Abituriyentlar uchun imtihondan oldin o’qiladigan duolar

Bo‘lib o‘tadigan barcha oliy o‘quv yurtlariga test sinovlari oldidan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy veb portali abituriyentlar uchun imtihondan oldin o’qiladigan duolar to‘plamini e’lon qildi.

Imtihondan oldin o'qiladigan duolar

“Talaba bo‘lish uchun astoydil harakat qilish talab etiladi. Binobarin, raqobat kuchli, yil sayin talaba bo‘lishni maqsad qilganlarning soni ortib bormoqda. Shu bilan birga, abituriyent Allohga tavakkul qilishi hamda ota-ona, ustoz va yaqinlarining duosi olishi ham lozim» — deyiladi veb portalda.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nimalar qilish kerak?

Musulmonlar idorasi quyidagi duolarni chop etgan:

“Robbi yassir va la tu’assir. Robbi tammim bil-xoyri». Robbim! Oson qilgin, qiyin qilma. Robbim, (ishimni) yaxshilik bilan tugatgin.

“Robbishroh li sodri va yassir li amri vahlul ’uqdatan min lisani yafqohu qovliy» (Toho, 25-28). Robbim! (Bu qiyin vazifaga) bag‘rimni keng qilgin va ishimni oson qilgin hamda tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, (toki) ular (qavmim) gapimni (yaxshi) anglasinlar.

“Robbi zidni ilman va fahman». Robbim! Ilmimni va zehnimni orttir.

DTM Test Natijalari. Test natijalarini bilish uchun qo’llanma

“Muhimi, qalbda – ilm egallash hamda bu ilmi ila Vatani, xalqi, oilasi xizmatida bo‘lish niyati bo‘lsin. Ilm olish niyatda bo‘lgan barcha abituriyentlar imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirishlarini Yaratgandan so‘rab qolamiz», — deyiladi veb portalda.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *