Tarvuzni shirin va mazalisini qanday tanlash kerak?
Chertib ko‘ring: Urib ko‘rsangiz, pishgan tarvuzdan jarangdor ovoz chiqadi.

Tarvuz po‘stlog‘i: Tarvuz tanlayotganingizda uning po‘stlog‘i qattiq, rangi tiniq, yarqiroq va silliq bo‘lishiga ahamiyat bering. Yaxshi pishgan, shirin tarvuzning po‘stini osongina tirnoq bilan tirnash mumkin.
Quruq band: Tarvuzning «dumcha»si, ya’ni bandi quruqshab turgan bo‘lsa, bu uning pishganini bildiradi.
Kalsiy inson organizmi uchun yetishmasligini 6 belgisi?
Sariq dog‘: Tarvuzning yerda turgan qismidagi dog‘i sarg‘ish yoki to‘q sariq rangda bo‘lishi kerak. Imkon qadar sariq dog‘i juda katta bo‘lgan tarvuzni tanlamang.
Vazn: Katta ko‘ringani bilan yengil tuyilgan tarvuzni tanlash kerak. Bu uning sersuv ekanidan darak beradi.
Tarvuzni siqib ko‘rish: Pishgan tarvuzni ikki kaft orasida siqib ko‘rish mumkin, agar siqishning imkoni bo‘lmasa, demak xom.











Tarvuzning po‘stlog‘i va dumchasiga e’tibor berish kerakligini bilmasdim. Endi bu maslahatlar bilan oilamga faqat mazali tarvuz olib boraman.