Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?

Qo‘rquvni yengish uchun nima qilish kerak? Javob juda oddiy: qochmaslik kerak. Inson o‘z qo‘rquvini yengishi va unga xilof ravishda ta’lim olish uchun navbatdagi qadamini tashlashi kerak. U butunlay daxshatga tushgan bo‘lishi mumkin, biroq to‘xtamasligi kerak.

Ichki qorquvdan xalos bolish usuli

Shunday kun keladiki, uning birinchi dushmani chekinadi. Inson o‘ziga nisbatan ishonchni his qiladi. Uning intiluvchanligi mustaxkamlanadi. O‘rganish endi qo‘rkinchli ish bo‘lmay qo‘yadi. Ana shu kun kelganda inson xech ikkilanmay o‘zining azaliy dushmanini yengganligini aytishi mumkin.

Siz komfort zonani zudlik bilan tark etishingiz kerak

Deyarli xar bir kishi nimadandir qo‘rqadi. Kasal bo‘lish va o‘lishdan, pul yo‘qotishdan, uni kimdir urishi yoki o‘ldirishidan, sevimli kishisi tashlab ketishiyu va hokazolar.

Qo‘rquv odamni doimiy taranglikda ushlab turadi, uning harakat qilishiga imkon bermaydi. Bu xam yetmaganday, qo‘rquv haqidagi fikrlar doimiy ravishda miyada aylanib, tom ma’noda shunday vaziyatlarni tortib oladi.

Odamga xavf tahdid qilganda uning qoniga ko‘pgina gormonlar otilib chiqib, tomir urishini tezlashtiradi, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarining qisqarishini kuchaytiradi, metabolizmni tezlashtiradi, mushaklarda taranglikni xosil qiladi.

Qo‘rquvdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lsangiz

Qo‘rquvdan xalos bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, ishonishni o‘rganing. Bu dunyodagi xamma narsaga: o‘zingizga, odamlarga, voqealarga ishonishni. Biroq birinchi navbatda o‘z ichki kuchingizga ishonishni o‘rganing.

Sizni maqsadingizga eltuvchi 5 ta oltin qoida

Esda tuting — siz o‘z olamingizni o‘zingiz yaratasiz. Va bu olam koinotdagi eng xavfsiz joy. O‘z xayotingiz uchun javobgarlikni zimmangizga oling. Sizning olamingiz sizning fikrlaringizga bog‘liq. O‘zingizni Koinotdagi eng ximoyalangan mavjudot deb xis qiling.

Sizni o‘rab turgan olamdan faqat yaxshilik kuting. Mana bu fikr ongingizdagi eng muhim fikrlardan biri bo‘lsin, quyidagilarni Takrorlab turing:

  • Men o‘zimni yaratgan kuch bilan bir butunman.
  • Men xavf-xatardan butunlay xoliman.
  • Men o‘z ichki kuchimga ishonaman.
  • Men ruxiy xotirjamlikka erishaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *