Arazchi bolani qanday tarbiyalash kerak?

Araz qanday paydo bo‘ladi? Mutaxassislarning fikricha, bolalar uch yoshgacha o‘zlari uchun muammoli vaziyatlardan tez chiqishadi, to‘g‘rirog‘i, tez unutib yuborishadi. Biroq ular katta bo‘la boshlagach, jamiyat (bog‘cha, ijodiy studiyalar, maktabga tayyorlaydigan muassasalar, sport komplekslari)ga qo‘shiladi.

Endi bola tashqaridan o‘ziga diqqat, e’tibor talab qila boshlaydi. Agar u yetarli darajada bo‘lmasa yoki bolaga umuman ahamiyat berilmasa, araz, gina paydo bo‘lishi mumkin. Ota-ona boladagi ichki norozilik aynan qaysi vaziyatda tug‘ilganini ko‘p hollarda anglay olmay qoladi. U bora-bora yig‘ilib, haqiqatan katta muammoga aylanadi.

Arazchi bolani tarbiyalash usuli

Bog‘cha yoshidagi bolalar o‘rtasidagi ziddiyatlarning eng odatiylari — o‘yinchoq, turli o‘yinlar, bir-birining jig‘iga tegish, laqab qo‘yar. Shunday paytlarda hamisha kattalar tomonidan g‘amxo‘rlik tuygan bolakaylar ruhiyatida shok holati yuzaga keladi.

Bu ayniqsa, kattalarning aralashuvi bilan o‘sha bolani tengquriga nisbatan kamsitishsa, maqtov so‘zlari aytilmasa yaqqolroq seziladi. Ba’zi bolalar o‘z noroziligini ochiq-oydin bildiradi, uni xafa qilganlar kechirim so‘rashlarini kutadi. Atrofdagilarning tavba-tazarru qilmasligi arazni yanada chuqurlashtiradi.

Baxtli bola tarbiyalashning muhim sirlari

Ayrim hollarda bolaning arazlashi, xafa bo‘lishiga o‘zgalarning g‘alamisligi sabab bo‘ladi. Masalan, bola bog‘chaga kelib, birinchi kundan o‘z tashabbusi bilan tengdoshlariga qo‘shilib o‘ynamoqchi bo‘ldi. Biroq bolalar uni begona ko‘rib, chiqishtirishmadi.

Bolaning noroziligini esa na tarbiyachi, na ota-ona e’tiborga oldi. Ana shu kabi hollarda bolaning yetarli baholanmaganlik hissi arazga olib kelishi mumkin.

Endi vaziyatni sal boshqacharoq misol bilan tahlil qilib ko‘ramiz. Bola bog‘chaga kelib, o‘ynab o‘tirgan tengdoshlarini ko‘radi. Ularga qo‘shilib o‘ynashga harakat qilmay turib, unga shunchaki e’tibor berishmagani uchun arazlab, xarxashani boshlaydi.

Vaziyat yaxshilab tahlil qilinib qaralsa, bola besabab xafa bo‘layapti va bunda o‘zgalarni ayblayapti. Bu yerda biz o‘rganmoqchi bo‘lgan muammoning ildizi yotadi. U ham bo‘lsa o‘z-o‘zini baholashdir.

Arazchi bolaning eng xarakterli belgilaridan biri

Arazchi bolaning xarakteri

Arazchi kichkintoylarning eng xarakterli belgilaridan biri — boshqa bolalarning muvaffaqiyatini ko‘ra olmaslik. Bunday farzandning oldida birov maqtalishini, eng yomoni, kim bilandir solishtirganda uning torozi pallasi bosmasligini katta iztirob bilan qabul qiladi.

Bunday bolalar doimiy maqtov, ijobiy baholanishga muhtoj bo‘lishadi. Basharti bu uning ko‘nglidagidek yuz bermas ekan, o‘z-o‘zi bilan bo‘lib, kechinmalari ichida o‘ralashib qoladi, faqat kim yaxshiyu kim yomonligi haqida o‘ylaydi, hamma vaziyatlarda o‘zini haq deb biladi. Bunday haddan ortiq araz asosida bolaning o‘ziga nisbatan ishonchi kamligi yotadi.

Bolani ziyrak qilib tarbiyalash uchun muhim tavsiyalar

Arazchi bolaning gap ko‘tara olmasligi

Bolaning gap ko‘tara olmasligi

Ko‘pgina ota-onalar arazchi bolaning gap ko‘tara olmasligi, ko‘ngli nozikligini hisobga olib, uni ko‘proq maqtashga, tengdoshlaridan ustunligini isbotlashga harakat qilishadi. Biroq bu bilan muammo to‘liq hal bo‘la qolmaydi.

Har qanday baho bolaning diqqatini fe’lidagi u yoki bu xislatga qaratishga, o‘zini hamisha boshqalar bilan taqqoslashiga sabab bo‘lishi mumkin. Oqibatda farzand atrofidagi bolalarni o‘ziga nisbatan raqobatdosh sifatida qabul qiladi.

Demak, arazchilikni yengishda ota-onaning farzandini noreal baholamasligi va o‘zgalar bilan taqqoslamasligi eng birinchi shart hisoblanadi. Bu gapirishga oson, ammo maqtov va tanbeh berib turish tarbiyaning odatiy usuliga aylanib bo‘lgani sababli ham amal qilish nihoyatda qiyin.

Afsuski, ko‘pgina ota-onalar o‘z mehrini bolani maqtash bilan ifodalashga harakat qilishadi. Bu bolakayni hamisha o‘z qadrini bildirib qo‘yuvchi, afzalligini ko‘rsatuvchi tadbirlarni yuk sifatida qabul qilishiga olib keladi.

Arazchi bolalarning ota-onalari uchun eng muhim qoidalar

Arazchi bolalarning ota onalari

Bolaga taqiq qo‘yilganda uning ruhiyatida nimalar kechadi?

Farzandingiz bilan hamkorlik o‘rnating. Yuragidagi tug‘yonlarni bildirishiga rag‘batlantiring.

  • Bola bilan dildan gaplashing. Arazining sababini ifodalashiga ko‘maklashing, yuz, ko‘ziga diqqat bilan razm soling. Xohishlarini og‘zaki ifodalashiga yordam bering.
  • Farzandingizdagi ta’sirchanlikni so‘ndirishga harakat qilmang. Kerak vaqti o‘z hissiyotlarini tashqariga chiqarishga imkon yarating. So‘ng o‘tirib, bafurja gaplashing.
  • Bolani sabr bilan eshitishga o‘rganing. Maslahat, tanbeh berishga shoshmang. Avval quloq soling. Ba’zan «seni tushunaman. Menda ham shunday bo‘lib turadi», deyishning o‘zi ham kifoya qiladi.
  • Avval vaziyatni to‘liq tushunib oling, so‘ng tushuntiring. Bolaga ola-bo‘ji aslida yo‘qligini ming tushuntirmang, baribir ulardan qo‘rqsa, bu barcha harakatlaringiz zoe ketdi, degani. Avval farzandingizning ishonchini qozoning, so‘ng mantiqiy va’zni boshlash mumkin.
  • Shunday tarbiya usullarini olib borsangiz, farzandingiz yaqin orada arazchilikni tashlab, optimist va xushmuomala bo‘lib qolganini sezasiz.

Maqola amaliyotchi ruhshunos Valentina KIM bilan hamkorlikda tayyorlandi.

  1. Dostonbek:

    Xaqiqatdan to’g’ri maslahatlar berilgan, men o’zim kutgandan ortiqiroq malumotlarga ega bo’ldim, Hudo hoxlasa. Zo’r rahmat barchangizga o’zimga kerak malumotlarni va bilimlarni ortig’i bilan oldim, omad sizlarni ishlaringizga.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *