Soch to’kilishiga qarshi yordam beradigan mahsulotlar sirasi

Organizmda erkak gormonlari darajasining ko‘payishi tufayli sochlar to‘kilishni boshlasa, foydali mahsulotlarni iste’mol qilish orqali ushbu muammoga yechim topish mumkin.

Soch to'kilishiga qarshi mahsulotlar

Nima uchun sochlar to‘kiladi?

Ko‘pincha erkaklarda ham, ayollarda ham androgenlar ta’sirida sochlar siyraklasha boshlaydi. Buning asosiy sababi digidrotestosteron (DGT) deb ataladigan gormondir. Tana tabiiy ravishda bu moddani testosterondan 5-alfa reduktaza deb ataladigan ferment yordamida ishlab chiqaradi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, ushbu fermentni maxsus parhez bilan to‘xtatish testosterondan DGT ishlab chiqarishni kamaytirishga yordam beradi va shu tariqa sochlarni to‘kilishidan himoya qiladi. Ushbu tadqiqotning aksariyati hali uzoq davom etmagan, ammo hali hammasi oldinda.

Sochga saqich yopishganda undan qanday xalos bo’lish mumkin?

Oshxonadagi 6 ta asosiy soch himoyachisi bilan tanishib chiqing

Kokos moyi — Kokos moyi qandolatchilikda ham, kosmetologiyada ham qo‘llaniladi. U triglitserid yog‘larining yuqori foizini o‘z ichiga oladi, ularning aksariyati laurik kislota shaklida bo‘ladi. Olimlar bu yog‘ kislotasi DGT ishlab chiqarishni to‘xtatishni isbotladi. Shuningdek, ba’zi retseptlardagi sariyog‘ni kokos moyi bilan almashtirish mumkin, bu juda foydali.

Sochlarni to'kilishdan himoya qilamiz

Piyoz va boshqa kversetinga boy mahsulotlar — Piyoz ajoyib ta’m tufayli turli xil taomlarga qo‘shiladi. Uning kaloriyasi past, ammo kversetin kabi antioksidantlarga boy. Olib borilgan klinik tadqiqotlarda kveretin 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini yo‘q qilishi va oksidlovchi stressni kamaytirish orqali testosterondan DGT ishlab chiqarishni bosishi aniqlangan. Sinovlar o‘tkazilganda kalamushlar yungi mayin va pahmoq bo‘lib qoldi, ammo olimlar hali odamlarga yetib bormadi.

Ko‘k choy — Ko‘k choy butun dunyodagi eng mashhur ichimliklardan biridir. Choy butasining barglari ko‘k choy olish uchun bug‘langanligi sababli, ichimlik ko‘proq foydali tabiiy birikmalarni o‘zida saqlaydi. Ular orasida vazn yo‘qotish, yurak va miya salomatligini yaxshilashga yordam beradigan epigallokatexin gallat (EGCG) mavjud.

Yaxshi xabar shundaki, bu foydali birikma soch follikulalarini DGT ning zararli ta’siridan ham himoya qiladi. Tadqiqotlar hali ham davom etayotgan bo‘lsa-da, lekin salomatlik uchun ko‘k choy ichishni boshlash mumkin.

Tuxumni oson tozalash va yorilib ketmasligi uchun qanday qaynatish kerak?

Yana qanday mahsulotlar kversetinni o‘z ichiga oladi?

  • yangi kapers – 233,84 mg
  • xom otquloq – 86,2 mg
  • xom qizil piyoz – 39,21 mg
  • kress-salat – 29,99 mg
  • qalampir – 27,6 mg
  • buzina – 26,77 mg
  • oq karam – 22,58 mg
  • bamiya – 20,97 mg
  • kakao kukuni – 20,0 mg
  • klyukva – 14,0 mg
  • goji mevalari, quritilgan – 13,6 mg
  • ko‘k piyoz – 12,6 mg
  • olxo‘ri – 12,45 mg
  • rukkola – 7,92 mg
  • chernika – 7,67 mg
  • fasol – 6,82 mg
  • anjir – 5,47 mg
Qanday mahsulot sochni to'kilishini oldini oladi

Yashil no‘xat — Yashil no‘xat ko‘pincha garnir yoki gazak sifatida iste’mol qilinadi. Ushbu mahsulot nafaqat oqsil va kletchatkaga, balki ular izoflavonlarga ham boy – DGT darajasini pasaytiradigan foydali o‘simlik birikmalari.

Ma’lum bo‘lishicha, yashil no‘xat uzoq vaqtdan beri erkaklardagi testosteronga ta’siri bilan mashhur. Ammo bir qancha dalillar shuni ko‘rsatadiki, agar mahsulot me’yorida iste’mol qilinsagina, natijaga erishish mumkin.

Zarchava — Zarchava – oshxonada keng qo‘llaniladigan ziravordir, ammo u parhezbop mahsulot sifatida ham mashhur. Olimlar zarchavani yallig‘lanishni kamaytirish, artrit og‘rig‘ida, qondagi xolesterin darajasini optimallashtirish va jismoniy mashqlardan tiklanishga yordam berishda foydali ekanligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zarchava ham 5-alfa reduktaza fermenti ta’sirini blokirovka qilish orqali DHT darajasini pasaytiradi.

Uydagi buyumlar dog‘larini ketkazishda yordami tegadigan 10 mahsulot

Qovoq urug‘lari — Qovoq – kuzning haqiqiy ramzi va sevib iste’mol qilinadgan foydali mahsulot. Har bir qovoq tarkibida temir, rux, magniy va antioksidantlarga boy bo‘lgan yuzlab foydali urug‘lar mavjud. Ma’lum bo‘lishicha, qovoq urug‘i yog‘i erkaklarda soch o‘sishiga yordam beradi.

Olti oylik tadqiqotda peshonalarida kallik paydo bo‘lgan 76 erkak ishtirok etdi. Kuniga 400 mg oshqovoq urug‘i yog‘ini qabul qilganlar boshqalarga qaraganda ko‘proq soch o‘sishi bo‘yicha yaxshi natijaga erishdi. Biroq soch qalinligida sezilarli farqlar yo‘q edi.

Maxsus fermentning to‘xtatilishi testosterondan digidrotestosteron ishlab chiqarishga ta’sir qildi, ya’ni subyektlarning sochlari o‘sishiga to‘sqinlik qilmadi. Tadqiqot ishtirokchilari qabul qilgan qo‘shimchada boshqa faol moddalar ham bor edi, shuning uchun olimlar natija qovoq urug‘i yog‘ida ekanligiga ishonchi komil emas.

Soch to‘kilishini yana qanday davolash mumkin?

Sochni to'kilishiga qo'shimcha davolar

Soch to‘kilishi turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin va DGT darajasining oshishi ulardan faqat bittasi. Shuning uchun ushbu holatda trixolog bilan bog‘lanish u buyurgan ko‘rsatmalarga rioya qilish kerak.

Blenderni 30 soniya ichida tozalashning eng oson usuli

Soch ozuqa moddalarining yetishmasligi tufayli siyraklashsa, bunda vitaminlar yordam beradi. Misol uchun, Shveysariyada o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, soch to‘kilishidan aziyat chekadigan ayollarning 38 foizida biotin yetishmaydi.

Ushbu B vitamini soch salomatligida muhim rol o‘ynaydi. Soch uchun foydali bo‘lgan boshqa oziq moddalar oqsil, rux, temir, C va A vitaminlari ham bo‘lishi mumkin.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *