To‘g‘ri qarorga kelish malakasini qanday o’zlashtirish mumkin?

Haqiqiy qaror qabul qilish nimaligini bilasizmi? Bir qarashda oddiy ko‘ringan qaror qabul qilish aslida unchalik oddiy ish emas. Haqiqiy qaror qabul qilish nima ekanligini hamma ham bilmaydi. Sababi buni maktabda ham oliygohlarda ham ishda ham maxsus o‘rgatilmaydi.

To'gri qarorga kelishni qanday o'zlashtrish mumkin

Eng qizig‘i birgina mana shu malakani o‘zlashtirib olinsa bormi – bundayin insonlar uchun o‘z maqsadlari sari hech qanday yengib bo‘lmaydigan to‘siq qolmaydi. Tushunyapsizmi?!

Siz ham hayotda ko‘pgina haqiqiy qarorlar qabul qilgansiz, bu aniq. Ammo bu ko‘pincha tasodifiy sodir bo‘lgani uchun uni qanday boshqarishni bilmaysiz. Demakki o‘z istaklaringizga yetishish ko‘pincha tasodifan bo‘ladi -)

Men bu yerda shunchaki qaror qabul qilish haqida aytmayapman. Haqiqiy qaror qabul qilish shunday holatki, natijada sizni «Maqsadimga qanday erishaman?» degan savol umuman xavotirga solmaydi. Ich-ichingizdan his qilib turasiz-ki buning yo‘li albatta bor.

Jahlni oson yengishda 7 xavfsiz va samarali usul

Haqiqiy qaror qabul qilganingizda Sizda umuman ikkilanish, nolish, dangasalik hissi bo‘lmaydi. Bu eng muhim alomatlardir! Buni doimo yodda saqlang!

Agar haqiqiy qaror qabul qilmagan bo‘lsangiz – sizni birinchi navbatda maqsadingiz emas, balki unga erishish yo‘lidagi muammolar ko‘p o‘ylantiradi. Ya’ni, butun e’tiboringiz muammolarga qaratilgan bo‘ladi.

Bir narsani aniq bilib oling! Haqiqiy qaror qabul qilinganda sizni ajoyib xotirjamlik, o‘ziga ishonch, nima xoxlayotganini aniq bilish hissi chulg‘ab oladi.

Bunga sabab haqiqiy qaror qabul qilinganda ong va botiniy ong bir xil narsani istayotgan, birga harakat qilayotgan bo‘ladi. Tushunyapsizmi?!

Haqiqiy qaror qabul qilganingizda

Sizdagi xotirjamlik, o‘ziga ishonch, nima xoxlayotganini aniq bilish hislarini aynan botiniy ong taqdim qilayotgan bo‘ladi. Bu esa eng kuchli, eng samarali holat!

Dangasalikdan xalos bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Haqiqiy qaror qabul qilganingizda «Men bunga erisha olarmikanman? Qo‘limdan kelarmikin, hali tajribam yo‘q-ku?» degan savollar sizda paydo bo‘lmaydi.

Paydo bo‘lsa ham e’tiboringizni unchalik jalb qilmaydi. Chunki bu holatda bunday savollar unchalik muhim hisoblanmaydi.

Ichingizdan kelayotgan turli nolish ohangidagi savollarga ham xotirjam javob bera olasiz. «Puling yo‘q-ku?! Bu holda ishni qanday boshlaysan?» kabi savollar kelsa «Hech kim onasidan pul bilan tug‘ilmagan!» deya xotirjam javob berib qo‘ya qolasiz.

Qisqasi ichingizdagi noluvchiga bir kichik go‘dakka qaragandek qaraysiz. Uning salbiy, buzg‘unchi savollari sizni umuman chalg‘ita olmaydi. Siz o‘zingizda maqsadingizga erishish uchun yetarli darajadagi kuchni his qilasiz!

Bunday paytda hamma yo‘llar o‘z-o‘zidan ochilib ketaveradi. Kerakli odamlar kerakli joylarda paydo bo‘lib qolishadi. Imkoniyatlar ham o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi.

Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa

Bunday paytda maqsadga erishganlik hissini hech bir qarshiliklarsiz his qilasiz, diqqatingizda to‘siqlar ko‘rinmaydi – faqat maqsadingiz ko‘z oldingizda turadi. Boshqa narsalarga chalg‘ib yurmaysiz, shunchaki ishonch bilan harakat qila boshlaysiz.

Agar Sizda bunday hislar bo‘lmasa bilingki, Siz haqiqiy qaror qabul qilmabsiz – Siz shunchaki yana o‘z-o‘zingizni aldashga kirishib ketibsiz!

  1. Nomalum:

    To‘g‘ri qarorga kelish yani qarorda adashmaslik haqidagi ushbu maqola menga rosa yoqdi va qo’l keldi, bu maslahatlarga amal qilishga hayotim davomida harakat qilaman.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *