Sochga saqich yopishganda undan qanday xalos bo’lish mumkin?

Sochga saqich yopishib qolishi, afsuski, har qanday odam bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holat. Vahima qilishning hojati yo‘q, buning uchun sochlardan ajralish shart emas! Quyida sochdan saqichni qaychisiz qanday qilib olib tashlashni ma’lum qilamiz.

Sochga yopishgan saqichdan xalos bo'lish

Iste’mol sodasi — Qalin, xamirga o‘xshash aralashma hosil qilish uchun suv va iste’mol sodasi aralashtiriladi. Xamirni saqichga surtib, quriguncha kutiladi va keyin u cho‘tka bilan olib tashlanadi va soch shampun bilan yuviladi.

Tuxumni oson tozalash va yorilib ketmasligi uchun qanday qaynatish kerak?

Mayonez — Buning uchun saqichga bir choy qoshiq mayonez surtiladi, 5-10 daqiqaga qoldiriladi, so‘ng uni olib tashlash va sochni yuvish mumkin. Asos sifatida, yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan har qanday mahsulotni ishlatsa bo‘ladi. Yong‘oq yog‘i kabi pastaga o‘xshash yog‘dan foydalanish hamda uni sochlarga surtish osonroq. Yog‘ni eski tish cho‘tkasi yoki barmoqlar bilan zararlangan sochlarga qo‘llash lozim.

Saqich boshdagi boshqa soch tolalarga tarqalib ketmasligi va bosh terisiga yopishmasligi uchun zararlangan joyning ostiga oddiy osh qoshiq qo‘yish kerak. Saqich yumshaganda, uni sochiq yoki ro‘molcha bilan olib tashlash, so‘ngra sochlarni shampun bilan yuvish tavsiya etiladi. Aytgancha, moyni vazelinga ham almashtirish mumkin.

Sovuq harorat — Bu usul agar saqich sochning uchiga yopishib qolsa, mos keladi. Katta idishdagi suvga bir necha osh qoshiq tuz qo‘shiladi va bir soat davomida muzlatib qo‘yiladi. Tuz suvni muzlashdan saqlaydi va suvni iloji boricha sovitishga imkon beradi. Keyin sochlar idish ichiga solinadi, shunda saqich muzlaydi.

Uydagi buyumlar dog‘larini ketkazishda yordami tegadigan 10 mahsulot

U qattiq va mo‘rt bo‘lib qoladi va sochlardan osongina olib tashlanadi. Muqobil variant – muz bo‘laklari. Ular faqat sochga qo‘llanadi va saqich muzlashi kutiladi. Keyin sochlar shampun bilan yuviladi.

Tish pastasi — Tish pastasi yoki soch uchun ko‘pikni surtib, saqich ajralib chiqqunga qadar tarash tavsiya etiladi.

Limon — Limon sharbati quruq sochlar uchun konditsioner bilan aralashtiriladi. Olingan aralashma sprey idishiga quyiladi va saqichga sepiladi. Biroz vaqt o‘tgach, saqichni sochdan tarab, olib tashlash mumkin.

5/5 - (6 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Tuxumni oson tozalash va yorilib ketmasligi uchun qanday qaynatish kerak?
  2. Uydagi buyumlar dog‘larini ketkazishda yordami tegadigan 10 mahsulot
  3. Blenderni 30 soniya ichida tozalashning eng oson usuli
  4. Meva va sabzavot po‘stlog‘ini sizga noma’lum bo‘lgan foydalari
  5. Xonada gullar nima uchun ko‘p bo‘lishi kerak?
  6. Kiyimlarni dazmolsiz tekislash uchun qo'l keladigan bir nechta usullar
  7. Qaynatilgan tuxum suvini nima sababdan to‘kib yubormaslik kerak?
  8. Kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli
  9. Uydagi chumolilardan tez va butunlay qanday qutulish mumkin?
  10. Uyni changdan to‘g‘ri va samarali tozalash bo‘yicha 6 layfxak
  1. Murodjon:

    Qoyil qoldim ijodlaringizga omad, bilmagan narsalarim haqida bilib oldim.

  2. Ergasheva Nodira:

    Qizimni sochiga saqich yopishib qoldi. Malumotlaringizdan albatta foydalanaman, zubnoy pasta surub ko’rmoqchiman…

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *