O‘quv markazi ochish uchun nima talab qilinadi?

O‘quv markazi ochish tartibi va unga qo‘yilgan talablar bilan tanishing. Bugun chet tiliga ixtisoslashgan o‘quv markazlari kundan kunga ko‘payib bormoqda ammo bu o‘quv markazlarini ochish ularni faoliyatini yuritish uchun ma’lum bir talablar qo‘yilgan.

O‘quv markazi ochish uchun talablar

O‘quv markazi ochish uchun talablar

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qarori bilan tasdiqlangan «Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risida»gi yagona nizomning 6 ilovasiga ko‘ra o‘quv markazlari quyidagi talablarga javob berishi lozimligi belgilangan.

1. O‘quv rejasi va dasturi Maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lishi.

O‘qituvchilarni faoliyatiga aralashsa qanday javobgarlik bor?

2. Ta’lim faoliyati yuritiladigan binoga (xonalarga) mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquqning mavjudligi (ushbu talab faqat masofaviy (onlayn) ta’limga asoslangan nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchilarga nisbatan tatbiq etilmaydi).

3. Har bir to‘garak rahbari o‘quv qo‘llanma bilan ta’minlanganligi.

4. Ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi;

5. Pedagog xodimlarning ilmiy salohiyati darajasi:

  • Oliy ma’lumotli — 50%;
  • O‘rta maxsus ma’lumotli — 40%;
  • O‘rta ma’lumotli — 10%.

Kuchli xotira va sog‘lom miyaga ega bo‘lish uchun maslahat

6. Ta’lim tashkilotining hududi:

  • Devor yoki panjara bilan o‘ralganligi;
  • Tungi yoritgichlar o‘rnatilganligi;
  • Ichimlik suv va kanalizatsiya bilan ta’minlanganligi.

7. O‘quv auditoriyalarida ta’lim faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarga qo‘yiladigan minimal talablar:

  • Elektron yoki oddiy doska — 1 dona;
  • Proyektor — 1 dona;
  • Auditoriyaning yoritilish darajasi — 400 luks;

8. Maktabdan tashqari ta’lim bo‘yicha ta’lim olganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berilishi.

Kitobni juda ko‘p o‘qish uchun samarali 4 usul

9. Chet tillarga o‘qitgan hollarda, pedagog kadrlarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan beriladigan bilimlar darajasi va chet tilini bilish va egallab olganlik darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi malaka sertifikati yoki yetakchi xalqaro va baholash tizimlarining amaldagi sertifikati (IELTS, CEFR, TOEFL IBT) mavjud bo‘lishi.*

Ya’ni siz tashkil qilayotgan o‘quv markazi yuqoridagi talablarga javob berishi lozim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *