Baxtli bola tarbiyalashning muhim sirlari

Yaponiyalik Masaru Ibuka – ko‘p qirrali va juda iste’dodli inson. Sony kompaniyasi asoschilaridan bo‘lgan jiddiy biznesmen bolalar psixologiyasi va pedogogikani chuqur o‘rgangan va o‘zining «Uch yoshdan keyin kech bo‘ladi» deb nomlangan bolalarni erta rivojlantirish borasidagi g‘aroyib qo‘llanmasini yaratdi.

Baxtli bola tarbiyalash sirlari

U bolani rivojlantirishdan maqsad uni vunderkind qilib tarbiyalash emasligini doimiy tarzda qayd etgan. «Erta rivojlantirishning asosiy maqsadi – bu baxtli bolalarni tarbiyalashdir. Bolaga yaxshi musiqa tinglash, xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyati uni tilshunos yoki musiqachi etib tarbiyalash maqsadida berilmaydi. Asosiysi – bola hayotidagi xursandchiliklar yanada ko‘proq bo‘lishi uchun uning cheksiz imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat», – deb yozadi u.

Quyida Masaru Ibukaning «Uch yoshdan keyin kech bo‘ladi» asaridagi asosiy maslahatlarni keltirib o‘tamiz. O‘z vaqtida ular novatorlik g‘oyalari edi, hozirgi kunda esa mehribon va suyukli ota-otanalar uchun normal xulq-atvor normalariga aylanib boryapti.

Farzandni qanday ziyrak qilib tarbiyalash mumkin?

  1. Bola kichik yoshidanoq insoniyatning eng yaxshi yutuqlari ichida bo‘lsin. Mumtoz musiqa tinglang, san’at asarlarini ko‘rsating, badiiy adabiyot o‘qib bering.
  2. Bolani tez-tez qo‘lingizda ko‘taring. Bunday muloqot bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
  3. Chaqaloq bilan chuchuk tilda gaplashmang. Bola bilan tug‘ilgan paytidan boshlab kattalar tilida gaplashing.
  4. Bola bilan har kuni shug‘ullaning. Hatto bir kunlik mashq ham hayratlanarli natijalarga olib keladi.
  5. Bolaning oldida urishmang. Farzandingiz salbiy holatlarni ta’sirchanlik bilan his etadi.
  6. Farzandingizga sizning joyingizda birga uxlashga ruxsat bering. Birgalikda uxlash bolaga rivojlantirish ta’sirini o‘tkazadi.
  7. Bolani boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga ruhlantiring. Bu bola aqli, raqobatbardoshlilik, birinchi bo‘lish xissini oshiradi.
  8. Farzandingizga o‘z manfaatlarini ilgari surish va hatto urishishni ham man etmang. Bahslar muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  9. Bolani cheklamang. Bola qo‘llari bilan amalga oshiradigan barcha mashg‘ulotlar uning aqliy qobiliyati va ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
  10. Bolani ehtiyotkorlik bilan maqtang va jazolang. Ayniqsa o‘g‘il bolalarni ishlari uchun maqtash kerak, juda kam jazolang.
  11. O‘zingizning «yaxshi» va «yomon»ingizni bolaga singdirmang. Bolaga o‘z hayot tajribasini sizning yordamingizda olishiga qo‘yib bering, vaqt o‘tishi bilan u hamma narsani o‘zi farqlay oladigan bo‘ladi.
  12. Bolada biror narsaga qiziqish uyg‘oting. Buning uchun barcha sharoitlarni yaratib bering.
  13. O‘tilganlarni takrorlang. Bu bola miyasida to‘g‘ri chizmalarni shakllantiradi.
  14. Bolaga nafaqat ona, ota ham kerak. Ota va farzand o‘rtasidagi muloqotda hech qanday cheklovlar bo‘lmasligi darkor.
  15. Bolalar hayoloti (fantaziya) sini ahmoqona deb hisoblamang. Orzu va hayol qilish qobiliyati bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradi.
  16. Bolaga o‘zingizning shaxsiy buyumingiz sifatida qaramang. Bunday emas. Bundan tashqari, bu bolaning o‘z kuchiga ishonmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
  17. Bolada qo‘l orqali his qilish qobiliyatini rivojlantiring. Bolaga turli materiallar – yumshoq va qattiq, og‘ir va yengil, tekis va g‘adir-budir predmetlarni bering.
  18. Bolaga u so‘ragan barcha o‘yinchoqlarini sotib olib bermang. O‘yinchoqlarning ko‘pligi diqqatni oladi, buning oqibatida ilm olish murakkablashadi.
  19. Bolaga detallardan iborat o‘yinchoqlarni taqdim eting. Bola o‘yinchoqni o‘zi yig‘a olganida quvonchga to‘ladi. Tayyor o‘yinchoqlar davrida bu juda noyob.
  20. Bolaning kichik motorikasini – yasash, applikasiyalar, shakllarni kesish va yig‘ish orqali rivojlantiring. Ma’lumki, «bolaning aqli – uning barmoqlarining uchida».
  21. Bola bilan piyoda sayr qiling. Piyoda yurish juda foydali, axir yurish vaqtida tananing 639 ta mushaklaridan 400 tasi harakatda bo‘ladi.
  22. Bola biror narsa bilan shug‘ullanishni boshlaganida natijaga katta ahamiyat ko‘rsatmang. Axir uning uchun natija emas, jarayon muhim hisoblanadi. Unga qanchalik qiziq bo‘lsa, shuncha mehnat qilishiga qo‘yib bering.
  23. Bola irodasiga qarshi chiqmang. Uning irodasiga qarshi ish qilishga majburlash orqali uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini sindirasiz.
  24. Bolada nostandart fikrlash ko‘nikmasini shakllantiring. Standartlar standart odam qilib tarbiyalaydi.
  25. Bolalarni tarbiyalashdan oldin ularning ota-onalari, ya’ni o‘zimizni tarbiyalashimiz lozim.

Bolaga taqiq qo‘yilganda uning ruhiyatida nimalar kechadi?

Maqolamizni Masaru Ibukaning a’lo darajali iqtibosi bilan yakunlamoqchimiz: «Farzand uchun eng yaxshi tarbiya – bu onaning mehridir. Ota-onalarning eng asosiy mashg‘uloti – farzandlarni tarbiyalash. Agar ular bunga rozi bo‘lmasalar, unda nima uchun farzandli bo‘lishdi?»

  1. A'zam:

    Judayam ajoyib malumotlar, katta raxmat, ishlaringa muvaffaqqiyat yor bo’lsin.

  2. Durdona:

    Ajoyib, o’z hayotimizda va farzandlar tarbiyasida albatta sinab ko’rishimiz kerak.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *