Baxtli va Sog‘lom inson fe’l-atvorining 25 tarkibi

Yashashdan maqsad – baxtli bo‘lish! Dunyoda millionlab insonlar mehnatlari evaziga baxtiyor yashayotgan bir paytda, siz ham bunga munosibsiz.

Ularning ba’zi farqli jihatlarigina yaxshi yashashlari uchun xizmat qiladi. Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar hayoti o‘rganilganida ularda quyidagi jihatlar aniqlangan.

Baxtli va sog‘lom insonlar fe’l-atvorining tarkiblari

Inson o‘zini-o‘zi sevishi xudbinlikmi?

Baxtli, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar:

  1. Boshqalarning fikrlari ularning yo‘lingi to‘sib qo‘yishiga izn bermaydilar;
  2. Har kuni ertalab faqatgina kimlarnidir ko‘nglini chog‘ qilish uchun uyg‘onmaydilar. Ular o‘zlari uchun ham yashashni biladilar;
  3. O‘z olamlaridan tashqariga chiqib, boshqalarning fikrini ham inobatga olishga odatlanganlar;
  4. Boshqalarga yomonlik tilamaydilar va ravo ko‘rmaydilar;
  5. Boshqalarda ko‘rgan yaxshi xislatlarni o‘zlarida ham shakllantirishga harakat qiladilar;
  6. Kundalik duch keladigan mashaqqatlarni yuksalish uchun imkon deb qabul qiladilar;
  7. Baxtiyor, sog‘lom va muvaffaqiyatli insonlar ko‘p tomonga intiladilar;
  8. Xatolarni hayot saboqlari deb qabul qiladilar;
  9. Kamroq vahimaga tushib, chuqur idrok qila olishlari uchun chuqur-chuqur nafas oladilar;
  10. E’tiqodlarini mustahkamlab, ma’nan yuksalib, orzu va ishonch o‘rtasida ko‘prik quradilar;
  11. Ular hayotda hamma narsaga ega bo‘lish imkonsizligini tan oladilar;
  12. Uzoqni ko‘ra oladilar va ko‘rganlariga erishmagunlarigacha tinib-tinchimaydilar;
  13. Odamlarga tillari va dillari mushtarak ekanini ko‘rsata oladilar;
  14. Tavakkal qilish yangi marralarga erishish uchun mukofot ekanini biladilar;
  15. Ba’zida vaqtni yolg‘iz o‘tkazish foydali ekanini unutmaydilar;
  16. O‘zlari imkonsiz bo‘lgan vaziyatda “yo‘q” deyishga uyalmaydilar;
  17. Insoniy fazilatlaridan ishda yuksalish va oilani farovon tutishda foydalanadilar;
  18. Kezi kelganida, ya’ni haq bo‘lganlarida oqimga qarshi suzishdan cho‘chimaydilar;
  19. Boshlagan ishlarini tugatmagunlariga qadar to‘xtamaydilar;
  20. O‘zlarini yaxshi ishlarga hech bir manfaat-muddaosiz bag‘ishlaydilar;
  21. O‘zlarini boshqalar bilan taqqoslamaydilar;
  22. Boshqalarning muvaffaqiyat qozonishlariga yordam beradilar;
  23. O‘zlarida borini ko‘rsatishni emas, boshqalardagi muhim jihatni ilg‘ashga harakat qilib, hukmronlikka da’vo qilmaydilar;
  24. Nolish, zorlanishni odat qilmaydilar;
  25. Maqsad uchun intilayotganlarida tez-tez o‘zlarining g‘oliblik daqiqalarini tasavvur qilib, ruhlanadilar.

Xiyonatni oshkor etib qo‘yuvchi ba’zi 20 belgilar

Doimo muvaffaqiyatli bo‘lish sizga nasib qilsin!

5/5 - (8 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Inson o‘zini-o‘zi sevishi xudbinlikmi?
  2. Xiyonatni oshkor etib qo‘yuvchi ba’zi 20 belgilar
  3. Kishi o‘zini rivojlantirishiga doir kitoblarning asosiy g‘oyalari
  4. Stressdan tezda qutulish uchun 20 aniq tavsiyalar
  5. Qish faslida kayfiyatni qanday ko‘tarsa bo'ladi?
  6. Yosh tadbirkorlar uchun kerakli 5 oddiy maslahat
  7. Vaziyatni to’g’ri baholashga yordamlashuvchi 15 dono fikr
  8. Baxtli bo’lish uchun baxtning eng muhim 9 siri
  9. Yangi ishga kirgan inson uchun kerakli 5 maslahat
  10. Inson zararli odatlarida uning xarakteri oydinlashadi

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *