Kulguli va Fikrlashni talab qiladigan mantiqiy savollar
Fikrlashni talab qiladigan kulguli mantiqiy savollar. Oila hamda do’stlar davrasiga quvnoqlik bag’sh etadigan mantiqiy savollar to’plami bilan tanishishni boshlashingiz mumkin.

1. Choyni qaysi qo’l bilan aralashtirish kerak?
2. Bir shox, bir ko’z, ammo karkidon emas.
3. U sizga tegishli, ammo boshqalar undan sizga nisbatan ancha ko’proq foydalanishadi. U nima?
Qiziqarli mantiqiy topishmoqlar to’plami javoblari bilan
4. Kim o’tirgan holda yuradi?
5. Siz mashinaga o’tirdingiz va uni haydamoqchisiz, lekin oyoqlaringiz pedallarga yetmayapti. Bu holda nima qilish kerak?
6. Umida qog’ozga 86 sonini yozib, dugonasidan «ushbu sonni qog’ozda hech narsani o’chirmasdan, bo’yamasdan va chizmasdan 12 ga oshira olasanmi» deb so’radi.
Dugonasi buni eplay oldi. Qanday qilib?
7. U savol emas, lekin unga javob berish kerak.
8. Hamma narsani ko’rayotganda uni ko’rmaysiz.
Hech narsani ko’rmaganda esa uni ko’ra olasiz. U nima?
Qiziqarli mantiqiy masalalar to’plami javoblari bilan
9. Yengil yoki og’ir bo’lishi mumkin. Lekin vaznga ega emas.
Tez va asta bo’ladi, ammo yugurishga, uchishga, suzishga ham qodir emas.
U nima?
10. Professor do’stlarini o’zining maxsus salati bilan mehmon qilishni niyat qildi. Buning uchun unga: 3 ta bulg’or qalampiri va huddi shuncha pomidor, pomidorlardan ko’ra kamroq, ammo piyozdan ko’proq bodring kerak bo’ladi. Professor jami bo’lib necha dona turli xil sabzavotlar ishlatadi.
11. Ko’rganda quvonamiz, lekin baribir ko’zimizni olib qochamiz?
12. Ular qanchalik ko’p bo’lsa, vazni shunchalik kamayib ketaveradi?
13. Uni chap qo’l bilan ushlasa bo’ladi, lekin o’ng qo’l bilan hech qachon ushlab bo’lmaydi?
Matematik mantiqiy savollar va masalalar javoblari bilan
14. Mashxur sehrgar xonaning o’rtasiga shisha qo’yib, unga kira olishini aytdi. Bu qanday qilib mumkin?
15. Bir kishi olmalarni 500 so’mdan sotib olib, ularni 300 so’mdan sotardi. Bir muncha vaqt o’tgach, u kishi millionerga aylandi. Buning sababi nimada?











Assalomu alaykum hurmatli bilimdonlar hamda zukko bolajonu kattalar. Hudoyim aqlingizga yana aql qo’shsin, bashariyatga yanada shunday chalg’ituvchi savol va jumboq tuzishda davom eting.
Assalomu alaykum. Sizdan bir savolga jovob so’ramoqchiman, toshbaqa bilan tovuqni farqi nimada? qiziqarli mantiqiy savolakan, iltimos yerdam bering.
Kulgili savollar rostdan ham kayfiyatni ko‘tararkan. Ayniqsa, “Tovuq oldin paydo bo‘lganmi yoki tuxum?” degan savolda ancha vaqt o‘ylab qoldim.
Savollar juda qiziqarli ekan. Do’stlarim bilan bo’lishdim, hammamiz birga o’ylab, kulib o’tirdik.
Savollar qiziqarli, lekin ayrimlari juda oddiy. Agar yanada murakkab va noodatiy mantiqiy jumboqlar qo‘shilsa, sayt yanada foydali bo‘lardi.
Bu savollar bolalar va kattalar uchun ham foydalidir. Ularni yechish orqali mantiqiy fikrlashni rivojlantirish mumkin. Har bir savol o‘ziga xos va qiziqarli.
Bu savollar yaxshi lekin koproq va qiyinroq bolsa zor bolardi
Ba’zilarini yechish oson bo‘ldi, lekin ba’zilari miyani ancha qizdirdi. Do‘stlar bilan bahslashib o‘tirdik.
Juda zo’r ekan. Tuzganlarga rahmat, ayniqsa kulguli mantiqiy savollar juda kayfiyatimni ko’tardi.
Assalom Alekum juda zõr savolar ekan
juda yaxshi mantiqiy va fikrlashni talab qiladigan savollar ekan