Asab tizimi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar
Tibbiyot xodimlari bu borada ro‘yxatning avvaliga ko‘katlarni qo‘yadi. «Ko‘katlarda ko‘p miqdorda kaliy mavjud. Bu asab to‘qimalari sog‘lig‘ini saqlash uchun foydali», deyishadi ular.
Anor — Bu meva ham asab hujayralarini himoya qiluvchi kuchli antioksidant hisoblanadi.
Banan — Ko‘katlardan keyin aynan banan asablarni sog‘lom saqlash va ruhiy tushkunlik vaqtida tinchlanish uchun zarur bo‘lgan V guruhi darmondorlariga boy, deyishadi tibbiyotchilar. Banan asab impulslari to‘g‘ri uzatilishi uchun «javobgar». Bu eng mashhur antidepressant mahsulot bo‘lib, surunkali charchoq va lanjlikda qo‘l keladi.
Ko‘p ishlashmi yoki Aqliy ishlash, qay biri ustun?
Banan tarkibida «baxt gormoni» — serotonin, shuningdek, «uyqu gormoni» — melotonin ajratadigan moddalar bor. Ular kayfiyatni ko‘taradi, uyqu sifatini yaxshilaydi, depressiyaning oldini oladi.
Bodom — V2, Ye darmondorilari hamda rux, magniy moddalariga boy. Bu moddalar serotonin ishlab chiqarishda ishtirok etadi. Avvalgi ma’lumotlarimizda serotonin moddasi insonga baxtiyorlik hissini berishi haqida o‘qigan bo‘lsangiz kerak.
Shuningdek, u kishida vahima tuyg‘usini bartaraf etishi, uyquni me’yorga solib, ovqat hazm bo‘lishiga yordam berishi bilan ham foydali. 30 gramm bodom iste’moli asabning bir kunlik oziqlanishi uchun yetarli ekan.
Ko‘k choy — Choy antioksidantlar va flavonoidlari ruhiy zo‘riqishga qarshi ta’sirga ega. Bundan tashqari, choy ichish jarayonining o‘zi ham xotirjamlik tuyg‘usini beradi — buni meditatsiyaning bir turi deyish mumkin.
Suvda cho‘kib ketmaslik uchun kerakli maslahatlar
Avakado — Bu meva tarkibida sog‘lom yog‘lar va mikroelementlar, shu jumladan xolin (qon tomirlarini tozalovchi va asab tizimini qo‘llab-quvvatlovchi) mavjud.
Zig‘ir — Uning urug‘lari shikastlangan asab hujayralarini himoya qiladi va ularning tiklanishiga yordam beradi.
Sitrus mevalar — Ulardagi C darmondorisi asab tizimi faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Dilora Xoliqova tayyorladi.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Suvda cho‘kib ketmaslik uchun kerakli maslahatlar
- Uyqudan oldin iste’mol qilish tavsiya etilgan 4 mahsulot
- Qo‘lingizdan keladigan foydali 20 ish
- Muzqaymoqni qanday foydali va zararli xususiyatlari mavjud?
- Har doim "ish beradigan" hayotning 16 oltin qoidasi
- Pul va Boylik haqida eng dono masallar
- Insult xavfidan qanday qilib oldindan ogoh bo‘lish mumkin?
- Yozda nimalarni yeyish tavsiya etilmaydi?
- Qalbaki atirni original atirdan qanday farqlasa bo‘ladi?
- SPF kremni yuzga qancha miqdorda qanday surtish kerak?