Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?

Islomiy adabiyotlarda sahih manbalarga ko‘ra barakaning nimalarda ekani quyidagicha bayon etilgan:

Rizqdagi baraka nimalardan iborat

Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?

  1. “Bismilloh” bilan yeyilgan taomda baraka bo‘ladi.
  2. Taomni birgalikda yeyishda baraka bor.
  3. Taomdan oldin va keyin qo‘llarni yuvish uydagi barakani orttiradi.
  4. Saharda va saharlik taomida baraka bor.
  5. Asalda baraka va shifo bor.
  6. Qaynoq ovqatda baraka bo‘lmaydi.
  7. Rizqiga rozi bo‘lganning barakasi ortadi, rozi bo‘lmaganning barakasi kamayadi.
  8. Sirkada, sutda, xurmoda baraka bor.
  9. Oldi-sotdida ko‘p qasam ichish molning barakasini ketkizadi.
  10. Birinchi bolasining qiz bo‘lishligi xotinning barakotidandir.
  11. Tijoratda baraka bordir, unga yolg‘on, xiyonat aralashsa, baraka ketadi.
  12. Bolasiz uy barakasizdir.
  13. Duo umrning barakasini ko‘paytiradi.
  14. Uyning yaxshiligi va barakoti ko‘payishi uchun uyga kirganingda uy odamlariga salom bering.
  15. Qur’on o‘qiladigan uyning barakasi ortadi, Qur’on o‘qilmaydigan uy bebaraka bo‘ladi.
  16. Uyidan vaqtli chiqqanning ishida baraka bo‘ladi.
  17. Musofir mingta baraka va mingta rahmat bilan keladi.
  18. Ota-onasiga xizmat qilganlarning umri barakali, ularga qarshi borganlarniki barakasiz bo‘ladi.
  19. Yo‘lchilikka chiqib, birodari bilan vidolashgach, ularning duosi bilan barakaga erishadi.
  20. Bomdod namozining sunnatini uyda o‘qish, rizqning barakotiga sabab bo‘ladi.
  21. Muhammad ismli uy va joyda baraka bo‘ladi.
  22. Namoz o‘qiydigan kishining rizqi barakali bo‘ladi.
  23. Uyda chiqindilarning bo‘lishligi barakasizlikka sabab bo‘ladi.
  24. Fosiq va sudxo‘rlarning daromadida baraka bo‘lmaydi.
  25. Bir jamoada biri gapirib turganda qolganlari tinch turmasa, u joy barakasiz bo‘ladi.
  26. Va’dali oldi-sotdida, qarzni berishda va arpa aralashtirilgan nonda baraka bor.

Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati

Ulug‘bek Sultonovning «Rizq haqida risola» kitobidan.

5/5 - (8 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
  2. Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
  3. Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
  4. Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
  5. Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi
  6. Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar
  7. Suvda cho‘kib ketmaslik uchun kerakli maslahatlar
  8. Uyqudan oldin iste’mol qilish tavsiya etilgan 4 mahsulot
  9. Qo‘lingizdan keladigan foydali 20 ish
  10. Muzqaymoqni qanday foydali va zararli xususiyatlari mavjud?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *