Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa
Ushbu maqolamiz orqali siz hayotda hech kimga aytishingiz kerak bo‘lmagan narsa haqida bilib olasiz. Quyidagi maslahatlarga amal qilsangiz kelajakda qiyin ahvolga tushub qolishdan o‘zingizni asragan bo‘lasiz.
1 — Kelajak rejalaringiz haqida.
Bu yerda gap hasad yoki ko’z tegishda emas, balki bu o’zingizga tegishligidadir. Ruhshunoslarning aytishlaricha, qachon siz muhim rejangiz bilan bo’lishsangiz, sizning miyangiz uni bajarilgan deb hisoblashni boshlar ekan. Lekin bu yerda er, xotin, ota-ona yoki yaqin do’st nazarda tutilmagan.
Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
2 — Buyuk g’alabalaringiz haqida.
Hatto, siz uch boshli ajdarhoni yengan bo’lsangiz – bu haqida hamma atrofdagilarga aytib berish shart emas. Bunda sizda maqtanchoq bo’lish xavfi bor.
3 — Chegaralashtirish haqida.
Siz jiddiy parhezdamisiz yoki ro’za vaqtidasizmi? Bu hurmatga sazovor, ammo bu haqida gapirib yursangiz manosini yo’qotishi mumkin. Chunki har qanday ruhiy chegaralarda kamtarlik bo’lishi kerak.
4 — Boshqalar haqida yomon gaplarni.
Ayniqsa ular yoningizda bo’lmasa. Bu g’iybat deb ataladi va shunday insonlarni ko’pincha hurmat qilishmaydi. Esta tuting, agarda kimdir sizga boshqalar haqida ular yo’qligida yomonlik aytsa, huddi shunday siz yo’qligingizda siz haqingizda ham aytishi mumkin.
5 — Shaxsiy muammolar haqida.
Bu yerda uydami, ishdami, shaxsiy hayotda yoki finansda bo’lishi mumkin. Sizning muammolaringiz – bu faqat sizni maummolaringiz va siz ularni yechimini topishingiz kerak. Albatta, kimgadir aytganingizda siz dalda olishingiz mumkin. Ammo kerakli insonlarga (ota-ona, yaqin do’st, er-xotin) aytish mumkin.
Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz
6 — Bilimingiz haqida.
Umuman olganda maqtanish yaxshi narsa emas. O’ta ma’lumotli bo’lsangiz ham bu haqida hammaga aytib yurish shart emas. Birinchidan, siz o’zingizni ustun qo’yib, kimnidir xafa qilishingiz mumkin. Ikkinchidan esa, bilimni ishlatmasangiz hech nimaga ega emassiz. Shuning uchun Bill Geyts bo’lmasangiz, demak rivojlanishda davom eting va bilimingizni hayot tarzingizda aks ettiring.
7 — Yaxshi ishlar haqida.
Yaxshilik qildingizmi, kimgadir yordam berdingizmi, uysiz itga ovqat berdingizmi, qushlarga yem berdingizmi, kimnidir hayotini yoki obro’sini qutqardingizmi, balki butun oylikni ehson qildingizmi? Yaxshi! Xudo albatta buni ko’radi va sizga yuz baravar qaytarib beradi. Ammo bu haqida hammaga aytib yurish kerak emas, chunki sizning yaxshi ishlaringiz o’zingizni ko’rsatish uchun deb qabul qilinadi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
- Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz
- Sizni maqsadingizga eltuvchi 5 ta oltin qoida
- Siz komfort zonani zudlik bilan tark etishingiz kerak
- Shaxsiy rivojlanishga doir Yaponcha usul
- Maqsadlarga SMART usulida qanday erishish mumkin?
- Ishni samarali tashkil etishning sinalgan usuli
- Ishda quvvatni oshirish va energiyani saqlash uchun tavsiyalar
- Katta yo‘ldagi 12 kichik eslatmalar
- Yomon qarorlar qabul qilishni oldini olish mumkinmi?
To`g`ri
Ha men ham sizning fikringizga qo’shilqman. Bu maqola menga ancha yordam berdi.
Zo’r malumotlar, qoyil qolmasdan ilojim yo’q.
Bu maqolaga va saytga gap yoq. Sayt ijodkorlariga omad tiliman.
Fikringiz uchun tashakkur. Sizni kelgusida Web-saytimizda yana kutib qolamiz.
Assalomu aleykum. Men bu maqola orqali bilmaganlarimni bilib oldim katta rahmat
Gulhayot assalomu alayko’m. Bildirgan fikringizdan boshimiz ko’kga yetdi. Sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Maqola yaxshi ancha foydali ko’pchilik o’qib chiqishi kerak eakn. Hayotimizda uchraydigan oddiy holatlar haqida ekan.
Assalomu alayko’m, men bu saytga kirib, o’zim uchun ancha kerakli malumotlarga ega bo’ldim.
Gap yo’q bravo, ishlaringizga rivoj tilayman, bizga qiziq bo’lgan malumotlarni yetkazishda charchamanglar. UzBaza.uz jamoasiga omad.
Qirolicha assalomu alayko’m. bildirgan fikringiz bizga ilhom bag’ishladi 😉 sizni kelgusida yana web-saytimizda kutib qolamiz.
Hammasi to‘ģri ekan ajoyib. Hamma hayotida qo‘llashi kerak ekan.
Ajoyib malumotlar bor ekan, bu saytni ijodkorlariga o’z minnatdorchiligimni bildirib qolaman, bu maslahatlarni esa yodda saqlashga harakat qilaman.
Menga bu maqolalar va testlar yoqdi, bu psixologik testlardan men to’g’ri xulosa chiqardim.