Qaysi mamlakat odamlari tezroq qarishi haqida bilasizmi?
AQSh, Ispaniya va Norvegiya olimlari 195 ta davlatdagi fuqarolarning qarish tezligini qiyosiy o‘rganishib, 1990 yildan 2017 yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qildi.
Ular insult, ishemiya, turli onkologik va yurak-qon tomir kasalliklari, parkinson va alsgeymer, katarakta va glaukoma, yoshga bog‘liq eshitish qobiliyatini yo‘qotish kabi qarilik alomati sifatida kelib chiqadigan 92 ta kasalliklardan qaysilari o‘rta yoshdagi odamlarda paydo bo‘lishini aniqladilar.
Vashington universiteti (Sietl) sog‘liqni saqlash ko‘rsatkichlari va baholash instituti, Ispaniyaning Karlos III sog‘liqni saqlash tadqiqot instituti biotibbiyot markazi va Norvegiya sog‘liqni saqlash institutining Fertillik va salomatlik markazi (Oslo) olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari “The Lancet” ilmiy jurnalida chop etildi.
1 soniyada dunyoda nimalar sodir bo‘ladi?
Tadqiqot dunyo bo‘yicha o‘rtacha “qarilik” 65 yoshni tashkil etishini, biroq ba’zi mamlakatlar aholisi qarilik kasalliklaridan ancha oldin aziyat cheka boshlashini ko‘rsatdi.
Masalan, qarish reytingida eng oxirgi, 195 o‘rinni egallagan Papua-Yangi Gvineyada keksalik 45 yoshga to‘g‘ri keladi. Afg‘onistonda qarilik (192 o‘rin) 51, Vanuatuda (193) 52 yoshda boshlanadi.
Tadqiqotga ko‘ra, Belarus va Gruziyada qarilik kasalliklari taxminan 60 yoshda, Rossiyada — 59 yoshda, Ukrainada — 57 yoshda rivojlana boshlaydi.
Armanistonda o‘rtacha «qarilik yoshi» 64, Estoniyada — 66, Kubada — deyarli 67 yoshni tashkil qiladigan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Eronda — 69, Meksika va Sloveniyada — 70, Finlandiyada – 72 yoshga teng.
Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?
Shveysariya, Fransiya, Yaponiya, va Singapur aholisida barcha qarilik kasalliklari kechroq — 76 yoshda paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, so‘nggi 27 yilda dunyoda odamlar yoshga bog‘liq kasalliklardan kamroq aziyat chekmoqda va ular bilan bog‘liq bo‘lgan o‘lim darajasi ham kamaygan.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Xitoyliklar nimaga tayoqchalar bilan ovqatlanishadi?
- Aysberglar haqida eng qiziqarli 23 fakt
- Kuchuklar haqida eng keng tarqalgan 7 afsona
- Hasharotlar hayotidan qiziqarli va ajabtovur 25 fakt
- Quyosh umuman botmasligi mumkin bo‘lgan 5 joy
- Kattalarning yordamisiz mustaqil millionerga aylangan bolalar
- Yigitlar va Qizlar haqida eng qiziqarli 50 fakt
- Kompyuter sichqonchasi haqida eng qiziqarli malumotlar
- Poliz tabibi tarvuz haqida sara qiziqarli ma'lumotlar
- Google korporatsiyasi haqida eng qiziqarli 11 fakt