Bedana tuxumining tarkibi hamda foydasi va zararlari

Bedana tuxumi – bu uncha katta bo‘lmagan qush tuxumi. An’anaviy dumaloq shaklga ega, rang-barang dog‘lari bor. Tuxum og‘irligi 18 gramm keladi.

Bedana tuxumi tarkibi foydasi va zarari
Bedana tuxumi tarkibi hamda foydasi va zarari

Bedana tuxumi tarixi

Bedana asosan Yevropa, Afrika va g‘arbiy Osiyoda ko‘p uchraydi. O‘zbekistonning asosan, mamlakat sharqida, tekisliklar va tog‘lar bor joylarda ko‘p uchraydi. Qishda ular Afrika va janubi-g‘arbiy Osiyoga uchib ketishadi.

Bedana tuxumidagi shakllarni yegiptlar iyerogliflar, “b” va “u” harflari o‘rnida qo‘llashgan. Rossiyada bedanalarni sayroqi qush sifatida ovlashgan. Bedana tuxumi vitamin va mikroelementlarga boy bo‘lgani uchun ovqat tayyorlashda ham ko‘p ishlatiladi.

Nima uchun tongda limonli iliq suv ichish kerak?

Bedana tuxumi foydasi

Bedana tuxumi tarkibida organizm o‘sishi va muskullarning mustahkam bo‘lishini ta’minlaydigan ko‘p miqdorda oziq moddalar bor. Bundan tashqari bedana tuxumi aminokislotalarga, vitamin A, B, PP, kalsiy, magniy, temir, fosfor va boshqalarga juda boy bo’ladi.

Bedana tuxumi foydasi
Bedana tuxumi foydasi

Bundan tashqari bedana tuxumi tarkibidagi foydali elementlar, odam miyasi faoliyatini yaxshi ishlashini ta’minlaydi, xotirani mustahkamlaydi, organizmni infeksiyalardan himoya qiladi.

Bedana tuxumi allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi. Shuning uchun uni bemalol bolalar ovqatiga qo‘shsa bo‘ladi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga bir kunda 2 dona bedana tuxumi yetadi.

10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 3 dona bersa bo‘ladi, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar 4 donagacha bedana tuxumi yeyishlari mumkin.

Energetik qiymati:
100 gr mahsulotda 168 kKal
Oqsil: 11,9 gram
Yog‘: 13,1 gram
Uglevodlar: 0,6 gram

Yuzlardagi husnbuzarlardan halos bo‘ling

Bedana tuxumini iste’mol qilish zararli emasmi?

Bedana tuxumida bakteriyalar bo‘lmaydi, chunki bedana tanasi harorati bakteriyalarni o‘ldiradigan xususiyatga ega. Bedana tuxumini iste’mol qilishdan oldin issiq suvda yaxshilab yuvish kerak.

Tabobatda ishlatilishi

Bedana tuxumi tovuq tuxumidan farq qilib, tarkibida oqsil, yog‘, vitamin va minerallar ko‘p bo‘ladi. Xolesterin miqdori tovuq tuxuminikidan kam emas, lekin undagi xolesterin zararsiz bo‘ladi, tomir devorlariga tiqilib qolmaydi.

Tabobatda ishlatilishi
Tabobatda ishlatilishi

Lekin avvaldan qon bosimi baland bo‘lgan odamlar bedana tuxumini ko‘p yemaganlari ma’qul.

Aslida xolesterin ham inson organizmi uchun zarur, chunki jinsiy gormon – testosteron ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Agar odamda aterosklerozga moyillik bo‘lsa, bedana tuxumini ko‘p yemagani ma’qul. Tuxum oqida oqsil ko‘p bo‘ladi, odam organizmiga 95% singadi. Sarig‘ida D va A vitamini bo‘ladi.

Bedana tuxumi immun tizimini mustahkamlaydi. Asab tizimi faoliyatini yaxshilaydi, xotirani mustahkamlaydi. Ayniqsa imtihon topshirish paytida ko‘p narsani eslash kerak bo‘lgan paytda bedana tuxumi yeyish tavsiya qilinadi.

Bo‘gimlar uchun shifoli besh mahsulot

Qanday qilib bedana tuxumini to’g’ri tanlash va saqlash mumkin?

Bedana tuxumi sotib olishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak. Birinchi navbatda tuxum qobig‘iga e‘tibor bering, yoriqlar bo‘lmasligi kerak. Agar tuxumlar vazni yengil tuyulsa, aynigan va yaroqsiz bo‘ladi.

Asosiysi sotuvda qanday saqlanayotganiga e’tibor bering. Supermarketlarda mahsulot muzlatkichda turgan bo‘lishi kerak. Agar bozordan sotib olmoqchi bo‘lsangiz, tuxumlar quyoshda turmaganligiga e’tibor bering.

Uyda saqlash shartlari: Bedana tuxumini sovutkichni yuqori qavatida saqlang. Yaroqlilik muddati, o‘rtacha 60 kun, xona haroratida yaroqlilik muddati 30 kunga qisqaradi.

Kulinariyada ishlatilishi

Bedana tuxumini qaynatib, qovurib va salatlarga bezak sifatida ishlatish mumkin. Yana quymoq xamiriga va boshqa pishiriqlarda ishlatiladi.

Bedana tuxumi ajoyib ta’mga ega, shuning uchun go‘shtli va sabzavotli salatlarga qo‘shiladi.

Bedana tuxumi solib pishirilgan pyure-sho‘rva

Bedana tuxumi solib pishirilgan sho‘rva
Bedana tuxumi solib pishirilgan pyure-sho‘rva

Bunday sho‘rva yoz mavsumiga juda mos keladi xamda tayyorlash juda oson. Sovuq va issiq holda iste’mol qilish mumkin. Bu sho‘rvani go‘shtli garnir va salatlar bilan tortish mumkin.

  • 400 gr kartoshka,
  • 150 gr shovul yaprog’i,
  • 100 ml qaymoq,
  • 2 bog‘ ko‘k piyoz,
  • 2 osh qoshiq zaytun yog‘i,
  • 12-16 dona bedana tuxumi.

Ko‘k piyozni to‘g‘raysiz va yog‘da qovurasiz. Tozalab, to‘g‘ralgan kartoshkani ustiga 1 litr suv solib, 20 daqiqa qaynatasiz. Qaynatilgan kartoshkani blenderda maydalaysiz, ustiga qaymoq va shovul yaprog‘ini solasiz.

Hammasini blenderda bir hil massaga keltirasiz, tuz, murch solasiz. Bedana tuxumini qaynatib, tozalaysiz, ikkiga bo‘lasiz va sho‘rvaga qo‘shasiz.

Yurak xastaligiga nimalar sabab bo‘ladi

Brinzali va bedana tuxumli salat

Bu yengil hazm bo‘ladigan va to‘yimli salat kechki ovqatga juda mos keladi, vitamin va mikroelementlarga boy.

Bedana tuxumli salat
Brinzali va bedana tuxumli salat
  • 20 dona bedana tuxumi,
  • 1 dona yangi uzilgan mini baget,
  • 50 gr brinza,
  • 1 dona apelsin,
  • 2 hovuch salat bargi,
  • 2 tish sarimsoqpiyoz,
  • 2 choyqoshiq gorchitsa,
  • 6 oshqoshiq zaytun yog’I,
  • 2 choyqoshiq makkajo‘hori yog‘i.

Brinzani 10 daqiqaga sovutkichga qo‘yasiz. Keyin tuxumlarni qaynatasiz, tozalab, teng ikkiga bo‘lib chiqasiz. Bagetni bo‘laklarga bo‘lasiz va zaytun yog‘ida qovurasiz, sarimsoqpiyozni ham qo‘shib qovurasiz.

Olma va baliqni foydali hususiyatlari

Qovurilgan mahsulotlarni tuxumlar ustiga solasiz, salat bargi va bo‘laklangan apelsinni ham qo‘shasiz. Salatni ustiga makkajo‘xori yog‘i va gorchitsa solib aralashtirasiz va brinzani qo‘shasiz.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *