Qur‘onda nechta oyat bor ekanligini bilasizmi?

Oyatlar sonini: Basra olimlari 6204 ta, Makka olimlari 6219 ta, Kufa olimlari 6236 ta, Shom ulamolari 6225 ta ko‘rsatgan.

Qur‘oni karimda nechta oyat bor

Ba’zi olimlar bundan ham ko‘proq belgilashgan. Masalan, yurtdoshimiz Mahmud Zamaxshariy (vaf. 1149) «Al-Kashshof» tafsirida Qur’oni karimda 114 sura, 6666 oyat, 77439 so‘z va 325343 dona harf bor, deb yozgan.

Namoz haqida oyat va hadislar to’plami

Ko‘p tafsirchilar Kufa olimlari fikrini yoqlashadi. Qur’oni karimning bugun tarqatilayotgan nusxalarida ham oyatlar soni 6236 ta belgilangan.

Qur’on oyatlari sonini belgilashda fikrlar farqli bo‘lishiga qiroat olimlarining to‘xtash (vaqf) alomatini turli joyga qo‘yishgani sababdir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobiylarga Qur’ondan ta’lim berayotib o‘qiganlarida oyat oxirida to‘xtash kerakligini bildiradigan darajada tin olardilar.

Ramazon taqvimi

Ma’no tugallanmagan bo‘lsa, goho keyingi oyatni ham qo‘shib o‘qirdilar. Tinglab o‘tirgan sahobiylardan ayrimlari Payg‘ambarimiz alayhissalom tin olgan joygacha bo‘lgan qismni bir oyat deb hisoblashsa, boshqalari ma’no tugallangunicha davom etgan qismni bir oyat deb bilishgan.

5/5 - (8 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. O‘g‘il bolalar uchun barcha ismlar manosi
  2. O‘g‘il va Qiz bolalar uchun eng chiroyli ismlar manosi
  3. Hadislarda ism qo'yish borasida nima deyilgan
  4. Bolaga chiroyli ism qo‘yish odob qoidalari
  5. Alloh taoloning go‘zal ismlari (Eng go'zal ismlar)
  6. Dunyoga mashhur insonlarning ismlari aslida qanday
  7. Bolaga qo‘yish tavsiya etilmaydigan ismlar va manosi
  8. Bolaga qo‘yish mumkin yoki mumkin bo‘lmagan ismlar va manosi
  9. Namoz haqida oyat va hadislar to'plami
  10. Alloh haqida gumon, Abu Dovud rivoyati
  1. SHODLIK:

    Zor

  2. Sayyod:

    Menga yoqdi bu malumotlar.QUR’ONI KARIM JUDDAYAM VEBAHO NE’MAT.😍

    • Ziyobek:

      Bu malumotlar menga yoqdi Mashoolloh.

  3. Lola:

    Zo’r yana va yana omad.

  4. Soliha:

    Zo’r ishlaringizga omad tilayman. Ota-onaga oq bo’lish haqida yozinglar.

  5. Mumina:

    Manga juda ham yoqdi, kerakli malumotlar bor eken, Alloh barchamizdan rozi bo’lsin.

  6. Sarvinoz:

    Biz musulmon ummatiga kerakli malumotlar ekan.

  7. Komila:

    Assalomu alayko’m, bu ma’lumotlar judayam qiziqarli ekan, dinimizni o’rganishimizda yordam berdi, manga judayam yoqdi, Alloh sizlardan rozi bo’lsn.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *