Bola nega odatdagidan ko‘ra kech gapira boshlaydi?

Nutq rivojlanishining kechikishi jiddiy va juda keng tarqalgan muammodir. Nutqni yaxshilash uchun bola bilan suhbatlashish kerak. Na televizor, na audiohikoyalar yaqinlarining o‘rnini bosa olmaydi.

Bola nega kech gapiradi

Beshikdaligidayoq bolaga alla aytish lozim; 5-6 oydan keyin turli o‘yinlar o‘ynang; 6-8 oydan so‘ng farzandingizga she’r va ertaklar o‘qib bering, kitoblardagi rasmlarni ko‘rsating — shunga o‘xshash mashg‘ulotlarni kundan kunga rivojlantirib boring.

Реклама

Bola hali juda yosh, hech narsani tushunmayotganga o‘xshaydi. Lekin aslida bularning barchasi bola miyasining rivojlanishiga va yangi asab tolalarining paydo bo‘lishiga yordam beradi.

Mashhur insonlardan farzand tarbiyasiga doir o‘gitlar

Quyidagi hollardagina nutq rivojlanishining kechikishidan tashvishlanish mumkin:

Реклама

Farzandingiz «standartlar»ga javob bermasa (yiliga 8-10 so‘z, 1,5 yoshda 30 so‘z va hk), tashvishlanmang. Nutq har kimda turlicha rivojlanadi. Bir yoshgacha barcha bolalar nutq o‘zlashtirishning bir necha bosqichlaridan o‘tadi.

Bolani tili nega kech chiqadi
  • Bola bir yil ichida ota-onasining murojaatiga javob bermaydi (mehrli murojaatga javoban tabassum qilmaydi;
  • Oldiga kelishni («oldimga kel») va hokazolarni e’tiborsiz qoldiradi. Hech kim boladan, ayniqsa, bu yoshda mukammal nutqni kutmaydi, ammo har qanday nutqqa reaksiyaning yetishmasligi kattalarni tashvishlantirishi kerak.
  • 1,5-2 yoshli bola ota-onalar tomonidan nomlangan obyektni (olma, stol, yozuv mashinkasi va boshqalar) ko‘rsata olmasa;
  • 1,5-2 yoshli bolada imo-ishora (barmog‘i bilan kerakli narsa)ni ko‘rsatmasa;
  • 2 yoshida ham bitta so‘z aytmasa;
  • 2,5-3 yoshida oddiy jumlalarni yasay olmasa (suv ichaman, olma bering, sayr qilaylik).

Bolalarda xotirani kuchaytirish va rivojlantrish usullari

Agar yuqoridagi muammolarga duch kelsangiz, mutaxassislarga murojaat qilish kerak: bolani pediatr, nevropatolog, lor-shifokor (ba’zan nutq rivojlanishining sustlashishi eshitish bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga keladi), defektolog, neyropsixolog ko‘rigidan o‘tkazish lozim. Tekshiruv oddiy tibbiyot muassasalarida ham, ixtisoslashgan markazlarda ham olib boriladi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Bolalarda xotirani kuchaytirish va rivojlantrish usullari
  2. Mashhur insonlardan farzand tarbiyasiga doir o‘gitlar
  3. Farzand tarbiyalashda ota-onalarning asosiy xatolari
  4. Odamovi bolani qanday qilib tarbiyalash kerak?
  5. Bola ongini oshirishda sinalgan 5 oddiy usul
  6. Bolaga «yo‘q» deyishni o‘rganishning 5 usuli
  7. Farzand tarbiyalashda qattiqqo‘l bo‘lish kerakmi?
  8. Chaqaloqni uyqudan oldin to‘g‘ri kiyintirish haqida tavsiyalar
  9. O‘quv yili boshidagi qiyinchiliklarni qanday yengish mumkin?
  10. Maktabga ryukzakni qanday tanlash kerak?

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *