Ushbu ibratli savollar, hayotiy masalalar, hikmatli so’rovlar, va ularga maqbul oqilona javoblar siz uchun ko’p narsaga oydinlik kiritadi.
O’ylashimcha, bunday savollarga hayotingiz davomida juda ko’p duch kelgansiz va yechimi haqida turlicha fikrlagansiz.
Ushbu ibratomuz savollarni javobini kuzatar ekansiz, o’zingiz uchun yangi haqiqatlarni kashf etsangiz ajab emas.
Nimani o’rgatib va o’rganib bo’lmaydi?
Javobini ko’rish
Soddadillikni.
Kim donishmand?
Javobini ko’rish
O’z aybini ko’ra bilgan va uni tan olgan kishi.
Buyuklar hayotidan nima olinadi?
Javobini ko’rish
Ibrat olinadi, unga amal qilinadi.
Nodonlar hayotidan-chi?
Javobini ko’rish
Saboq olinadi, undan xulosa chiqariladi.
Nimani kechirib bo’lmaydi?
Javobini ko’rish
Xiyonatni, xiyonatni va yana xiyonatni.
Har bir kishi uchun bu hayotda bajarilishi mushkul bo’lgan vazifalar nimalar?
Javobini ko’rish
Aytgan so’ziga o’zi to’liq amal qilishi, o’zganing omonatini u ishonganidek saqlay bilishi, do’stlashgan kishisining ham baxtli, ham og’ir kunlarida birdek yonida turishi, o’ziga ravo ko’rmagan narsani birovlarga ham ravo ko’rmaslik.
Har bir mavjudot muhtoj bo’lgan narsa nima?
Tezkor savollar javoblari bilan
Dunyoda nimani topish mushkulu nimani yo’qotish oson?
Javobini ko’rish
Yaxshi nom qozonish juda mushkul, uni yo’qotish oson. Zotan, obro’ misqollab topiladi, bil’aks insonning bir arzimagan nojo’ya harakati sabab, ushbu yaxshi nom bir onda chilparchin bo’lishi mumkin.
Tamadan xam kuchli narsani ayt?
Javobini ko’rish
Tama yo’lidagi tamagirlik!
Insonlar hayotida ko’pincha ehtiyoj sezadigan xislatlar nimalar?
Javobini ko’rish
Asosan uch narsa: teran fikr, hisni jilovlash, qanoat.
Mard kishining xislatlari nimalarda sinaladi?
Javobini ko’rish
Asosan uch narsada: kechirimlilik, mas’uliyatni o’ziga olish va so’zida tura bilishda.
Vaqt nima?
Javobini ko’rish
Buyuk insonlar uchun hamisha yetishmaydigan, aksariyat uchun ko’pincha boy beriladigan imkoniyat.
Aksar kishilar yo’l qo’yadigan xato nima?
Javobini ko’rish
Vaqtdan unumli va maqsadli foydalana bilmaslik.
Dunyoda hech qanday boylik yoki pul bilan sotib olib bo’lmaydigan «insoniy sarmoya»ning nomi nima?
Javobini ko’rish
Judayam oddiy: insonlar qalbiga yo’l topa bilish.
Shodlikning ibtidosi nima?
G’amning intihosi-chi?
Bundagi mantiq nimadan iborat?
Javobini ko’rish
Shodlik yo’q joyga g’am o’rnashadi, g’amning o’rnini esa, vaqt o’tib shodlik egallaydi.
Qanday gapning shov-shuvi katta?
Javobini ko’rish
Sekin, shivirlab aytilgan gapning.
Dunyoni nima larzaga soladi?
Javobini ko’rish
Murg’ak qalbning iztirobi, mazlumning chekkan nolasi.
Insonlar bir umr intiladigan, biroq hammaga xam nasib qilavermaydigan ne’mat nima?
Javobini ko’rish
Qalb osoyishtaligi.
Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan
Aqlli kim?
Javobini ko’rish
Borliqning go’zalligini ko’ra bilgan va uni qadrlay olgan.
Kim yuksak?
Javobini ko’rish
O’zini yer kabi xokisor tutgan kishi.
Ko’pchilikda mavjud bo’lgan nuqson nima?
Javobini ko’rish
O’zining aqlliligini boshqalarga ko’rsatishga intilish.
Qachon insonlar o’rtasida o’zaro totuvlik, inoqlik yuzaga keladi?
Javobini ko’rish
Qachonki, ularning aytgan so’zlari qalblarida ham uyg’unlikni paydo qilsa.
Inson umridagi «yamoq»lar nimalar?
Javobini ko’rish
Uning qalb jarohatlari.
Qanday yumushning oxiri xayrli bo’lmaydi?
Javobini ko’rish
Har qanday ishning boshini tutmasdan turib, yomon niyat qilinsa.
Kim kuchli, bir kishimi yoki yuz kishi?
Javobini ko’rish
Bir kishi… agarki, unda o’sha yuz kishining fahm-farosati va shijoati mujassam bo’lsa.
Dunyoda inson uchun eng qo’rkinchli narsa nima?
Javobini ko’rish
Xalq nafratiga uchrab, vijdon azobida qolish!
Kishiga nima bir umr tinchlik bermaydi?
Javobini ko’rish
Orzulari… Armonlari!
Sadoqat nima?
Javobini ko’rish
Hech bir narsaga tenglashtirib bo’lmaydigan, hech narsa bilan almashib bo’lmaydigan insoniy burch, tuyg’u.
Qo’shni kim?
Javobini ko’rish
Xursandchiligingda hamroh, yomon kunlaringda hassakash bo’lguvchi inson… Agarda u munofiq bo’lsa, hayotdagi xavfli dushmaning.
Xotin kim?
Javobini ko’rish
Xonadonning malikasi: yaxshi bo’lsa hayoting jannati, yomon bo’lsa… hayoting do’zaxi.
Hayotiy savollar javoblari bilan
Inson boshqa yaratiqlardan nimasi bilan farqlanadi?
Javobini ko’rish
Ikki narsada: aql-tafakkuri hamda ochko’zligi bilan.
Tinchlik nima?
Javobini ko’rish
Muayyan bir jamoaning fikr-maslaklari, orzu-istaklari mushtarak bo’lgan osoyishtalik davri.
Do’stlarga nimani tilasam eng katta yaxshilik tilagan bo’laman
Javobini ko’rish
Sog’liq, Sadoqat va Tamasizlikni!
Sabr nima, qanoat nima?
Javobini ko’rish
Sabr bu kishi boshiga g’am-tashvish tushgandagi chidam; qanoat boriga ham, yo’giga ham hamisha shukr qiluvchi insondagi botiniy fazilat.
Kishilar zohiran bir-birlari bilan nimada farqlanadi?
Javobini ko’rish
Besh narsada: yosh, naql, vazn, bo’y va jinsda.
Kishilar botinan bir-birlari bilan nimada farqlanadi?
Javobini ko’rish
Uch narsada: dilda, tilda, amalda.
Bilim, odob, fahmu farosatga erishish yo’llari qanday?
Javobini ko’rish
Bilimga kishi o’z mehnati orqali yetishadi, odobga bilim, ota-ona va ustozlar ko’magida erishiladi. Fahm-farosat faqatgina ato etiladi!
Insonga hamisha kamlik qiladigan hislatlar nimalar?
Javobini ko’rish
Ular uchta: bilim, odob, fahmu farosat.
Sevgi nima?
Javobini ko’rish
Birovga berib bo’lmaydigan, pulga topilmaydigan, faqat dil amriga quloq soladigan nodir tuyg’u.
Mehr-oqibat nima?
Javobini ko’rish
Insonni inson darajasida ushlab turguvchi ulug’ fazilat.
Dunyo nima?
Javobini ko’rish
Quvsa qochadigan, qochsa quvadigan, hech qachon yetib bo’lmaydigan, hech qachon to’yib bo’lmaydigan, hech qachon do’stlik qilmaydigan bevafo yor.
Or nima, nomus nima?
Javobini ko’rish
Insondagi et ila tirnoq kabi ajralmas oliy fazilatlar.
Insondan nima qoladi?
Javobini ko’rish
O’chmas iz… agar u insondek bo’lsa.
Nimani baholab bo’lmaydi?
Javobini ko’rish
Ezgu amalni, kamtarlikni, sadoqatni.
Ezgu amal nima?
Javobini ko’rish
Qalb, tafakkur va vujud mushtarakligida amalga oshirilgan harakat.
Hayot nima?
Javobini ko’rish
Kishilarning butun amallari bitilgan, xohlasa-xohlamasa, har kuni bir varag’i yirtib olinadigan umr daftari.
Qalb amri nima?
Javobini ko’rish
Dildan otilib chiqqan sado.
Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan
Inson kim erur?
Javobini ko’rish
Umri davomida insonni tushunishga harakat qilib o’tadigan ongli mavjudot.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Mantiqiy savollar javoblari bilan
- Tezkor savollar javoblari bilan
- Rasmli mantiqiy savollar javoblari bilan
- Hayotiy savollar javoblari bilan
- Islomiy va Diniy savollar javoblari bilan
- Qiziqarli savollar javoblari bilan
- Zakovat savollari javoblari bilan
Assalomu alayko’m. Bu hikmatli amallar insoni o’zgarishga olib kelganida edi. Lekin nma bo’lgandaham barcha savollar va javoblari ham yaxshi tuzilgan ekan.
Assalomu aleykum menga bu hikmatli, ma’noli savol-javoblar juda yoqdi. Yana shunday savollar ko’p bo’lishini so’rayman. Mantiqiy savollar aqlni charxlaydi, insonni o’ylashga undaydi.
Bu hikmatli savollar javobi bilan real hayotda qo’llansa juda yaxshi bo’ladi.