Barmoqni kesib olganda qonni qanday to‘xtatish kerak?

Qo‘llar salbiy tashqi ta’sirlarga ko‘proq moyil bo‘ladi: har qanday sovuq-issiq suv, to‘satdan kesib olish va hokazo. Biroq hamma ham qonni kesib olgandan keyin qanday qilib to‘g‘ri yo‘l bilan to‘xtatishni bilmaydi.

Barmoqni kesib olganda qonni to'xtatish usullari

Barmoq kesib olinganda qonni qanday to‘xtatish kerak?

Buning barchasi kesilish darajasi va chuqurligiga bog‘liq.

  • Agar jarohat kichik bo‘lsa, unda oqayotgan qonni quyidagicha to‘xtatishingiz mumkin: yara taxminan 3 daqiqa davomida paxtali tampon yoki toza mato bilan mahkamlanadi. Bolalar uchun eng yaxshi vosita — zubturum bargi mos keladi.
  • Qon to‘xtagandan so‘ng, yaraga “zelyonka”, yod yoki vodorod periks surtish kerak. So‘ngra uni yopishqoq tasma bilan yoping. Qo‘lda boshqa dezinfeksiyalash vositalari bo‘lmasa, yarani sovun bilan ham yuvib yuboring.

Yuz terisi uchun zararli bo‘lgan 5 mahsulot

Barmoqdagi jarohat chuqur bo‘lsa, qon ketishini qanday to‘xtatish kerak?

Chuqur jarohatlardagi qonni to'xtatish
  • Avvalo, qo‘lingizni vertikal ravishda ushlab turishing, shunda kesish yurak darajasidan yuqori bo‘ladi, qon tezroq to‘xtaydi.
  • Shuningdek, kesilgan joyga bandaj yoki ro‘molchani mahkam bosish va qon to‘xtaguncha kutish kerak.
  • Kesib olganda yoki qon kamayganda, iloji bo‘lsa, jarohatni mahkam bog‘lang.
  • Qon ketish 15 daqiqadan keyin ham davom etaversa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiling.

Ushbu usullar uy sharoitida qon ketishini qanday to‘xtatishni tasvirlaydi. Aslida, shifokor ham xuddi shunday usullarni qo‘llaydi, faqat dezinfeksiyalash uchun u maxsus tibbiy formulalardan foydalanishi mumkin.

Chuqur kesilganda, ayniqsa, shisha buyumlar bilan kesib olganda shifokor jarohatni tekshiradi va shisha qoldiqlarini olib tashlaydi. Ko‘pincha kesilgan joyda begona narsa qolganda qon ketishi to‘xtamaydi.

Poyabzal hidlansa qanday yo‘l tutish kerak?

Qanday qilib qon ketishini tezda to‘xtatish, davolash va parvarish qilish lozim?

Jarohatni davolash va parvarish qilish

Kesib olingan barmoqdagi qon ketishini tezda qanday to‘xtatish kerakligini bilishning o‘zi yetarli emas.

  • Yaraning tez shifo topishi uchun uni to‘g‘ri parvarish qilish muhimdir. Buning uchun sayoz jarohatlardagi qonning yopishqoq qoldiqlari ertasi kuni tozalanadi, shunda yara “nafas oladi”. Shu tariqa yara tez tuzaladi.
  • Har qanday muolajadan so‘ng ishni bajarishda barmoq yana mahkamlab qo‘ying.
  • Agar yara yallig‘langan bo‘lsa, u yod, “zelyonka” yoki vodorod periks bilan davolanadi.

Soch to‘kilishi va sinishi oldini oluvchi 10 maslahat

Kesish chuqur bo‘lganda, tozalash muolajasi har kuni amalga oshirilishi kerak, yarani antiseptik eritmalar bilan yuvishni unutmang. Barmoqni bir muddat tashqi ta’sirdan ehtiyot qiling.

Nazariy jihatdan ko‘pchilik barmoqdan qonni qanday to‘xtatishni biladi, lekin kesib olganda barcha ko‘nikma esdan chiqadi, qonni ko‘rib qo‘rqib ketadi.

Bu holatda diqqatni jamlash, qon ketishini tez va to‘g‘ri to‘xtatish, yarani dezinfeksiyalash, uni yopishqoq tasma bilan yopish yoki bint bilan o‘rash muhimdir. Har bir bosqich to‘g‘ri bajarilganda, kesish odatda 3-10 kun ichida tuzaladi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *