Qazg’oqdan qutilish usullari va unga qarshi vositalar

Hammamiz qazg‘oqqa qarshi vositalar haqida ko‘p eshitganmiz. Lekin sochdagi qazg‘oq kasallik alomati ekanligini kamdan kam inson bilsa kerak. Keling siz bilan birgalikda, nima uchun boshda oq tangachalar paydo bo‘lish sabablarini va uni qanday yo‘l bilan davolash mumkinligini ko‘rib chiqamiz.

Sochdagi qazg'oqdan qutilish va qarshi vositalar

Qazg‘oq – faqat sifatsiz shampun va sovunlarning reaksiyasi tasiri emas. Bu teri kasalligining bir ko‘rinishidir. Tibbiyotda bu “seboreik dermatit” deb ataladi.

Bu kasallik boshda qazg‘oq paydo bo‘lishi bilan chegaralanib qolmaydi, balki odam yuzida, qoshlarda va xatto kipriklarda ham qazg‘oq paydo bo‘lishi mumkin.

Bunga sabab, ko‘pchilik odamlarning terisida doimo yashaydigan zamburug‘lar bo‘ladi, faqat ular “uyqu” holatida yashaydi. Agar odamda ummunitet pasayib ketsa, zamburug‘lar uyg‘onadi va teri kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Bazi odamlarda seboreik dermatit odam immuniteti pasayadigan paytlarda, kuz va bahor oylarida namoyon bo‘ladi.

Qazg‘oq kelib chiqishining 3 sababi

Qazg‘oq kelib chiqishining 3 sababi

Pardoz qilishda 17 bilishingiz kerak bo‘lgan sir

  • Soch parvarishidagi hatoliklar sabab

Sochni juda tez-tez yuvish va shu bilan birgalikda juda kam yuvish ham zararli. Bu teriga tasir qiladi va qazg‘oqni keltirib chiqaradi. Aslida sochni, agar juda ham yog‘li bo‘lmasa, haftada 1-2 marta yuvib turish maqsadga muvofiq sanaladi.

Sochni tarashda ham yaxshi, boshni tirnamaydigan, iloji boricha tabiiy taroqlardan foydalanish kerak. Yana taroqni tozaligiga ham etibor berib, doimo yuvib turish shart. 

  • Genеtik moyillik sabab

Odamlarning teri tuzilishi turlicha bo‘lib, teridagi yog‘ bezlari ham turlicha ishlaydi. Ayrim odamlar terisi toshbaqa, ekzema va shunga o‘xshash boshqa kasalliklarga moyil bo‘ladi. Ularda qazg‘oqning paydo bo‘lishi ham boshqalarga qaraganda ko‘proq uchraydi.

  • Garmonal o‘zgarishlar sabab

Qazg‘oq ko‘pincha 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan odamlarda ko‘proq uchraydi. Bunga sabab jinsiy yetilish davrida sekretsiya bezlarining ajralib chiqish jarayoninng teriga tasir qilishi.

Qazg‘oq bazida homilador ayollardagi  gormanal o‘zgarishlar sababli ham paydo bo‘lishi mumkin.

Kattalarda qazg’oq davosi va undan halos bo‘lish hamda qarshi vositalar

Bu yoqimsiz “oq tangachalar” dan qutulish uchun albatta qimmat dorilardan tashqari xalq tabobati amallari ham samarali yordam beradi. Ulardan biri olma sirkasi va choy daraxti yog‘i.

Kattalarda qazg'oq davosi

Olma sirkasi tarkibidagi organik kislotalar bosh terisini yaxshi tozalaydi va qazg‘oq paydo bo‘lishini oldini oladi. Bunday vosita zamburug‘lar bilan kurashishda yordam beradi va sochni umumiy ahvolini yaxshilaydi. Bundan tashqari olma sirkasi sochni tekis va mayin qiladi.

Qazg’oqqa qarshi vosita: Olma sirkasining sochga foydasi

  • Tarkibidagi vitamin (А, В, S), pektin moddasi va kislotalar soch follikulalarini oziqlantiradi.
  • Olma sirkasi teri hujayralarini regeneratsiya yo‘li bilan qayta tiklaydi. Bosh terisini toksinlar va kirlardan tozalaydi.
  • Sirka bilan uqalash soch tonusini yahshilaydi, bosh terisini mikroblardan tozalaydi.

