Kiyimlarni dazmolsiz tekislash uchun qo’l keladigan bir nechta usullar

Agar dazmol to‘satdan ishlamay qolsa yoki u-bu narsani zudlik bilan dazmollash kerak bo‘lsa, yangisini olish uchun darrov do‘konga yugurmaysiz, albatta. Kiyimlarni tekislashning ko‘plab usullari mavjud.

Kiyimlarni dazmolsiz tekislash usuli

Dush — Dush bug‘lash prinsipi asosida ishlaydi. Kiyimni hammomga osib qo‘ying va issiq suvni yoqing. Bug‘ bir necha daqiqada kiyimingizni silliqlaydi, ammo biroz nam bo‘ladi.

Qaynatilgan tuxum suvini nima sababdan to‘kib yubormaslik kerak?

Suv va sirka — Agar to‘qqiz foiz sirkani konditsioner va suv bilan teng nisbatda aralashtirsangiz, dazmolsiz kiyim tekislaydigan ajoyib vositaga ega bo‘lasiz. Uni purkagichli idishga quying va kiyimingizga seping.

Soch dazmoli — Soch dazmoli nafaqat sochlarni jingalak qiladi, balki kiyimlarni tekislashi ham mumkin. Dazmolni qizdiring, matoni plitalari orasiga qo‘yib, bir joyda to‘xtamasdan yurgizing.

Soch dazmoli yordamida kiyim tekislash

Kundalik hayotda kartoshkadan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli

Ho‘l sochiq — Yana bir samarali usul — ho‘l sochiq. Kiyimni tekislab ustiga namlangan sochiqni qo‘ying. Bir soatdan keyin kiyimlar ancha tekislanadi.

Ho‘l kaft — Ba’zida ho‘l qo‘lning o‘zi ham yetarli bo‘ladi. Qo‘llarni ho‘llab, kiyim ustidan yurgizing. Mayda g‘ijimlar uchun bu usul ishlashi mumkin.

Kaftni namlab kiyimni dazmollaymiz

Uydagi chumolilardan tez va butunlay qanday qutulish mumkin?

Issiq suv solingan idish — Tutqichli qozonni (masalan, kostryulka)da suv qaynating. Keyin astalik bilan suv to‘kilib ketmasligi uchun kiyimni kostryulka bilan tekislang. Asosiysi, idishning tagi toza bo‘lsin, aks holda matoda iz qoladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *