Haqiqiy do‘stlikni qanday farqlash mumkin?

Sinfdosh, kursdosh va hamkasblar soni ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin ularning hammasi ham yaqin va haqiqiy do‘st bo‘lavermaydi. Do‘stingiz haqiqiymi yoki yo‘q qanday bilish mumkin? Quyida ushbu savollarga javob beramiz.

Haqiqiy do'stlikni qanday farqlasa bo'ladi

Do‘st achitib gapiradi

Turli vaziyatlarda yuzaga kelgan tushunmovchiliklarda oqni oq, qorani qora ,deb sizga yo‘l ko‘rsatuvchi insonlarni qadrlang. Ular sizga yaxshi ko‘rinish uchungina qilgan ish va qarorlaringizni ma’qullab turmaydi.

Siz eshitishni xohlaysizmi, yo‘qmi, haqiqatni yuzingizga aytadi. Ko‘zingizga yaxshi ko‘rinish uchun ikkiyuzlamachilik va tilyog‘lamalik qilgan insonlardan uzoqroq yuring.

To‘g‘ri qarorga kelish malakasini qanday o’zlashtirish mumkin?

Haqiqiy do‘st hayotingizdagi hodisalarga befarq bo‘lmaydi

Haqiqiy do‘st sizning hayotingizda bo‘layotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaydi, yaxshi-yomon kuningizda yoningizda bo‘ladi, boshingizga ish yoki dard tushganida sizni yolg‘iz qoldirmaydi.

Ishlaringiz qanday ketyapti, kayfiyatingiz qandayligiga qiziqadi va siz o‘zingizni yomon his qilayotganingizda sizni yupatib, yechim topish uchun hech bo‘lmaganda maslahat beradi. Agar do‘stingiz sizga e’tibor qilmasa va befarq bo‘lsa, demak, o‘rtangizdagi munosabatlar samimiy emas.

Do’stlar o’rtasida ishonch muhim rol o‘ynaydi

Do'stlar o'rtasida ishonch muhim rol o‘ynaydi

Ishonch har qanday munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi. O‘rtada ishonch yo‘qoldimi, hech narsa avvalgidek bo‘lmaydi. Siz siringizni ishonib aytgan inson uni jiddiy qabul qilmasdan boshqalarga yetkazdimi, unda bunday do‘stning boridan yo‘g‘i yaxshi.

Jahlni oson yengishda 7 xavfsiz va samarali usul

Do‘st uchun jonni fido qilish va qo‘llab-quvvatlash

Do‘sti uchun jonini fido qiladiganlar yo‘q bo‘lishi mumkin, lekin sizga yaxshi bo‘lishi uchun borini ayamaydigan inson bo‘lsa, uni qadrlashingiz kerak.

Sizni mansabingiz yoki sizdan tegadigan foyda emas, inson sifatida hurmat qiladigan, hech narsa kutmaydigan inson bilan bir umrlik munosabat bo‘lishi aniq.

Unutmang, vaqtinchalik, kayf-safoga sherik bo‘ladigan qo‘shtirnoq ichidagi oshnalar juda ko‘p, haqiqiy va ishonchlilarini esa topish qiyin.

Manfaat kutmagan insonlar haqiqiy do‘st bo‘ladi

Haqiqiy do'st hech qachon manfaat kutmaydi

Yaqin do‘st deb baho berishga oshiqmang. Unutmang, yoningizdagi insonlar shunchaki vaziyat taqozosi bilan vaqtinchalik bo‘lishi, ular bilan birgalikda vaqt o‘tkazish yoqimli bo‘lishi mumkin.

Dangasalikdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Tanishlaringiz ko‘p bo‘lishi mumkin, lekin yillar sinovida saralanib, manfaat kutmasdan hamisha siz bilan yelkama-yelka bo‘lgan insonlar haqiqiy do‘st bo‘ladi.

Sovuqqon va e’tibor bermagan inson hurmat qilmaydi

Bir insonning ikkinchisiga bo‘lgan hurmati siz uchun muhim kun va sanalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Siz muammolaringiz bilan bo‘lishganda sovuqqonlik bilan tinglagan va e’tibor bermagan inson sizni hurmat qilmaydi.

  1. Diyora:

    Ha to’g’ri sizning fikringizga qo’shilaman. Haqiqatdan ham do’st achitib gapiradi dushman esa kuldirib. Siz bemor bo’lsangiz do’stingiz yoningizda turadi.

    • Qo'ltiqboy:

      Chiroyli so’zlar ekansiz gaplarizga qo’shilaman.

    • Sitora:

      Har bir insonning do’sti har doim uning yonida bo’lish kerak.

  2. Hakimbek:

    Sizlarga kattakon raxmat. Do’stlik tshunchasi haqida bilmagan narsalarimni bilib oldim.

  3. Donoxon:

    Haqiqiy do’stlik haqida juda ajoyib maqola bo’libdi. Umuman olganda do’stlik degani ikki inson biri-biriga do’stim deb murojat qilishidan yuzaga kelib qolmaydi. Do’stlik chin manoda mustahkam bo’lishi kerak deb o’ylayman.

  4. Munisa:

    Do’stlik bu qiyomat paytida xam birga bo’lishlik.

    • UzBaza.uz:

      Munisa assalomu alayko’m. Albatta fikringizga qo’shilaman.

  5. Guli:

    Assalomu alayko’m. Albatta fikringizga qo’shilaman.

  6. Adolat:

    Do’st yaxshi kunida ham yomon kunida ham yonida bo’lish kerak, Allohni o’zi asrasin sohta va puling uchun do’st bo’lib yurganlardan.

    • UzBaza.uz:

      Adolat assalomu alayko’m. Fikringizga mutlaqo qo’shilaman. Bildirgan fikringiz uchun tashakkur, sizni kelgusida yana veb-saytimizda kutib qolamiz.

  7. Madina:

    Shuning uchun bekorga aytishmaydida, sevgi xiyonatgacha, do’stlik qiyomatgagacha deb.

  8. Barchinoy:

    Bismillah. Hammasi uchun rahmat. Men shunchaki atrofimdagi insonlarni boricha qabul qilaman. Yuqoridagi faktlar esa, oʻylashimcha biz uchun begona emas. Shunchaki doʻstlaringizni qadrlang. «Doʻstim menga nima qildi?» deyishdan avval «Men doʻstimga nima qildim?» savolini berib koʻring. Har doim tanganing ikki tomoni boʻlishini unutmaslik kerak. Qadringizga yetmagan insonlarni esa oʻsha vaqtning oʻzida aql bilan orani ochiq qiling. Aks holda notoʻgʻri doʻst tanlash natijasida kimlardur hayotingizda turli «dogʻlar» butun umrga qoldirib ketishi hech gap emas. Agar buni soʻngiga qadar diqqat bilan oʻqigan boʻlsangiz sizga kattakon tashakkur aytaman. Vaqtingizga achinmadingiz degan umiddaman. Alloh taolo barchamizni ilmimizni ziyoda qilsin, oʻzi hidoyatga boshlasin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *