Avraam Linkolnga etikdo‘zning o‘g‘li ekanligini aytganda nima qilgan?
Faoliyatining birinchi kuni u senat oldida qasamyod qilmoqchi bo‘lib endi o‘rnidan turmoqchi edi hamki zodagonlardan biri o‘rnidan turib shunday dedi:
Janob Linkoln, to‘satdan qandaydir bir hodisa tufayli prezident bo‘lib qolsangiz ham, shuni esingizdan chiqarmangki, qachonlardir siz otangiz bilan mening uyimga, oilam vakillarining poyafzalini tuzatishga kelib yurgansiz.
Bu yerda otangizning poyafzalini haligacha kiyib yurgan ko‘plab senatorlar bor, shuning uchun o‘z ildizlaringizni aslo unutmang.
Jeff Bezos amazonni ochish uchun nima qilgan?
Avraam Linkoln bir zum o‘ylab, pinagini buzmay sekin javob berdi
Mening otamni menga aynan Senat vakillari oldida qasamyod qilishimdan oldin eslatib qo‘yganingiz uchun sizdan g‘oyat minnatdorman.
Otam chindan ham ajoyib inson edi, xaqiqiy san’atkor edi – hali hech kim bunday go‘zal poyafzal qilmagan.
Men bilaman, nima qilishimdan qat’iy nazar, men xech qachon otam buyuk etikdo‘z — poyafzal yaratuvchisi bo‘lganiday buyuk prezident bo‘la olmayman.
Jek Ma ilk biznesini ko‘tarish uchun nima qilgan edi?
Darvoqe, bu yerda hozir bo‘lganlarning hammasiga shuni eslatib qo‘ymoqchimanki, otam tomonidan yaratilgan poyfzalda ulg‘aygan oila a’zolaringiz bo‘lsa, men o‘zim xam ushbu san’at tahsilini olganman.
Men buyuk etikdo‘z emasman, lekin xech bo‘lmaganda poyafzalingizni tuzatib berish qo‘limdan keladi.
Menga xabar bersangiz bo‘ldi, men sizning uyingizga kelaman.
Senat mutlaq sukunatga cho‘mdi, senatorlar bu insonni kamsitib bo‘lmasligini va u ijodkorlikka cheksiz ehtirom bilan qarashini tushunib yetgan edi.