Bola tarbiyalashda qanday xatolar qilmoqdamiz?
Farzand tarbiyasi ota-ona uchun eng muhim vazifa hisoblanadi. Bola tarbiyasiga oid masalalar ming yillar oldin ota-bobolarimiz tomonidan xavotir ila donishmand so’zlar, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan rivoyatlar orqali aytilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, negadir ushbu so’zlar o’z ta’sirini yo’qotib bormoqda.
Sababi, ota-onalar o’z turmush tashvishlarini deb farzandlarini qiziqishlarini o’rganmasi kuni bilan uyda o’ttirishga mahkum qilishmoqda.
Bola uyda o’ttirgandan so’ng telekanallarda berilayotgan yoshlarga to’g’ri kelmaydigan kino va ko’ngilochar ko’rsatuvlarni ko’rishi natijasida ongida yengil-elpi hayotga qizishi ortib borib, tekinxo’rlik xislatlari ortib bormoqda.
Hozir ta’til bo’lganligi sababli bolalar bekorchilikdan internet klublarida vaqtini o’tkazishmoqda. Buning uchun ota-onalar ham sharoit yaratib bermoqda. Ular uchun bolasining uyda o’ttirib unga turli savollar berishidan ko’ra internet klublariga yurishi qulaydek.
Bolalar xulqining buzilishiga sabab bo’luvchi omillar
Aslida internet klublaridagi o’yinlar bolalarning vaxshiylikka chorlab, kelajakda qalbini qotishiga, hayotda kimdandir qasos olib yashashga undasa! ikkinchidan, internet klubidagi muhit yoshi katta yigitlarni pivo va sigareta chekib, turli so’kinishliy so’zlar bilan bir-birlarini chaqirishlari bola ongiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ushbu gaplarimga Meni zamonamizning zerikarli insoni deb atashingiz mumkin! ammo uylab ko’ring, ota-ona farzandiga eng zarur vaqtlarda o’z tashvishlari bilan ovora bo’lib, bola tarbiyasiga beparvo bo’lishi o’z ildiziga bolta urish emasmi.
“Bir donishmand oldiga ota-ona kelib, farzandining tarbiyasi bilan qanday shug’ullanish zarurligi haqida so’rashganida, donishmand bola tug’ilganiga necha kun bo’ldi deb so’ragan, shunda ota-ona 7 kun bo’ldi deb javob berishganida, donishmand 7 kunga kechga qolibsiz deb javob bergan!” bu haqidagi rivoyat barchamizga yod bo’lib ketgan bo’lsa kerak.
Afsuski ota-onalar uchun bolaning tarbisidan ko’ra, do’stlari bilan gap o’ynashni, tog’da dam olishni, choyxonada mayshatbozlik qilishni birinchi masala qilib olishgan.
Ota-ona farzandiga doim aytishi kerak bo’lgan 16 jumla
Hurmatli, ota-onalar ertaga farzandingiz turli oqimlarga arlashib qolsa, o’g’rlik, foxishalik, firibgarlik kabi illatlarni tanasiga singdirib olsa, shunda devorlarga boshingizni urishingizdan nima naf.
Menimcha o’zini hurmat qiladigan ota-ona u qanday sharoitda yashashidan qat’iy nazar, farzandi kelajagi uchun harakat qiladi va uning bo’sh vaqtini qanday ishlar bilan band bo’lishini nazorat qiladi.
Ayrim ota-onalarni gaplarini eshitib xafsalang pir bo’lib ketadi. Nega bizni farzandlardan xam Xasanboy Do’smatovdek, Shahram G’iyosovdek sportchilar chiqmaydi deyishadi.
Ey inson! oldin farzanding uchun yetarlicha zamin yarat, unga shart-sharoit qilib ber! Keyin nega degan savolni o’rtaga tashlasang yarashadi.
Sen bolang uchun yoshligidan qayg’urmas ekansan, uning kelajagi uchun beparvo bo’lar ekansan, keksaygan chog’ingda nega dangasa bu bolalar degan tana dashnomni o’zinga ber!
Bugungi kunda o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish uchun davlatimiz tomonidan maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Bolani tarbiyalash maqsadida jismoniy jazo qo’llash mumkinmi?
Masalan, “Barkamol avlod” bolalar maktablarida turli robototexnika va mexatronika, tasviriy san’at to’garaklari, Bolalar musiqa va san’at maktablarida fortepiano, xaykaltaroshlik to’garaklari, Bolalar-o’smiralar sport maktablarida futbol, suzish va boshqa 150 dan ortiq nomdagi to’garaklarga qatnashishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
Imkoniyat mavjud, sharoitlar yetarli nega Sen dangasalik qilib farzanding uchun 2-3 soat vaqtingni ajratmaysan. Shuni bilib qo’yinglar hurmatli ota-onalar keksaygan chog’ingizda rohat va farog’atda yashashni xohlaysizmi, unda bugundan farzandingiz kelajagi uchun harakatni boshlang!