Olma sirkasini qazg‘oqqa qarshi ishlatish yo‘li

Sirkani hamma do‘konlardan topsa bo‘ladi, undan yoqimli olma hidi keladi, 4 va 6 foizli bo‘lishi mumkin.

Olma sirkasini qazg‘oqqa qarshi

Uqalash uchun quyidagilar kerak bo‘ladi:

  • 1 stakan issiq suv;
  • 4 oshqoshiq olma sirkasi.

Suv bilan sirkani aralashtirasiz, yuvilgan sochni aralashma bilan uqalaysiz, keyin sochni toza suvda chayasiz va tabiiy yo‘l bilan quritasiz.

Sirkali niqoblar — Qazg‘oqqa qarshi sirkali niqobni ikkita retsepti bor. Birinchisi 6% li olma sirkasini bosh terisiga surtasiz, 15 daqiqa qo‘yib, toza suv bilan yuvib tashlaysiz. Keyin ikkinchi marta oddiy shampun bilan yuvib, sochiqqa o‘rab, o‘zi tabiiy yo‘l bilan quriguncha qo‘yib qoyasiz. Quriganidan keyin taraysiz.

Ikkinchi retseptimiz  uchun qo‘shimcha komponentlar kerak bo‘ladi. Buning uchun:

  • 2 oshqoshiq olma sirkasi;
  • 1 stakan issiq suv;
  • 2-4 oshqoshiq moychechak yoki yalpiz damlamasi.

Hammasini aralashtirib boshga surasiz, keyin  boshni selofan paket bilan o‘raysiz. 3 daqiqa davomida unchalik katta bo‘lmagan bosimda soch quritish uskunasi (fen) bilan qizdirasiz.

Qizdirgandan keyin yarim soat qo‘yib qo‘yiladi. Bu vaqtda sochdagi qazg‘oq kamayadi. Kasallik butunlay yo‘qolib ketishi uchun bu muolajani 2 oy davomida, haftasiga 2 martadan qo‘llash kerak.

Qazg‘oqqa qarshi shampun

Ko‘pchilik qazg‘oqdan qutulish uchun, eng birinchi navbatda shampunlarni qo‘llashga xarakat qiladi. Lekin kerakli shampun tanlash ham osonmas, shampun samarali bo‘lishi bilan teriga va sochga mos kelishi kerak.

Qazg‘oqqa qarshi shampun

Xar doim bir hil shampundan foydalanaverish foyda bermaydi. Navbatdagi ro‘yhat sizga foydasi tegadigan shampun tanlashda yordam beradi.

1. Sulsena — Bu ajoyib vositani bir marta qo‘llash ham, qazg‘oqlarni ketkazishga yordam beradi. Shampundan tashqari sulsena pastasi ham bor, bu ham qazg‘oqni ketkazishda juda katta yordam beradi.

2. Sebozol — Bu vosita qazg‘oq paydo qiluvchi bakteriyalar va mikroorganizmlar ko‘payishini to‘xtatadi. Tarkibidagi foydali birikmalar soch o‘sishiga yordam beradi. Paydo bo‘lishga ulgurgan qazg‘oqlarni ham ketkazadi. To‘liq davolanish uchun uzoq vaqt qo‘llash kerak.

3. Mikanisal — Bu shampunni dermotologiyada qazg‘oq paydo qiluvchi zamburug‘lar bilan kurashishda ko‘p tavsiya qilishadi. Uning birikmalari teriga singib ketmaydi, jarayon faqat teri ustki qismida sodir bo‘ladi.

4. Nizoral — Bu shampun tarkibida kеtоkоnаzоl mavjud. Bu birikma teri po‘stlog‘ini tinchlantiradi, zamburug‘larni o‘ldiradi.

