Abituriyentlar tayyorgarlikni boshlaganda yoʻl qoʻyadigan 7 xatolik

Abituriyentlar tayyorgarlikni boshlaganda yoʻl qoʻyadigan 7 xatolik.

Abituriyentlar tayyorgarlikni boshlaganda yoʻl qoʻyadigan xatoliklar

1. Oʻzingizga boʻlgan ortiqcha ishonch

Hattoki, doimo aʼlo baholarga oʻqigan oʻquvchilar ham testlarda yuqori natijalar olishadi, deb hech kim kafolat bermaydi. Imtihondagi natijangiz fanni qanchalik yaxshi oʻzlashtirganingizga, misol va masalalarni qanchalik yecha olishingizga va maʼlumotlarni qanchalik yaxshi eslab qolganingizga bogʻliq.

Реклама

2. Keyinga qoldirish

Oʻquv yilining boshida vaqt bemaloldek koʻrinadi. Imtihonlarga tayyorgarlikni esa keyinroq boshlasa ham boʻladi, degan fikr boʻladi. Lekin ishni bugundan emas, balki bir oydan keyin boshlasangiz, tayyorgarlik yanada qiyinlashadi. Yarim yildan keyin boshlasangiz, oʻrganish uchun shunchalik mavzular koʻpligini koʻrib, shuncha vaqtdan beri hech narsa oʻrganmagandek oʻzingizni his qilasiz.

Repetitorni eng yaxshisini qanday tanlasa bo’ladi?

3. Pulni ortiqcha tejash

Imtihonga hech qanday xarajatlarsiz mustaqil tayyorlanish ham koʻpincha oʻz natijasini bermaydi. Telegramda bepul yoki juda kichik summaga oʻqitaman, bepul videodarslar orqali oʻrganasiz degan odamlarga ishonib qolmang. Malakali oʻqituvchilarga talab doim yuqori. Tajribadan oʻtgan oʻqituvchilarning kurslariga tayaning.

Реклама

4. Silla quriguncha tayyorlanish

Damsiz va uyqusiz tayyorlanish ham asab tizimingizga salbiy va psixologik holatingizga taʼsir oʻtkazishi mumkin. Imtihonga muvaffaqiyatli tayyorlanish uchun hamma narsani toʻgʻri taqsimlay olishni bilish kerak. Doʻstlar bilan uchrashish va hordiq chiqarishga vaqt ajratish oʻta muhim.

O‘qiganni xotirada qanday saqlab qolish mumkin?

5. Boshqa mashgʻulotlarga vaqt ajratish

Imtihonlarda yaxshi natijaga erishish uchun, oʻzingiz uchun eng ustuvor maqsadlaringizni ajratib oling. Bir u narsa bilan, bir boshqa narsa bilan shugʻullanib, qanchalik koʻp narsa yoʻqotayotganingizni bilmay, vaqtni oʻtkazib yuborishingiz mumkin.

6. Oʻz yutugʻingizga ishonmaslik

Oʻz erishayotgan natijalaringizni eʼtiborsiz qoldirsangiz va har kunlik mehnatingizni nazar-pisand qilmay qadrini tushursangiz, qoʻrquv va ishonchsizlik sizga qurshab oladi. Undan tashqari bilim olish va eslab qolish qobiliyatingiz ham pasayadi.

Реклама

Imtihonga mukammal tayyorlanish uchun 5 foydali usul

7. Boshqalarning muvaffaqiyatiga hasad qilish

Boshqalar bilan oʻzingizni solishtirishingiz yaxshi holat emas. Har kimning oʻz oʻzlashtirish tezligi, oʻrganish qobiliyati bor. Eʼtiborni oʻzingizga va erishayotgan natija va yutuqlaringizga qarating.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Repetitorni eng yaxshisini qanday tanlasa bo'ladi?
  2. O‘qiganni xotirada qanday saqlab qolish mumkin?
  3. Imtihonga mukammal tayyorlanish uchun 5 foydali usul
  4. Talaba qachon va qanday holatda o‘qishdan haydaladi?
  5. Dars qilayotganda diqqatni qanday qilib yo‘qotmaslik mumkin?
  6. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tish uchun nimalar qilish kerak?
  7. Abituriyentlar uchun imtihondan oldin o'qiladigan duolar
  8. Imtihonlarga tayyorlanishda abituriyentlar tomonidan qilinadigan 5 xato
  9. Litsenziyaga ega barcha Xususiy va Nodavlat oliygohlar ro‘yxati
  10. Testlarni 100% to‘g‘ri bajarish uchun eng muhim 8 tavsiya

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *