Yiliga bir marta tozalanishi kerak bo‘lgan uy jihozlari

Uy ishlari hech qachon tugamaydi, biroq juda kam hollarda tozalashni talab qiladigan uy jihozlari bor. “UzBaza.uz” nashri uyda yiliga bir marotaba tozalanishi kerak bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini taqdim etdi.

Har yili tozalanishi kerak bolgan uy jihozlari

Idishlar shkafini tozalash — Idishlar saqlanadigan shkafni tartibga solish qolgan ishlaringizni ham yengillashtiradi. Undagi qoshiq, sanchqi, pichoq, likopchalar va boshqa idishlarning o‘rnini alohida qilsangiz olishga va ishlatishga yanada qulay bo‘ladi.

Idishlar shkafini doim toza tuting

Soch to’kilishiga qarshi yordam beradigan mahsulotlar sirasi

Toza gilamlar — Uyingizdagi gilamlarni changyutgich orqali tozalang. Ularning yumshoqlik darajasini inobatga olgan holda yiliga bir marotaba yuvish kerak.

Gilamlarni changyutgichda tozalang

Qandillarni yuving — Oshxonadagi yoki hammomdagi lampalar chang va yog‘ni tez yig‘adi. Natijada ular yorug‘likni xiralashtiradi. Elektron lampalardan foydalanayotgan bo‘lsangiz, eng birinchi navbatda ularni to‘g‘ri tanlashni bilishingiz kerak. Bir narsani unutmang: lampochkalarni yechgandan keyin hech qachon nam mato bilan ushlamang.

Shiftdagi qandillarni tez tez tozalang

Yumshoq mebellar — Yumshoq mebellaringizni ham yiliga bir marotaba kimyoviy tozalashdan o‘tkazing. Chunki qoplama va plombalarning ichida chang paydo bo‘lishi, hasharotlar paydo bo‘lishi mumkin.

Sochga saqich yopishganda undan qanday xalos bo’lish mumkin?

Yumshoq mebellarni kimyoviy tozalang

Pardalarni tozalang — Pardalaringizni kimyoviy tozalashga olib boring, bu eng to‘g‘ri yo‘l. Ularni uyda yuvsangiz sifatiga ta’sir qilishi mumkin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni imkon qadar batafsilroq bayon eting!