Eng ko‘p oilaviy ajrimlar qaysi hududlarga to‘g‘ri keladi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda dolzarb savollarga javob qaytarildi.

Eng ko‘p oilaviy ajrimlar

Yurtimizda oilaviy ajrimlarning umumiy statistikasi qanday?

Javob: Respublikamizda joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida 12 ming 810 ta, o‘tgan yilning shu vaqtiga nisbatan 3 ming 151ta kam oilaviy ajralishlar ro‘yxatga olingan. Mamlakatimizdagi mavjud oilalarning 0,03 foizining taqdiri ajralish bilan yakun topgan.

Oilaviy munosabatlarni buzilishi sabablari

Yuzaga kelgan mazkur ajrimlar natijasida joriy yilning o‘zida Respublika bo‘yicha 8 ming 725 nafardan ortiq voyaga yetmagan bolalar ota yoki ona mehridan mahrum bo‘lgan.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan joriy yilning shu vaqtiga qadar 15 ming 413 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarning 9 ming 980 tasi ya’ni, 60 foizi yarashtirildi. Shuningdek, 11 ming 985 ta nikohi qonuniy rasmiylashtirilmagan oilalar aniqlanib, ularning 5 ming 960 tasi yoki 57,8 foizining nikohi qonuniy rasmiylashtirildi.

Bizda ajrimlar soni

Bu ko‘rsatkichlarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, aholi va oilalar sonining ko‘pligi munosabati bilan, eng yuqori raqamlar Toshkent shahar va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Farzand tarbiyalashda ota-onalarning asosiy xatolari

Joriy yilning shu kuniga qadar poytaxt oilalarining 1692 tasi ajrashgan, 918 ta oila esa ajrim yoqasiga kelib qolgan. Keyingi o‘rinda 1498 ta ajrashgan oilalar bilan Andijon viloyati turibdi. Viloyatdagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar soni esa 1716 tani tashkil etmoqda.

Ajralgan oilalar soni Farg‘ona viloyatida 1304 ta, Toshkent viloyatida 1308 ta, Samarqand viloyatida 1302 ta, Namangan viloyatida 923 ta, Qashqadaryo viloyatida 815 ta, Surxondaryo viloyatida 749 ta, Buxoro viloyatida 744ta, Sirdaryo viloyatida529 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 513 ta, Xorazm viloyatida 497 ta, Jizzax viloyatida 489 ta, Navoiy viloyatida 447tani tashkil etadi.

  1. Dildora:

    Assalomu alayko’m. Bu malumotni o’qib chiqib shuni bildimki, hozirgi kunda ko’p oilalar ajralib ketishyapdi, lekin shu aniqki oila juda muqaddas sanaladi. Uni qadriga yetishimiz kerak.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *