Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan ko‘katlarning 7 turi

Oshko‘klar inson organizmining vitamin zaxirasini to‘ldiradi, immun tizimi, me’da, jigar va buyrakka yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.

Go‘sht, baliq mahsulotlari solib tayyorlangan ovqatlarni, yangi uzilgan ko‘katlar bilan iste’mol qilish koni foyda. Ularning noyob tarkibi ham shundan dalolat beradi.

Sog‘liq uchun foydali bo‘lgan 7 turdagi ko‘katlar

Ko‘k piyoz ham A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, K, RR, xolin, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, natriy, selen, rux va fosforni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu esa virusli va infeksion kasalliklardan samarali himoya sanaladi.

Ismaloq — ozuqaviy moddalarga boyligi bo‘yicha oshko‘klar ichida birinchi o‘rinda turadi. Tarkibida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, H, PP, K vitaminlari, temir, kalsiy, magniy, natriy, fosfor, aminokislotalar va efir moyi mavjud. Ismaloq organizmni tiqinlardan tozalaydi. Ichak hamda qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi.

Petrushka A, V1, V2, V5, V6, V9, S, E, H, K, RR vitaminlari, xolin, temir, kalsiy, kaliy, magniy, mis, natriy va fosforga boy manba. Qon bosimini me’yorga keltiradi, gastrit, jigar kasalliklarini davolaydi, milklarni mustahkamlaydi.

Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi

Yalpiz mikro va makroelementlarga boy

Yalpiz A, S vitaminlari guruhi hamda V9 vitamini, temir, kaliy, kalsiy, magniy, marganets, mis, natriy, rux, fosfor kabi mikro va makroelementlarga boy. U bo‘g‘im kasalliklarda, bosh og‘riganida yaxshi davo sanaladi. Shuningdek, tinchlantiruvchi vosita hamdir.

Selderey organizmni toksinlardan tozalaydi, ortiqcha vazndan xalos etadi. Chunki uning tarkibida A, V1, V2, V6, V9, S, Ye, K vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, natriy va fosfor mavjud.

Shivit o‘zida A, V1, V2, V5, V6, V9, S, Ye, RR vitaminlari, temir, kaliy, kalsiy, magniy, mis, marganets, natriy, rux va fosforni mujassamlashtirgan. Ovqat hazm qilish jarayonini, qon aylanishini yaxshilashda, organizmdagi shlak va safroni haydashda ishtirok etadi.

Kitob o‘qish asabiylik va uyqusizlikni yengishi haqida bilasizmi?

Rayhonning tarkibidan ham barcha vitaminlarni topasiz

Rayhonning tarkibidan ham barcha vitaminlar va makro va mikroelementlarni topasiz. Bu ko‘katdan yo‘talni, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarini davolash, jigarni tozalashda foydalaniladi.

O‘zimizda yetishtiriladigan oshko‘klardan qo‘ymasin 🙂 koni foyda…

Mobil telefonlarning salomatlikka salbiy ta’siri haqida bilasizmi?

5/5 - (10 голосов)

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Magnit bo‘ronidan qanday himoyalanish kerak?
  2. Chekishni tashlash uchun juda muhim 25 sabab
  3. Ro‘za tutish qanchalik foydali ekanligini bilasizmi?
  4. Rizqdagi baraka nimalardan iboratligini bilasizmi?
  5. Xonada o‘tirib ishlash qaysi kasalliklar xavfini orttiradi?
  6. Turk ayollarining foydali bo‘lgan 10 odati
  7. Terlashga qarshi vositalarni qaysi turini ishlatgan ma’qul?
  8. Kamharakatlik insonlarda erta xotira susayishiga sabab bo‘ladi
  9. Kitob o‘qish asabiylik va uyqusizlikni yengishi haqida bilasizmi?
  10. Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *