Dangasalikdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Dangasalikdan xalos bo’lish uchun eng sara tavsiyalar! Bizni buyuk ishlardan ajratib turadigan yagona to’siq bu — dangasalik. Uni yengib o’ta olganlar esa tarixda qoladigan ishlarni amalga oshiradilar va ularning nomi avlodlar ongida abadiy saqlanadi.

Dangasalikdan xalos bo‘lish uchun

— Dangasalik tutsa, nima qilasiz? Televizor ko’rasiz yoki divanda yotib olib, biron nima varaqlaysiz yoki bo’lmasa, do’stingizga SMS yozasiz. Ammo bu ham harakat-ku! Siz, yaxshisi, hech narsa qilmaslikka harakat qiling.

Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz

Bu qo’lingizdan kelmasa kerak. Rostdan ham jimjit xonaga o’ting, hech nima qilmaslikka, hech narsa o’ylamaslikka, uxlamaslikka harakat qiling. Bizningcha, bu zerikarli.

Agar shunday qilsangiz, 15 daqiqa o’tar-o’tmas, biror ishga taraddudlana boshlaganingizni o’zingiz ham bilmay qolasiz.

— O’zingizni jangovar holatga solishga urining. Tetiklashtiruvchi musiqa qo’ying, ish o’rindig’ingiz yoki joyingizni ishlash holatga tayyor holatga keltiring. Bu holat dangasalikka qarshi kurashish borasidagi ichki hissiyotlaringizni ham uyg’otib yuboradi.

Dangasalikka qarshi qay darajada kurashasiz

Dangasalikni yengish usuli

— Bu usul o’zingizning dangasalikka qarshi kurashishda qay darajadagi «jangchi» ekaningizni belgilab beradi. Erta turing va muhim bo’lgan ishingizni bajarishga astoydil, shiddat bilan bajarishga harakat qiling. Tongda kamida 1 soat chin dildan ishlasangiz, kun bo’yi o’zingizdan o’zingiz faxrlanib yurasiz.

Insonni ruhlantiruvchi 30 ta sar hikmatli so‘zlar

— Odatda qiyin vazifalar insonni zeriktiradi va dangasalikka chorlaydi. Siz qiyin vazifalarni qismlarga ajratishga va uni navbati bilan bajarishga odatlaning. Ishoning, bu juda samarali usuldir.

— Odamlar orasida qadimdan hech inkor qilib bo’lmaydigan bir maqol bor. «Bugungi ishni ertaga qo’yma», shunga amal qiling. Agar siz o’zingizni me’yoridan ortiq dangasa, deb hisoblasangiz va bundan qutulmoqchi bo’lsangiz, hoziroq o’rningizdan turing, bugungi ishigizni ertaga qo’ymang.

  1. Foydalanuvchi:

    Juda ajoyib va foydali maslahatlar uchun tashakkur!

  2. Foydalanuvchi:

    Dangasalikdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak? degan ushbu foydali malumot menga juda yoqdi.

  3. Gulchiroy:

    Judayam zo’r malumot ekan, menga judayam yoqdi. Sizlardan Alloh rozi bo’lsin iloyim 🤲

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *