Bolalarni tarbiyalash uchun mashhur psixologdan tavsiyalar

Yuliya Borisovna Gippenreyter — mashhur psixolog, qobiliyatli pedagog, professor, bola tarbiyasi bo‘yicha ko‘plab kitob va qo‘llanmalar muallifidir.

U yuqori malakali mutaxassis bo‘lishdan tashqari, so‘z ustasi hamdir. Shu sababdan uning bolalar psixologiyasiga oid murakkab mavzulardagi yo‘l-yo‘riqlari va maslahatlarini tushunish oson, ular barcha uchun tushunarli va sodda tilda bayon etilgan.

Muallifning so‘zlari biz ota-onalarni hammasi o‘z-o‘zidan iziga tushib ketishini kutmasdan, o‘zaro munosabatlar ustida ishlashga undaydi. Quyida keltirilgan tavsiya va yo‘l-yo‘riqlar chuqur ma’noga ega bo‘lib, ularni yaxshilab mushohada qilish talab etiladi.

Bolani tarbiyalash uchun psixologdan tavsiyalar

1 — «Quloqsiz», «muammoli», «o‘ziga ishonmaydigan» va «baxtsiz» bolalar — doim noto‘g‘ri shakllangan oilaviy munosabatlarning natijasidir.

2 — Bolani hech bir shartsiz qabul qilish — bu uni chiroyli, aqlli, qobiliyatli, a’lochi, yordamchi bo‘lganligi uchun emas, shunchaki borligi uchun yaxshi ko‘rishni anglatadi!

3 — Bolani qancha ko‘p urushsak, u shuncha yomonlashib boraveradi. Ota-onaning vazifasi bolada shartli reflekslarni ishlab chiqishdan iborat emas.

Yaxshi ota-ona bo’lish uchun nima qilish kerak?

4 — Itoatsizlik — bu bola o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishga qarshi qo‘yishi mumkin bo‘lgan yagona yo‘l.

5 — Ota-ona qanchalik tez-tez bolaga zarda qilib, uni tanqid qilib, jerkib tursa, u shuncha tez «Meni yaxshi ko‘rishmaydi» degan xulosaga keladi.

6 — Bola yordam so‘ramagan paytda uning ishlariga aralashmang. Uning ishlariga aralashmaslik orqali unga «Hammasi joyida! Sen albatta uddalaysan!» degan undov berasiz. Farzandingiz murakkab vaziyatlarga duch kelgan hollar bundan istisno, albatta.

7 — Tartib-intizom yaxshi aloqalar o‘rnatilishidan avval emas, faqat ulardan so‘ng va ular asosida shakllanadi.

Farzand tarbiyalashda muhim tavsiyalar

8 — Bolaning shaxsiyati va qobiliyati faqat uning o‘zi qiziqqan va istagan mashg‘ulot bilan shug‘ullanganda rivojlanadi.

9 — O‘smirlikdagi moda ketidan ergashish xuddi suvchechak kabidir — aksariyat bolalar uni o‘ziga yuqtirib, yengil yoki og‘irroq boshdan kechiradi, bir necha yildan so‘ng esa ortiga o‘girilib, o‘zining kulgusi qistaydi.

Farzandga kitob o’qib berishning eng asosiy 15 foydasi

10 — O‘z noroziligingizni bolaning alohida harakatlari yuzasidan bildirishingiz mumkin. Bolaning harakatlarini muhokama qilish mumkin, uning his-tuyg‘ularini emas. Bola harakatlaridan ko‘ngil to‘lmaslik muntazam bo‘lmasligi kerak, aks holda bu uni qabul qilmaslikka aylanadi.

11 — Farzandingizga o‘z harakatlari yoki harakatsizligining salbiy oqibatlari bilan yuzma-yuz kelishiga imkon bering. Shundagina u ulg‘aya boshlaydi va o‘z harakatlarini idrok eta boshlaydi.

12 — Qattiqqo‘l ona boladan hissiy uzoqlashgan hisoblanadi, har holda bola shunday his qiladi.

13 — O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini tarbiya qilish — bu bola tarbiyasi uchun da’vogar ota-ona va o‘qituvchining birinchi burchidir.

14 — Bolaning nomaqbul xatti-harakati hayotning normal bo‘lmagan shart-sharoitiga javoban normal reaksiyasidir.

Bolaning o'zligini saqlab qolishiga imkon bering

15 — Bolaning o‘zligini saqlab qolishiga imkon bering. Unga doim nimalarnidir qilishga majburlab, nasihat qilib, siz aytgan vazifalarni nima bo‘lishidan qati’ nazar bajarishga undamang.

Bola tarbiyalashda qanday xatolar qilmoqdamiz?

Farzandingiz xafa bo‘lgan, ranjigan, omadsizlikka uchragan yoki nimadandir uyalgan yoki qo‘rqqan holatlarda, yo unga nisbatan qo‘pol yoki nohaq munosabatda bo‘lishganda va hattoki u juda charchaganda ham birinchi qilishingiz lozim bo‘lgan ish — bu uning holati yoki kechinmalaridan xabardor ekanligingizni unga bildirishdir!

  1. Mehrangiz:

    Raxmat sizlarga, mazza qilib o’qidim, ancha narsani o’rgandim.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *