ini tishlab olgan?
91 — Atmosferaning eng yuqori qatlami qaysi?
92 — Ma’lumki sport o‘yinlarida muhim rolni hakamlar emas, balki sportchilarning o‘zlari bajarishadi. Ammo qaysi sport turida bitta o‘yinchiga naq 6,5 hakam to‘g‘ri keladi. Bu qaysi sport?
93 — Antik zamonlarda Hind va Ganga daryolari faunalari o‘rganilgach Nil daryosining manbasi Hindistondan boshlanadi degan fikrga kelishgan. Nimalar bu fikrni vujudga kelishiga sabab bo‘lgan?
94 — AQSH Indiana Shtati Universitetining asosiy kutubxonasi har yili 1 dyumga (2.54 sm.ga) yer ostiga kirib ketmoqda. Sababi esa arxitektor va quruvchilar qilgan xatodir. Diqqat savol: loyihalashtirilayotganda ular nimani hisobga olishmagan?
95 — Nima uchun oshxonamizdagi rakvina tagidagi truba “S” shaklida bo‘ladi? Bu holatni biz hammom vannasi tagida ham kuzatishimiz mumkin.
96 — Ba’zi fransuzlar xitoyliklar haqida shunday hazillashishadi. Xitoyliklarda: 3 ta armon bor: ular poroxni ixtiro qilishgan, ammo pushkani emas, ular yozuvni chop qilishni(pechat) ochishgan, ammo gazetani emas, ular komposni ixtiro qilishgan, ammo …..ni emas. Xo‘sh xitoyliklar nima qilishmagan?
97 — Odam qancha ko‘p qiziqsa, shuncha ko‘p o‘qiydi. Qancha ko‘p o‘qisa, shuncha ko‘p biladi. Qancha ko‘p bilsa, …. davomini to‘ldiring.
Hikmatli savollar va ibratli javoblar to’plami
98 — Bu hayvon tilining uzunligi qariyb 50 sm. ekan. Shu sabab ham u o‘z quloqlarini tili bilan tozalaydi. Yana bir jihat — ko‘pchilikning nazdida tuya suvsiz eng ko‘p vaqt yura oladigan hayvon. Biroq yaqinda olimlar uning tuyaga nisbatan ko‘proq muddat suvsiz yura olishi mumkinligini isbotlashdi. Bu qaysi hayvon?
99 — Vena qon tomirlarini emlash XVII asr o‘rtalaridan boshlangan bo‘lishiga qaramasdan, U Charlz Gabriel Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan 1853 yilda, ya’ni ikki asr keyin ixtiro qilingan. U nima?
100 — Telefon kashfiyotchisi Aleksandr Bell onasi va xotiniga biron marta ham qo‘ng‘iroq qilmagan. Nima uchun?
101 — Jeyms Naysmit tomonidan u 2 ta olma savatini tepaga ilib qo‘yish natijasida paydo bo‘lgan. U nimani ixtiro qilgan?
102 — Uni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan. U nimani yaratgan?
103 — Bu mashina 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan. Bu qanday «mashina»?
104 — Inson tarqatishi mumkin bo‘lgan eng baland tovush qichqiriq emas, balki u ekan. U ayrimlarda naq 69 detsibelga yetar ekan. U nima?
105 — Har yili bir paytda Yerning bu qismi 10 trillion tonnaga og‘irlashadi. Nima uchun, qachon va bu yerning qaysi qismi?
106 — Bir rivoyatga ko‘ra, xoqon ovga chiqdi va odamlarga vahshiy hayvonlarni Ila daryosi tomon quvishni buyurdi, bu juda katta suv. Odamlar ov qilib hayvonlarni suv tomon hayday boshladilar, shunda …. nechta hayvon suvdan o‘tdi va ular nimani atab berishdi?
107 — Eng keng tarqalgan yuqadigan kasallik shamollash, eng keng tarqalgan yuqmaydigan kasallik-chi?
108 — Asosan kompyuter mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu kompaniya butun dunyoda yuqori sifat ramzi deb tan olingan. 2007 yili kompaniya nomidan «computer» (kompyuter) atamasi olib tashlandi. Buni muassasa faoliyat ko‘lamini kengaytirib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga kirishgani bilan izohlash mumkin. Bu qaysi kompaniya?
109 — Uylarni raqamlash ilk marta XVIII asrda Londonla paydo bo‘lgan. Ungacha nima bilan aniqlanardi?
110 — “U ahmoq uchun og‘ir yuk, johil uchun qish, ilm ahli uchun ayni hosil davridir”. Fransua Volter inson hayotining qaysi davrini shunday ta’riflagan?
111 — 1856-1860 yillarda AQShning 15-prezidenti bo‘lgan Jeyms Byukenen shu kungacha bo‘lgan barcha 44 prezident ichida nimasi bilan farq qilgan? Ushbu farq uning shaxsiy hayotiga tegishli bo‘lgan.
112 — Eynshteynga ko‘ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?
113 — Grek yong‘og‘ining mazasini ko‘pchilik yaxshi biladi. Brazil yong‘og‘i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong‘og‘ini nima deb atashadi?
114 — Bu hayvonning tili eng uzun hisoblanadi. Uning bu a’zosi og‘izga ham emas, tomoqqa ham emas, ko‘krak suyagiga yopishgan. Bu qaysi hayvon?
115 — Uning qabriga «Sening o‘liming bizga ilhom bag‘ishlaydi» deb yozilgan. Savol, u kim?
116 — Dunyoda qaysi millat eng ko‘p baliq va baliq mahsulotlarini iste’mol qiladi?
117 — Toshkent shahrining qadimiy nomlaridan biri Choch va Shosh. Nima sababdan Choch nomi 7-8 asrlarda Shosh nomiga o‘zgargan?
118 — Odatda qadimgi yunonlar bosh kiyimsiz yurishgan. Lekin ba’zida ular boshlariga atayin qalpoq kiyib yurishgan. Qanday holatlarda ular bu ishni qilishgan?
119 — Malayziyada “Sen qayerga ketyapsan?” deyishadi, bu savolga “Aylangani” deb javob berishadi. Yahudiylar “Sizga tinchlik” desa, fors “Quvnoq bo‘l” deydi, Grenlandiyaliklar esa “Yaxshi ob-havo” deyishadi. Biz bunday holatda nima deymiz?
120 — Nima uchun vino, shampanlarni uzoq vaqt saqlash uchun tik holatda emas balki yotiq holatda saqlashlarini aniq sababibini ayting?
121 — O‘zbekiston Respublikasida u ko‘pi bilan 45 gradus burchak ostida va yerdan kamida 2,5 metr balandlikda turishi kerak. U nima?
122 — Chester Karlson o‘zining nusxa ko‘chiruvchi ixtirosini nima uchun XEROX, ya’ni o‘zbekchasiga “quruq” deb nomlagan?
123 — Aynan shu sport inventarining mustahkamligi 120 mil/soat tezlikda yadro otish qudratiga ega bo‘lgan pnevmatik pushka orqali sinaladi.Qaysi inventar?
124 — Qadimgi skandinavlarda agar shoh yoki harbiy qo’mondon o’lsa, uning hamma boyliklari va … si bilan birgalikda dahmalarga ko’mishgan. Nuqta o’rnini to’ldiring.
125 — Andijon davlat Universiteti kimning nomida?
126 — Shtutgartda noodatiy antiqa darslik chop etildi. Bu darslikni o‘qish vaqtida o‘quvchilar o‘zlarini o‘qituvchi o‘rniga qo‘yib ko‘rishlari va hatto darslik chop etuvchilarga baho qo‘yishlari ham mumkin. Siz menga 1 daqiqadan keyin, ushbu darslikning boshqalaridan farqli jixatini ayting.
127 — Mashhur angliyalik yozuvchi Grem Grin «dunyoning eng yaxshi turistik tashkiloti» deya nimani nomlagandi?
128 — Qadimgi yunon faylasufi Diogen savollarga antiqa javob bergani bilan mashhurdir. Unda sen qaysi davlatga tegishlisan deya so’raganlarida, u o’zidan keyin ko’pchilik foydalangan mashhur javobni beradi. U javob qanday edi?
129 — Bu narsani biz deyarli har kuni o’z uyimizda, balki o’zimizga tegishli buyumda ham ko’rishimiz mumkin. Bu narsani lotinchadan tarjima qilsa, «hasharot mo’ylovi» degan ma’noni bildiradi. Gap nima haqida ketmoqda?
130 — AQShlik Don Badj, Morin Konnoli, Avstraliyalik Rod Leyver, Margaret Smit Kort, Germaniyalik Shteffi Graff. Yuqoridagi insonlarni nima birlashtirib turadi?
131 — 1821 yili Taleyranga bu haqida aytishganida, «Bu endi e’tiborga molik voqea emas, shunchaki bir xabar» deb, nimani nazarda tutgan edi?
132 — 1978 yil noyabrda Tokiodagi ko’p qavatli binolardan birining yuqori qavatidan bir dona tuxum tashlab yuborildi. Ko’pchilik guvohi bo’lgan bu voqeadagi tuxumning oddiy tuxumlardan qanday farqi bo’lgan?
133 — Qadimgi Rusda bir g’aroyib odat bo’lgan ekan. O’z qarzini to’lamagan odamni katta maydonga odamlarni chaqirib, bog’lab qo’yib, uni yaxshilab chirmashar ekan. Nima uchun qarz egalari uning bu azoblardan qattiqroq baqirishini xohlashgan?
134 — XVIII asrda bu mahsulot saroyda desert sifatida dasturxonga tortilardi. Uni iste’mol qilishdan avval qaynatib, so’ng shakar qo’shib yeyishardi. Hozirda esa uni biz juda ko’p iste’mol qilamiz. Bu qaysi mahsulot?
135 — Farer orollaridagi mahalliy aholi Jyul Vernni yozishicha oroldagi juda yog‘li bir qushning o‘ligidan tayyor ro‘zg‘orda kerakli bir narsa sifatida foydalanishgan.Nima sifatida?
136 — Dunyoda juda ko‘plab dori xillari mavjud. Ularning funksiyasi ham xar xil. Xususan, Bir qancha dorilar qon ta’minotini yaxshilashga xizmat qilar ekan. Ya’ni ular qon bilan yaxshi to‘yingan hujayra va to‘qimalardan qon donachalarini olib, ularni kamqon bo‘lgan hujayra va to‘qimalarga yetkazib berar ekan. Endi savol quyidagicha, shifokorlar bunday funksiyali dorilar turkumini hazillashib qanday nomlashadi?
137 — Futbolda «La-ola» degan atama bor. Bu qanday tushuncha?
Tezkor savollar javoblari bilan
138 — Uni tekshirish natijasida har xil diagnozlar qo‘yilgan: Mikroxirurglar Kurte va Grippo tananing o‘ng qismi atrofeyasi deb tashxis qo‘ygan. Doktor Bent Kristianson faqat yuzi falaj bo‘lgan deb hisoblaydi. Doktor Nakamura esa unda astma borligini aniqlagan. 1961 yil Leo Valla kuchli texnologiyalar asosida tekshirib, uni mongoloid irqiga mansub degan xulosaga kelgan. Ushbu olimlarning “mijozi” kim edi?
139 — Shveytsariyada nodir va eski kitoblar sotiluvchi magazin mavjud.(bukinistlar magazini) Uning boshqalaridan farqli tomoni kitoblar og‘irligiga qarab sotiladi va narxlanadi. Siz endi menga aytingchi, xaridorlar qanday mahsulotlarni bu magazindan chegirma asosida xarid qilishi mumkin?
140 — Qilingan ixtirolarning asosiy amaliy maqsadi ko‘pincha tor doirada bo‘ladi. Masalan: Xronometr ixtiro qilinganda dengizchilar faqat aniq uzoqlikni bilish uchun foydalanishgan. Xuddi shunga o‘xshab qanday maqsad uchun ingliz shifokori Jon Flouer sekundni ko‘rsatuvchi strelka ixtiro qilgan?
141 — Xitoyda u boylik ramzi, Misrda o‘lim va ruh ramzi sifatida qarashgan. Gretsiyada esa uni o‘lchov asboblariga tasvirlashgan va u savdoda halollik belgisi bo‘lgan. U xozir bir o‘yinning ramzi. Xo‘sh bu qaysi o‘yin?
142 — Mashhur siyosatchi Otto fon Bismark shunday gap aytgan: Odamlar ovdan keyin, sayr vaqtida va undan oldin ko‘proq yolg‘on gapirishga moyil bo‘ladilar. Savol, nimadan oldin?
143 — Olimpiyada tarixida 100 metrga yugurish bo‘yicha chempionlar ko‘p. Lekin ular orasida 1900 yili chempion bo‘lgan Tomas Berk nomi alohida qayd etilgan. U boshqa sportchilardan farqli o‘laroq u narsani birinchi bo‘lib qo‘llagan va chempion bo‘lgan. Aytingchi Tomas Berkning alohida qayd etilishiga sabab nima?
144 — Bu narsa 1895 yili Syurixlik bir kishi tomonidan ixtiro qilingan. Lekin uning ommaviylashishi sekin davom etgan. Faqatgina I jahon urushiga kelib uning targ‘iboti keng ko‘lamda bo‘lgan va uning qulayligi urushda o‘z isbotini topgan. Menga gap nima haqida ketayotganligini emas, balki o‘sha ixtirochining ismini ayting.
145 — Ularning soni hozirgi zamon olimlari tomonidan 54-58 deb aytiladi. Gap shundaki ularning ko‘rinishlari har xil, hatto ba’zilarining chegarasi yo‘q. Ulug‘ bobomiz Abu Rayxon Beruniy ularning nechtasini bilganini bilmadiku, lekin qadimgi yunonlarga ularning 7 tasi ma’lum bo‘lgan. Gap nima haqida ketmoqda?
146 — Yaponlarda “be” o‘tirmoq degani. Xo‘sh unda “teribe” qanday tarjima qilinadi?
147 — Sovet haykaltaroshi Kuratov 1 kishining yubileyi uchun uning haykalini yasaydi. Unda o‘sha inson yoniga kuchuk, mushuk, maymun, g‘oz kabi bir necha hayvonlarning ham haykallarini joylashtiradi. Diqqat savol, u kimning haykalini yasagan edi?
148 — Shimoliy Amerika hindulari uchun u uy, idish-tovoq, qurol, oziq-ovqat, kiyim-kechak vazifani o‘tagan. Savol, u nima?
149 — 25 litr suvni atigi bir tomchi u bilan bulg‘ash mumkin. U nima?
150 — AQShda u o.k.y., Yaponiyada y.o.k., bizda esa k.o.y. ko‘rinishida. Savol, gap nima haqida ketmoqda?
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Mantiqiy savollar javoblari bilan
- Zakovat savollari javoblari bilan
- Hikmatli savollar va ibratli javoblar to'plami
- Tezkor savollar javoblari bilan
- Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan
- Hayotiy savollar javoblari bilan
- Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan
Juda qiziqarli va ayni vaqtda juda kerakli savol javoblar OFARIN sizlarga!!!
Zakovatga qanday savol jo’natsak bo’ladi?
Iltimos hech kim bilmaydigan savollar yozing, ammo shuncha harakat uchun alohida rahmat!
Bu savollar menga judayam yoqdi. bular juda qiziqarli.
juda yaxwin test ekan bimagan malumotlarizdi ham urganasz muximi
Xurshida assalomu alayko’m. Bildirgan yoqimli fikringizdan bag’oyatda hursandmiz.
Savolar daxshat ekan, rosti menga juda yoqdi. Yana bormi? Bo’lsa ko’proq yuklanglar sayt adminlari, oldindan raxmat.
Ushbu qiziqarli savollarning barchasini javoblari bilan tanishib chiqib shunga amin bo’ldimki, bu savollarning barchasi juda ajoyib tuzilgan ekan. Ajoyib ofarin…
Siroj assalomu alayko’m. Savollar sizga qo’l kelganidan bag’oyatda hursandmiz.
Juda saviyasiz savollar ekan. Menga yoqmadi.
Juda ham zo’r savollar ekan
Savollar zakovatda o’ynalganmi?
Savollar qiziqarli, lekin savolning javobi funksiyasi ishlamayapti. To’g’irlash imkoni bormi?
Bahodir assalomu alayko’m. Biz web-saytni ishlashini tekshirib chiqdik, bizda barchasi ajoyib ishlamoqda! Bizningcha muammo sizning qurilmangiz yoki brauzeringizda bo’lsa kerak.
Zo’r savollar gap yo’q, qoyil!
Savollar zoʻr ekan gap yoʻq.
Savollar yuqori saviyada. Gap yoʻq!
Juda mantiqiy savollar ekan. Bilmagan narsalarimni bilib oldim zo’r-zo’r.
Bu savollarni hammasi zakovatda o’ynalganmi?
Juda yaxshi savollar ekan. Mantiqqa boy hamda o’ylab ko’rsa bo’ladigan savollar to’plami ekan.
Ushbu qiziqarli savollar nomiga mos ekan, savollarni bari rostdanham juda qiziqarli ekan, bilmagan juda ko’p narsalarimni bilib oldim.
Bu qiziqarli savollar o’z nomi bilan juda qiziq ekan, savollar yaxshi, alo darajada ekan.
Vapshi udar savollar va javoblar ekan, zo’r menga yoqdi, men umuman bilmagan narsalarni bilib oldim.
Qiziqarli savollar va bu savollarning javoblariga gap yo’q.
Judayam qiziqarli savollar va javoblar. Gap soʻz boʻlishi mumkin emas.
Vaqtliroq oʻqimaganimga juda afsuslanyabman. Zakovat va talabalar ligalarida shu savollarni hammasini oʻynaganmiz. Oldin shu saytni oʻqiganimda musobaqalardagi hamma savollarni balkim topardim…
Juda qiziqarli savollar ekan. Menga yoqdi, UzBaza.uz’ga ulkan zafarlar tilab qolaman!
Juda ajoyib, men Zakovatga savol yozish uchun ko’plab kitoblarni ko’rib chiqqanman. Bu yerda esa barcha savollar javobi bilan jamlangan. Aytingchi bu fikrlardan savol uchun foydalansam bo’ladimi. Internetdan UzBaza.uz’dan olindi deb?
Nasiba Assalomu alayko’m. Bildirgan samimiy fikringiz uchun tashakkur deymiz. Albatta ushbu savollardan, veb-saytimizga havola qoldirgan holda foydalansangiz bo’ladi!
Bu savollarni hammasi zakovatdan olingan. Zakovatchilar hammasini yodlab olishgan.
Raxmat, savollar juda ajoyib, men bilgan va bilmagan savollar uchun raxmat!!!
Assalomu alayko’m. Juda zo’r savollar ekan, men bilmaganimni bildim, raxmat savollar uchun.