Bolalarda qazg’oq davosi va undan halos bo‘lish hamda qarshi vositalar

Bolalarda qazg'oq davosi va undan halos bo‘lish

Bu muammoni hal qilish uchun, brinchi navbatda quyidagilarga amal qilish kerak:

  • Ovqatlanish ratsioniga vitaminlar va minerallarni ko‘proq kiritish.
  • Bolani emotsiyanol ahvoliga etibor qaratish, stress holatiga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik.
  • Bolaning sochini sifatli shampunlar bilan parvarishlash.

Qazg‘qoqni davolashda yana bir eng samarali vositalarda biri – xalq tabobat amallaridir. 

Qazg’oqqa qarshi shampun

Bular qazg‘oqqa qarshi kurashishda samarali vositalardir, zamburug‘larni bartaraf qiladi. Bunday davolovchi shampunlarga quyidagilar kiradi:

  1. Friderm sink
  2. Nizoral
  3. Mustela

Yahshi natijaga erishish uchun bu vositalar bilan davolanish kursi 1 oy davomida sochlarni haftasiga 3 marta yuvish kerak.

Yuzlardagi husnbuzarlardan halos bo‘ling

Bu shampun jamlanmasida soch yuviladi, bir necha daqiqa ushlab turiladi va keyin toza suvda chayiladi. Jarayon yana takrorlanadi.

Qazg’oqqa qarshi vosita: O‘simlik yog‘lari jamlanmasi

O‘simlik yog‘lari jamlanmasi

Ko‘pincha 1 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalarda bo‘ladigan qazg‘oqlarni yo‘qotish uchun turli hil yog‘lardan foydalaniladi, quyida ko‘rsatilgan o‘simlik yog‘lari jamlanmasi bunga katta yordam beradi:

  1. Zig‘ir urug‘i yog‘i;
  2. Bodom yog‘i;
  3. Kunjut urug‘i yog‘i.

Bu yog‘lar yordamida sochni ildizi bilan birgalikda yaxshilab uqalash kerak.

Qazg‘oqdan xalos bo‘lish uchun noodatiy retseptlar

Qazg‘oqni yo‘qotishda eng samarali usullardan yana biri:

— Sochlarni moychechak va qichitqi o‘t damlamasi va qaynatmalari bilan yuvib, uqalash;

— Bir necha tomchi choy daraxti moyini shampun bilan aralashtirib, sochni yuvish;

— Piyozdan tayyorlangan qaynatma bilan sochlarni yuvib turish;

Qazg‘oq paydo bo‘lishini oldini olish

Qazg‘oq paydo bo‘lishini oldini olish

Bolalarda qazg‘oq paydo bo‘lmasligi uchun, ota-onalar quyidagilarga amal qilishi kerak:

1. Birinchi navbatda – bolani shaxsiy gigienaga amal qilishga o‘rgatish lozim. Ularga begona odamning taroq va bosh kiyimidan foydalanmaslik kerakligini o‘rgatish kerak.

2. Bolaning sochlarini faqat sifatli shampunlarda yuvish kerak va soch yuvishda albatta suvning haroratiga ham etibor berish kerak.

3. Ob-havoga qarab bosh kiyimini kiyishga harakat qilish kerak va albatta bosh kiyimlarini bosh o‘lchamiga mos bo‘lishiga ham etibor berish kerak, bosh kiyimi keng ham, tor ham bo‘lmasligi zarur.

  1. Kotta raxmat:

    Juda yaxshi bun narsalarni men oldin bilmastim endi bilip oldim raxmat!

    • UzBaza.uz:

      Assalom alayko’m. Sizga foydasi tekganidan xursandmiz. Fikringizdan mamnunmiz.

  2. Asal:

    Albbata sinab koraman foydasi 100 % boladi degan umidaman😊

  3. Dilshoda:

    Kanalingizga omad, yani UzBaza.uz’ga demoqchi edim )

  4. Jo'rabek:

    Qazg’oqdan qutilishda shu tavsiyalaringiz yordam beradi degan umiddaman.

  5. Sevinch:

    Qazg’oqdan qutulish uchun juda ajoyib malumotlar berilgan ekan, juda ajoyib malumotlar keltirilga, kattakon raxmat sizlarga.

  6. Zulya:

    Assalomu alayko’m. Sizlarga katta raxmat, o’ylaymanki ushbu maqoladagi tavsiyalarni foydasi tegadi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *