Oziq-ovqat mahsulotlarini qanday sifatli saqlash kerak?

Oziq-ovqatlarni saqlash masalasi barcha uy bekalari uchun dolzarbdir. Quyida qaysi mahsulotlarni ko‘pincha noto‘g‘ri saqlashimiz haqida bilib olasiz.

Oziq ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash

Muzlatgichdagi non — Non boshqa qandolatlar kabi issiq joylarda saqlanadi. Agarda nonni keyinroq iste’mol qilmoqchi bo‘lsangiz, uni bo‘laklarga bo‘lishdan oldin muzlatgichga qo‘ying. Shunda non qotib qolmaydi va mog‘orlamaydi.

Yetarlicha qaynatilmagan taom — Ovqatni qizdirganda, uni qaynatish kerak shunda zararli bakteriyalar nobud bo‘ladi. Bundan tashqari, oziq-ovqat bu tarzda kamroq buziladi: masalan, bulyon va sho‘rvalar rangi o‘zgarmaydi, qovurilgan ovqatlar esa xolesterin to‘plamaydi.

Gazli ichimlikdan ham xavfli bo‘lgan 5 ichimlik

Muzlatgich eshigidagi tuxum va sut — Parranda tuxumi harorat o‘zgarishiga toqat qilmaydi. Doimiy ravishda ochilib-yopiluvchi eshik tufayli, tuxum tarkibi yomonlashadi. Tuxumni sabzavot bo‘linmasida yoki muzlatgichning markaziy tokchasida qoldirgan ma’qul.

Sut ham xuddi tuxum kabi o‘zgaruvchan iqlimga chidamsiz. Eshikda u tezroq yomonlashadi va foydaliligini yo‘qotadi. Sutni sovutgichning ichkarisiga qo‘ygan afzal, ammo muzlab ham qolmasligi kerak. Eshikka sariyog‘, suyuq ziravorlar va souslarni qo‘yish kerak.

Parranda tuxumi harorat o‘zgarishiga toqat qilmaydi

Sabzavot va mevalarni bitta bo‘linmada saqlash — Birinchi qutiga etilenni (pishgan meva va sabzavotlardan paydo bo‘ladigan gaz) tezroq chiqaradigan mahsulotlarni qo‘ying. Masalan, pomidor, nok va olxo‘ri. Boshqa qutida bu gazni kamroq chiqaradiganlar: bodring, sabzi, kartoshka, salat va olma.

Ovqatni isitish — Taomni qayta isitmoqchi bo‘lsangiz, buni o‘z idishida emas, balki boshqa idishda bajaring. Bu patogen bakteriyalarning tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi. Pishirilgan ovqat solingan qozon va tovalarni muzlatgichning yuqori tokchasida saqlang.

Xo‘jalik sovunidan foydalanishning siz bilmagan 10 usuli

Ko‘katlarni qayerga joylaymiz — Agar ko‘katlarni muzlatgichga qo‘yishdan oldin yaxshilab quritmasangiz, ular tez fursatda yorqin guldastalardan “latta”ga aylanadi. Ularni qog‘oz sochiqlarga o‘rang va yaxshilab quriting. Bu ko‘katni yangidek saqlaydi.

Ko'katlarni yaxshilab quritib muzlatgichga solamiz

Muzlatgichdagi go‘sht — Xona haroratidagi qiyma go‘shtni darhol pishirish yoki muzlatib qo‘ygan ma’qul. Issiqlik bilan ishlov berilmasa yoki muzlatilmasa, bakteriyalar go‘shtda tezda ko‘payadi. Maslahatlar diyetologiya sohasidagi olimlarning tadqiqotlariga asoslangan. Shuning uchun mahsulotlardan uzoqroq foydalanish uchun ularni to‘g‘ri sharoitlarda saqlang!

Mevalarni yuvish — Yaqin soatlarda iste’mol qilishni xohlamasangiz, rezavorlar yuvilmasligi kerak. Agar bu mahsulotlar muzlatgichda ho‘l holatda qoldirilsa, tezda bo‘tqaga aylanadi, ularni faqat muzlatish mumkin.

Kiyimdagi har qanday yog‘ dog‘larini tozalash usullari

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *