Biznesda yo‘l qo‘yib bo‘lmas 7 ta xarakter va xususiyat

Har qanday ishda bo‘lgani kabi biznesdaham xarakter nuqtai nazaridan yo‘l qo‘yib bo‘lmas xato va kamchiliklar mavjud. Ana shu yetti turdagi kamchiliklar bilan batafsil tanishib chiqamiz.

1. Mas’uliyatsizlik

Реклама

Mas’uliyatsiz odam xavfli, boshqarilmaydigan, ruhiy kasal yoki aqlan nosog‘lom odamga o‘xshaydi. Unga ishonish ahmoqlikdir, tushuntirish bu devor bilan gaplashish kabi samarasiz. Bunday turdagilar biznesdagi eng xavfli shaxslar hisoblanishadi.

2. Beparvolik

Biznesdagi xarakter va xatolar

Topshirilgan vazifadan shunchaki tezroq qutulish maqsadida unga istaksiz yondashilsa, u ish hech qachon sifatli va chiroyli bo‘lmaydi. Demakki, bu hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Beparvolik bu ishga va hamkasblarga bo‘lgan hurmatsizlik belgisidir.

Реклама

Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur 10 ta sir

3. Ishning o‘z vaqtida va puxta bajarilmasligi

O‘z vaqtini to‘g‘ri taqsimlay olish qobiliyatining yo‘qligi o‘sha shaxsning umumiy ish holati haqida ma’lumot beradi. Buning natijasida hamma azob chekadi. Mas’uliyatdan qochish, muddatlardan kechikish ishning umuman bajarilmayotgani bilan tenglashtiriladi. Konferensiya yoki majlislarga doimiy kechikish eng avvalo o‘ziga va hamkasblariga nisbatan hurmatsizlikdir.

4. Zaif fe’llilik

Реклама

Mas’uliyatni olishdan qochish, mustaqil fikr qabul qila olmaslik, hadeb nolish va o‘zini chetga olish har qanday biznesda bunday insonni foydasiz buyumdek qilib qo‘yadi. Bunday shaxslarga umuman ishonib bo‘lmaydi, ular kerakli paytda sharmanda qilib qo‘yishlari mumkin.

5. Ahmoqlik

Biznesdagi beparvolik

Ko‘rinib turgan muammoni ko‘rolmay, unga tegishli yechimni mustaqil qabul qilolmaydigan odam butun jamoani orqaga tortadi. Savodsizlik va mantiqiy fikrning yo‘qligi bu kasallikdir. Kasal insonlar esa muhim ishlarda ishlamasliklari kerak.

Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat

Реклама

6. Talabga javob bera olmaslik

Bunday insonlar voqe’likka hissiyotli yondashuv, yulduzlik kasali, ziddiyat, qo‘pol muomala, o‘zini qo‘lga ololmaslik, odamlarni gapiga uchib yurish, g‘iybatkashlik kabi jirkanch xarakterga ega bo‘lishadi. Bunday odamlar juda xavfli. Ular tartibsizlik va janjalni keltirib chiqarishadi.

7. Yolg‘onchilik

Yolg‘on gapirish, va’da berib uni ado etmaslik, gapirgan gapida turolmaslik oxir-oqibatda barcha muammolarning sababchisi hisoblanadi. O‘z gaplarining qiymati va muhimligini anglamagan har qanday shaxs avvalo o‘z hurmatidan, keyin ishidan ayrilishi turgan gap.

Реклама

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Muvaffaqiyatga yetaklovchi eng zarur 12 odat
  2. Muvaffaqiyatga erishish uchun zarur 10 ta sir
  3. Hech kimga aytmasligingiz kerak bo‘lgan 7 narsa
  4. Ichki qo‘rquvdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
  5. Muvaffaqiyatga erishishda sizga xalaqit beradigan inson o‘zingiz
  6. Sizni maqsadingizga eltuvchi 5 ta oltin qoida
  7. Siz komfort zonani zudlik bilan tark etishingiz kerak
  8. Shaxsiy rivojlanishga doir Yaponcha usul
  9. Maqsadlarga SMART usulida qanday erishish mumkin?
  10. Ishni samarali tashkil etishning sinalgan usuli
  1. Эркин:

    Омад келиши

    • Sadoqat:

      Omad bor narsa, lekin uni kutmaslik kerak, u o’zi keladi o’zi ketadi, biz bajarmoqchi bo’lgan ishlarimiz uchun va oldimizga qo’ygan maqsadlarimiz uchun o’zimiz xarakat qilishimiz kerak.

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *