Maqsadni to’g’ri qo’yish hamda unga erishish usullari

Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri ifodalay olmaymiz. Bu esa orzularning orzuligicha qolib ketishiga olib keladi. Maqsadlarga erishish siri nimada?

Maqsad qo’yish va unga erishish usullari

Katta maqsadlarni qismlarga ajrating

Har qanday katta maqsad uni qismlarga ajratguningizga qadar chiqish qiyin bo‘lgan tog‘dek ko‘rinadi. Masalan, chet eldan ko‘chmas mulk xarid qilish bir qarashda amalga oshirish imkonsiz istakdek ko‘rinadi. Biroq maqsadni bosqichlarga bo‘lib, unga tomon muntazam qadamlar bilan harakat qilinsa, unga erishish osonlashadi.

Dastlab oyiga muayyan mablag‘ni ishlab topish maqsadini qo‘yish mumkin. So‘ngra mazkur mablag‘ning o‘n foizi, keyinroq 20 foizini chetga olib qo‘yishni rejalashtirish mumkin. Ertami-kechmi siz zarur mablag‘ni to‘plashga erishasiz.

Baxtli yashash siri hamda aniq tavsiya va maslahatlar

Inkor shaklidan foydalanmang

Maqsadingiz doim ijobiy quvvat ulashishi lozim

Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va shakllantirish uchun u ijobiy quvvat ulashishi lozim. Shuning uchun nimani istamasligingiz emas, nimalarni xohlayotganligingizni aniqlab oling. To‘g‘ri maqsad — “Boy bo‘lish”, “Xushbichim qomatga ega bo‘lish”. Noto‘g‘ri maqsad — “Kambag‘al bo‘lmaslik”, “Ortiqcha vazndan qutulish”.

Faqat o‘z imkoniyatlaringizga tayaning

Oldingizga biror maqsad qo‘yishdan avval uni amalga oshirish bo‘yicha barcha javobgarlik o‘z zimmangizda ekanligini esdan chiqarmang. Muvaffaqiyatsizlikda boshqa kishini ayblamaslik uchun boshqalarning yordamisiz erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ying.

Tushkunlikdan qutulishga yordam beruvchi samarali 15 usul

Maqsadlarni to‘g‘ri shakllantiring

Maqsadlaringizni to'g'ri shakllantiring

Maqsadlarni xuddi g‘oyalar kabi qog‘ozga (yon daftar, kundalik) yozib qo‘yish kerak. Batafsil yozib chiqilgan maqsadning amalga oshish ehtimoli ko‘proqdir. Agar maqsadlaringizni qog‘ozga yozmasdan ham xotirangizda saqlashga ishonsangiz, ularga erishishga ham katta umid qilmang. Ularni orzular safiga kiritib qo‘yishingiz mumkin.

  1. Murodbek:

    Maqsadni to’g’ri qo’yishga doir bo’lgan ushbu maqoladan men ancha narsa o’rgandim, kelajakda bularni hayotda sinab ko’raman.

  2. Аноним:

    Bu maqola menga umuman yoqmadi, undagi berilgan maslahatlar esa umuman bo’lmaydi. Kim qanaqa fikrda yozib qoldiringlar iltimos.

  3. Furqat:

    Fikirlar yaxshi chiqqan menga maqul, ko’proq bularni yanayam boyitish kerak, yaxlitlikni yaratish kerak.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *