Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul?

Qadimgi Rimda terlashga qarshi efir moylari ishlatilgan. Aytishlaricha, o‘sha paytlar xushbo‘y vanna qabul qilish noxush hiddan xalos bo‘lish usuli sifatida ommalashgan ekan. Erkaklar esa qo‘ltiq ostiga xushbo‘y xaltachalar osib yurishgan.

Bugun terlashga qarshi vositalarning xili ko‘p. Shunday bo‘lsa-da, bir savol o‘ylantiradi: qay biri zararsiz? Quyida siz uchun foydali tavsiyalarni hozirladik.

Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul

Ikkitasi birda — Yozda terlashga qarshi birinchi raqamli vosita bu — antiperspirant. Dezodorantdan farqi, u ter ajralib chiqishini ham kamaytiradi. Antiperspirantdan foydalanilganda ma’lum vaqt terlamaysiz va noxush hiddan xalos bo‘lasiz.

Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan ko‘katlarning 7 turi

Ushbu vositaning ham qattiq, suyuq, gelsimon, sharchali, aerozol, stik kabi turlari bor. Eng ommalashgani qattiq stik va gelsimon antiperspirant. Ular teriga yaxshi singadi, kiyimda dog‘ qoldirmaydi va silliq qobiq hosil qiladi.

Antiperspirant ter bezlarining suyuqlik ishlab chiqarish jarayonini cheklab, teriosti yallig‘lanishini yuzaga keltirishi va limfa tugunlariga zarar yetkazishi mumkin. Bunga uning tarkibidagi ruh oksidi sabab bo‘ladi. Ayni modda ter ajralishiga qarshi kurashadi. Shu bois antiperspirantdan muntazam foydalanib bo‘lmaydi.

Bakteriyalarga qarshi dezodorant — Ushbu vosita terida noxush hid keltirib chiqaruvchi bakteriyalarga qarshi kurashadi. Biroq dezodorantdan foydalanganda ter ajralishi kamaymaydi.

Hozirgi paytda dezodorantning spreyli, qattiq qalamcha, stik, deo-toshli, kristall, surtma, gel va upa shaklidagi turlari bor. Stik, krem va sprey kiyimda dog‘ qoldirgani bois nozikta’b ayollar e’tiborini qozona olmadi.

Gelsimon ko‘rinishdagi dezodorantlar esa glitserinli bo‘lib, libosda dog‘ qoldirmasligi bilan ahamiyatli. Upali dezodorantga kelsak, u oddiy talk va turlicha ifori bilan farqlanadi. Kristall va deo-toshlar o‘ta ta’sirchan teri sohibalari uchun ayni muddao.

Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi

Bu mavsumda atir bilan birga qo‘llash mumkin bo‘lgan hidsiz, antibakterial xususiyatga ega dezodorantlar ishlab chiqarilmoqda.

Kimga qanday? — Uch soat davomida ter hididan himoyalanish talab etilsa, dezodorantdan foydalangan maqul. Ko‘proq vaqt davomida ter hidi va ter ajralib chiqishidan xalos bo‘lish uchun esa antiperspirant samarali vositadir. Ushbu vositalar bir sutkada bir marotaba qo‘llanadi.

Tarkibi muhim — Mahsulot yorlig‘ida alyumin tuzlari va sink mavjud bo‘lsa (xlorid, sulfat, laktat, xlorgidrat) haqiqatan ham u antiperspirant bo‘ladi. Alyumin tuzlarining miqdori 25 foizdan ortiq bo‘lmagan taqdirdagina teri uchun xavfsiz hisoblanadi.

Agar teringiz juda nozik bo‘lsa, tarkibidanamlantiruvchi va yumshatuvchi glitserin va siklometikon mavjud bo‘lgan vositani tanlang.

Mahsulot ifori qanchalik o‘tkir bo‘lsa, shuncha ko‘p sintetik qo‘shimchalar solingan bo‘ladi. Bu esa allergiya qo‘zg‘atishi yoki markaziy nerv tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Terlashga qarshi vositani tanlayotganingizda yallig‘lanishga qarshi, bakteriyalardan himoya qiluvchi kumush ionlari, aloe yoki tirnoqgul (kalendula) efir moylari qo‘shilganiga ahamiyat bering.

Kitob o‘qish asabiylik va uyqusizlikni yengishi haqida bilasizmi?

Yana bir muhim jihat: agar ushbu vositalar tarkibida triklozan, ftalat, propilenglikol, polietilenglikol bo‘lsa xarid chog‘i shoshilmang. Ularning o‘rniga tarkibida mineral tuzlar, eman po‘stlog‘i ekstrakti, mavrak (shalfey) va efir moylari borini tanlaganingiz ma’qul.

To‘g‘ri qo‘llang! — Dush qabul qilganingizdan so‘ng darhol qo‘ltiqosti terisiga dezodorant sepishingiz kerak. Agar yuvinishning imkoni bo‘lmasa, antibakterial salfetka yordamida teri yuzasini artib, so‘ng seping.

Depilyasiyadan so‘ng 2-3 soat o‘tgachgina terlashga qarshi vositani qo‘llash mumkin. Quyoshda toblanmoqchi bo‘lsangiz, qo‘ltiq ostiga surtilgan vositani yuvib tashlang. Yo‘qsa, terida dog‘ paydo bo‘lishi mumkin. Sport mashg‘ulotlari paytida dezodorantdan foydalangan maqul.

Davlovchi turlari ham bor — Dorixonalarda qo‘ltiq osti terisini quritib, ko‘p ter ajralib chiqishiga qarshi kurashuvchi vositalar sotiladi. Bunday dezodorantlar ko‘p terlaydigan ayollarga tavsiya etiladi.

Mobil telefonlarning salomatlikka salbiy ta’siri haqida bilasizmi?

Shuningdek, zamonaviy kosmetologiya nozikta’b ayollarga tuk o‘sishini sekinlashtiruvchi, 48 soatlik himoyani ta’minlovchi, terini silliqlovchi, atir kabi turli iforga ega terlashga qarshi vositalarni taklif qilmoqda. Qay biridan foydalanishni o‘zingiz hal eting.

5/5 - (10 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
  2. Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
  3. Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
  4. Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?
  5. Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
  6. Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati
  7. Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi
  8. Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar
  9. Suvda cho‘kib ketmaslik uchun kerakli maslahatlar
  10. Uyqudan oldin iste’mol qilish tavsiya etilgan 4 mahsulot

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *