Milliarderlardan muvaffaqiyatsizlik va qo‘rquvni yengish sirlari

Omadsizlik aksar kishilar uchun dahshatdek tuyuladi. U hayotning turli jabhalariga ta’sir ko‘rsatishi iqtisodiy, ijtimoiy va turli oqibatlari bo‘lishi bor gap lekin, har qanday vaziyatda ham ichki qo‘rquvni yengish va yiqilgan joydan qayta turib olg‘a harakat qilishni bilish kerak.

Hamma havas bilan qaraydigan, ammo ular ham boshqalardek qachondir boshlagan va nima bo‘lishidan qat’i nazar davom etgan muvaffaqiyatli kishilarning siri ham shunda.

Ilon Mask — Bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin

Muvaffaqiyatsizlik va qo'rquvni yengishda milliarderlardan tavsiyalar

Kishilar imkonsiz deb o‘ylagan ishni uddasidan chiqqan, orzular va izlanishni umumlashtirish samara berishining isboti bo‘lgan Ilon Mask biron ishni boshlashda yomon natija bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab, qo‘rquv bilan yuzma-yuz kelish kerak degan fikrda.

Agar siz mumkin oqibatlar haqida bosh qotirsangiz, kamroq qo‘rqa boshlaysiz. Space X parvozidan avval men ham muvaffaqiyatga erishish darajasi 10 foizdan kam deb o‘ylaganman.

Maqsadlar tezda amalga oshmasligining asosiy 10 sababi

Men shunchaki hamma narsani yo‘qotishim mumkinligiga rozi bo‘lganman. Lekin ma’lum natijaga erishishimiz mumkinligiga ishonganman. Nima bo‘lgan taqdirda ham bundan ham yomoni bo‘lishi mumkinligiga nafaqat Mask, balki Apple’dagi ilk biznes podkast asoschisi, investor va biznesmen Tim Ferris ham ishonadi. U tasavvurda omadsizlikka duch kelish kishini qo‘rquvdan xalos etishi mumkin, degan fikrda.

Sara Bleykli — Har narsaning ijobiy tomonini ko‘rish

Sara Bleykli har narsaning ijobiy tomoni ko'ra bilish zarur

Spanx brendi asoschisi Sara Bleykli, har qanday yomonlikning ham yaxshi tarafini ko‘rishni tavsiya qiladi. “Nimadir o‘xshamaganida yoki kutganimdek bo‘lmaganida otam menga har doim, ushbu vaziyatning yaxshi tomoni nimada ekanligi va undan o‘zim uchun nima olganimni yozishni maslahat bergan”. Shundan keyin hamma narsada men rad qilishni istamagan g‘aroyib xazina borligini tushunishni boshlaganman.

Maqsadni to’g’ri qo’yish hamda unga erishish usullari

Omadsizlikka duch kelgan vaqtingizda, qo‘lingizga qog‘oz va qalam olib mazkur tajriba natijasidan olishingiz mumkin bo‘lgan barcha ijobiy narsalarni yozib chiqing. Miyani omadsizlikni kichik bir muammo va kelajakdagi katta yutuqlarga erishish uchun bir qadamdek, qabul qilishga o‘rgatish kerak.

Richard Brenson — Har qanday vaziyatdan nimanidir o‘rganish

Richard Brenson har qanday vaziyatdan nimanidir o'rganish kerak

“Havo sharidagi parvozimiz davomida menda yerga tirik qaytamizmi, degan sanoqsiz darajada ko‘p savol tug‘ilgan”, — degan Brenson.

Virgin Group asoschisining tavsiyasi Masknikidan farq qiladi, chunki uchar shar haqida gap ketganda Ilonning fikrlaridan kelib chiqilsa, eng yomon ssenariy o‘lim bilan yakun topadi. Buni o‘ylash esa kishini tinchlantirmaydi, aksincha, yanada asabiylashishiga sabab bo‘ladi. Buning o‘rniga Brenson o‘rganish va izlanishga diqqat qaratishni tavsiya qiladi.

Baxtli yashash siri hamda aniq tavsiya va maslahatlar

Biznesmen xavotir va vahimaga tushgan vaqtda aftidan salbiy tuyulgan tajribadan nima o‘rganish mumkin, degan fikrda. U omadsizlik yoki muvaffaqiyatsizlikdan yuzaga kelgan qisqa noqulaylik jarayoni yoki vaqtida uzoq muddat as qotishi mumkin bo‘lgan xulosa chiqarishga e’tibor qaratishni tavsiya qiladi. Bu kishiga kuch bag‘ishlaydi.

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *