Kelajakka tayyorlanish uchun bosish kerak bo‘lgan 10 qadam

Dunyo shunchalik tez o‘zgarayotgandek tuyulyaptimi va bu sizga o‘z o‘rningizni topishda qiyinchilik tug‘diryaptimi? Unda bizni maslahatlarimizga amal qiling.

Kelajakka tayyorlanish 10 qadam

Yoshlikni saqlab qoling

Sizga mo‘jizadek tuyulishi mumkin, ammo yaqinda “qarish jarayoni, muqarrar jarayon” qatoridan chiqib ketib, davolash mumkin bo‘lgan kasalliklar qatoriga kirishi mumkin.

Olimlar hech bo‘lmasa ichki biologik soatni sekinlashtirish yo‘llari haqida izlanishmoqda. Bu tez orada qarish jarayonini to‘xtatadigan tabletkalar va genetik terapiyalarni tavsiya qilishadi degani.

Aslida ko‘pchilik (qo‘rqinchli) kasalliklar, yosh bilan bog‘liq bo‘ladi, qarilikni davolash usuli, yosh bilan bog‘liq bo‘lgan yurak qon-tomir kasalliklari va boshqa shunga o‘xshash kasalliklarni ham bartaraf etadi.

Avraam Linkolnga etikdo‘zning o‘g‘li ekanligini aytganda nima qilgan?

Lekin gap faqat qarishni to‘xtatish to‘g‘risida ketyapti, yoshlikni qaytarish to‘g‘risida emas. Agar siz qarilikka qarshi tabletka ichgan vaqtda 45 yoshda bo‘lsangiz, tabletkalar sizni aynan shu darajada saqlashga yordam beradi.

Lekin sizga 25 yoshni qaytarib beraolmaydi. Shuning uchun qarilik bilan kurashishni ertaroq boshlashni maslahat beramiz. O‘z tanangizni parvarishlashni hozirdan boshlang.

Kunning hech bo‘lmasa 45 daqiqasini jismoniy aktivlikka bag‘ishlang. Sog‘lom va asosiysi o‘simliklardan tayyorlangan ovqatlarni iste’mol qiling. Sutkasiga 7 soatdan kam uhlamang.

Kuchli quyosh nuridan qoching, chekishni tashlang, odamlar bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling. Bu yoshlikni saqlab qolishga yordam beradi.

Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling

Agar siz umuman kasal bo‘lishni hohlamasangiz, to‘g‘ri yo‘ldan borayotganingizni nazorat qilib boring.

Muntazam qon, siydik, ahlat analizini topshirib turish yaxshi albatta, lekin boshqa tomondan bu qachon o‘zingizda kasallik alomatlari paydo bo‘lishini kutishdir.

Bu mashinangiz tormozini tekshirish uchun, chuqurlikka qulatishdek gap. Xatto o‘zini mutlaqo sog‘lomman deb o‘ylagan odamda ham, yillar davomida o‘zini ma’lum qiladigan, biror bir kasallikning rivojlanish bosqichi bo‘lishi mumkin.

Biologik materiallaringizni muzlatib qo‘ying

Tanamizda bizni kelajakda qutqara oladigan juda ko‘p narsalar bor. Lekin afsuski har kuni ertalab, bularning bir qismini unitazga tashlab yuboramiz. Masalan: ahlatni olaylik. Uni oshqozon bakteriyasi kerak bo‘lib qolganda, qaytarib olish uchun muzlatib qo‘yish mumkin.

Teri hujayralari ham juda muhim. Ularni ildiz hujayralariga aylantirib, muzlatib qo‘yish mumkin. Keyinroq qarib borayotgan organlar va tolalarni yoshartirishga yordam berishi mumkin.

Bill Geyts chiroyli qizlar bilan bir sinfda o‘qish uchun nima qilgan?

Agar kelajakda davolashning yangicha usullari qo‘llaniladigan bo‘lsa, u holda har bir odamni o‘zining muzlatilgan biomateriallaridan foydalangan holda tuzatish mumkin bo‘ladi.

Bu biomateriallar ancha yosh holda saqlanib turadi. Biz bankka o‘zimizni moliyaviy tomondan havfsiz sezishimiz uchun pul qo‘yamiz. Bu ham  shunga o‘xshash bizni biomateriallarimiz, kasallikka chalinib qolmasligimiz uchun sug‘urta hisoblanadi.

«Raqamli iz» nima

Odamni shaxsiyatini ko‘rsatib beradigan «Raqamli iz» tushunchasi haqida eshitganmisiz? Kelajakda bu tushuncha shaxsiy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolishi mumkin.

Masalan: Xitoy rahbariyati sotsial kredit berishda har bir fuqaroning o‘sha «raqamli iz» iga qarab baho beradi, ya’ni kredit shunga qarab ajratiladi.

«Raqamli iz» odamni internetdagi barcha hatti harakatlari haqida ma’lumot bera oladi. Agar ko‘rsatkichlar past chiqsa, ijtimoiy ta’minotga erishish qiyin bo‘ladi.

Agar bizni «Raqamli iz» imiz hisobga olingan bo‘lsa, internet do‘kondan nima harid qilganimiz, internetdan nima qidirganimiz, kim bilan nimani gaplashganimiz, hammasi ma’lum bo‘lib turadi.

Masalan: biror joyga ishga joylashmoqchi bo‘lsangiz ham shunga qarab javob olasiz. «Raqamli iz» odam hayoti davomida va o‘limidan keyin ham shu odam to‘grisida ma’lumot berib turadi.

Agar sizning «Raqamli iz» ingiz sizning shaxsiyatingizni  siz hohlagandek ko‘rsatishini hohlasangiz, hatti-harakatlaringizni ko‘proq nazorat qiling

Dunyodagi eng zararli mahsulot: kartoshka chipslari haqida qiziqarli faktlar

Hayotingizni dasturlashtiring

Bizning hayotimizda turli algoritmlar tobora muhim rol o‘ynamoqda va hayotimizni boshqarib boryapti. Oddiy misol: Avvallari odamlar boradigan yo‘lni xotirasi yoki karta yordamida topishgan.

Hozir buning uchun smartfonlardan foydalaniladi. Bu algoritmlarga suyanib, reja va xatto hayotdagi muhim qarorlarni qabul qilish mumkin.

Madaniyatni o‘rganing

18-asrda muvaffaqiyatga erishish uchun, Yevropa mentalitetini bilish va tushunish kifoya qilardi, aynan shu Yevropa kuchlari dunyoni nazorat qilib turardi.

20-asrga kelib liderlikni AQSH egalladi. Xozirgi vaqtga kelib, bunday mintaqalar soni ko‘payib bormoqda.

Agar siz kelajakda biror narsaga erishishni istasangiz, hozirdanoq boshqa millatlar madaniyati to‘g‘risidagi bilimlaringizni kengaytirib boring.

Boshqa jamiyatlar haqida bilimga ega bo‘lgan kishi, ko‘p manbaaga ega bo‘ladi, hayot haqida tushunchasi kengayadi.

Janob Bin qanday qilib uchuvchiga aylangan va oilasini halokatdan saqlab qolgan

Ko‘proq bilim oling

Dunyo juda tez o‘zgarib boryapti, bizning bilimlarimizni katta qismi eskirib boryapti.

Shunchalik tez o‘zgarib borayotgan olamga moslashib borish uchun, hayotimizni yangi bilimlarni egallab borishga bag‘ishlashimiz kerak.

Kelajak haqiqatlariga tik qaray olish va yashab qolish uchun tinmay bilim olish zarur.

Haqiqiy real hayotdan do‘stlar izlang

Bizning miyamiz atrofdagilar bilan aloqada bo‘lishga moslashtirilgan. Bu o‘zaro ta’sir miya uchun muxim xisoblanadi, shuning uchun yolg‘izlikda qolgan odamlar, ko‘pincha aqldan ozadi.

Bugungi kunda odamlar orasidagi o‘zaro aloqa, virtual olam bilan almashinmoqda. Suhbatdosh o‘rnini chat va botlar egallamoqda.

Do‘stlar bilan faqat ijtimoiy tarmoq orqali gaplashamiz. Lekin biz tirik  odamlarmiz, odamlar bilan yaqindan aloqa qilishga muhtojmiz.

Faqat gaplashishmas, ko‘rishib quchoqlashish, yelkamizda bir-birimizni qo‘llarimizni his qilishni hohlaymiz.

Shuning uchun atrofingizga haqiqiy do‘stlarni yig‘ishga vaqt ajrating. Bu sizning miyangizga ham quvvat bag‘ishlaydi.

Kutilmagan bashorat: 11 yoshli qizning 1969 yilda yozgan xati topildi

Faqat o‘tmish bilan yashamang

Avvalgi vaqtda daraxtlar yashilroq, do‘stlik mustahkamroq bo‘lgan. Maktabga  har kuni 15 km yo‘lda piyoda qatnaganmiz.

 So‘zsiz, o‘tmish bilan faxrlansa arziydi. Lekin faqat o‘tmish bilan yashab bo‘lmaydi.

Xozir ilmiy fantastikaga o‘xshash kelajak sari boryapmiz. Yaqinlashayotgan kelajak bizni yiqitmasligi uchun, oyoqda mustahkam turib olish kerak.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *