Yolg’onni oshkor qilishga yordam beruvchi 7 belgi

Ko‘pchilik Jyeyms Bond buyumlari haqida orzu qiladi: soatlar, o‘rnatilgan lazerga ega ko‘zoynaklar. Albatta filmlardagi 007 josusiga aylanishimiz dargumon, biroq ularga xos bo‘lgan usullarni hayotda qo‘llashimiz mumkin. Masalan, yolg‘onni aniqlash uchun.

Yolg'onni oshkor qilivchi belgilar

Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq josusi Jyeyson Xanson (Jason Hanson) o‘zining «O‘zingni maxsus xizmat uslubida himoya qil» kitobida kundalik hayotda josuslikning usullaridan foydalanish mumkinligi haqida yozadi. Masalan, yolg‘onni aniqlashni o‘rganish.

Bu instrumentlar sizga haqiqatni aniqlash, yolg‘onchi, o‘g‘ri va ikkiyuzlamachilarning asl basharasini ochishda yordam beradi.

Yolg‘onchini topishdan oldin ushbu odam sokinlik holatida o‘zini qanday tutishini aniqlashingiz, keyin esa quyida keltirilgan usullardan foydalanishingiz mumkin.

Aniq bo‘lmagan javob

Yolg‘onning birinchi belgisi – savolga to‘g‘ri javob berishdan qochish. Masalan siz: «Ofisdan kompyuterni sen o‘g‘irladingmi?» – deb so‘raysiz va «Tushunmadim, sen mendan qanday qilib shubhalanishing mumkin?» degan javobni eshitasiz.

Yolg‘onchi yana dunyodagi eng toza ko‘ngil inson ekani, universitetda starosta bo‘lgani va uchastka noziri uning do‘stiligini aytadi. Rostgo‘y odam unga ishonishingiz uchun barcha sabablarni sanab o‘tirmaydi. Savolga javob beradi-qo‘yadi.

Haqiqiy do‘stlikni qanday farqlash mumkin?

Oyoqlarni to’xtovsiz qimirlatish

Ko‘pchilik yolg‘onchini yuzidan aniqlab olish eng oson usul deb o‘ylaydi. Biroq odamning oyog‘i ko‘proq ma’lumot berishi mumkin. Sizda ham shunday holatlar yuz bergan bo‘lsa kerak. Bir kishi bilan yonma-yon o‘tirib, unga savol beryapsiz.

Oyoqlarni to'xtovsiz qimirlatib turish

Javob sifatida u oyog‘ini qimirlatishni boshlaydi. Bu uning yolg‘on gapirayotganini anglatish ehtimoli katta. Biroq ba’zi odamlar suhbat vaqtida har doim oyoqlarini qimirlatishi haqida unutmang.

Oyoqlar bizni juda ko‘p hollarda “sotib qo‘yadi”. Poshna qaysi tomonga yo‘naltirilganiga qarab, odam qayerga ketishni istayotganini bilish mumkin. Agar biror kishi siz bilan suhbatlashayotganida oyoqlari eshik tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, ehtimol u uyga ketishni istamoqda.

Bojxona xodimlarini ham oyoqlarni kuzatishga o‘rgatishadi. Agar suhbat davomida oyoqlar bojxona xodimi tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, yashiradigan narsaning o‘zi yo‘q. Oyoqlar chiqish tomonga qarab yo‘nalgan bo‘lsa, bojxona xodimi ish toza emasligidan shubhalanishi mumkin.

O‘ta samimiy nigoh

Ko‘pchilik agar odam ko‘zini polga qadasa, aldayotgan bo‘ladi deb o‘ylashadi. Bunday emas. Odamda pastga qarash uchun o‘nlab sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, uyalish.

To‘g‘ri qarorga kelish malakasini qanday o’zlashtirish mumkin?

Tasavvur qiling: boshlig‘ingizni sizni chaqirib, hisobotlar qayerga yo‘qolgani to‘g‘risida so‘rayapti. Siz ular qayerda ekanini bilmaysiz. Ko‘zingizni yerga qadaysiz. Holatning o‘zi shunaqa, bu siz uchun normal reaksiya. Ayniqsa sizni qo‘l ostingizdagi xodim emas, boshliq so‘roqqa tutayotgani hisobga olinsa.

Yolg‘onchini aksincha o‘ta samimiy nigoh “sotib qo‘yishi” mumkin. Agar odam ko‘zingizga o‘ta samimiy tikilsa, bu uning aldayotganini bildirishi mumkin.

Din yordamida o‘zini oqlashga harakat qilish

Yolg‘on ustida qo‘lga tushgan odam din yordamida o‘zini oqlashga harakat qilishi mumkin. Masalan, agar o‘g‘ri “Qanday qilib buni men o‘g‘irladim degan fikrga keldingiz! Axir men mormonman-ku! Ular qo‘llarini o‘g‘rilik bilan kir qilishmaydi!” desa, ro‘parangizda ikki standartli mormon turgani ehtimoli katta.

Harakatsizlik

Jyeyson o‘z kitobida yolg‘onchilar o‘zini toshbaqa kabi tutib, boshini toshi ostiga kirgizib, harakatlanmasligi haqida ham yozadi.

Giperreaksiya yani kuchli hayajon bilan javob berish

Kuchli hayajon bilan javob berish

Yolg‘onchilarning ko‘pchiligini yolg‘onda ayblanganda kuchli hayajon bilan javob qilishadi. Giperreaksiyaning maqsadi shubhangiz uchun sizda aybdorlik hissini uyg‘otishga majbur qilishdan iborat.

Jahlni oson yengishda 7 xavfsiz va samarali usul

Jinoyat va jazo

Mana bunday voqea yuz bergan. Restoran kassasidan 50 ming rubl o‘g‘irlangan. Kim o‘g‘irlaganini aniqlash uchun xodimlarga anketa berilgan. Unda «Bu odam qanday jazoga loyiq?» degan savol bor edi. Xodimlarning bari “Ishdan bo‘shatish” kabi javoblar yozishgan.

Javoblarning faqat bittasi mana bunday bo‘lgan: «Odamlar ba’zida xato qiladi. Bunday holat boshqa takrorlanmasligi uchun o‘sha odamga qattiq ogohlantirish berish lozim». Odatda aybdor kishilar jazo yengilroq bo‘lishi lozim, deb hisoblaydilar.

Yodingizda bo‘lsin, bu usullarning bari yolg‘onchini aniqlash bo‘yicha yuz foizlik kafolat bermaydi.
«O‘zingni maxsus xizmat usulida himoya qil» kitobi materiallari asosida

5/5 - (1 голос)

UzBaza.uz

Barcha mavzularga doir qiziqarli va foydali maqolalarni o‘z ichiga sig‘dira olgan ma‘lumotlar bazasi.

  1. Аноним:

    Yolg’onni oshkor qilishda yaxshi foyda beradigan usullar ekan.

  2. Sevinch:

    Yolg’on gapni oshkor qilishda qo’l keladigan bu maslahatlar menga juda yoqdi va kelajakda foydasi tegadi degan umiddaman.

  3. Jonibek:

    Yolg’onni oshkor qilmoqchi bo’lganingizda kerak bo’ladigan maqola ekan, qachondir payti kelganda men buni albatta sinab ko’raman.

  4. Muhammadali:

    E-qoyil qolsa arziydi, yaxshi maqola ekan. Bunaqangi malumotlar menga rosa yoqdi o’ziyam.

  5. Bahora:

    Judaham ajoyib ekan bu yerdagi barcha malumotlar!

Fikringizni bildiring

Mavzuga doir fikringizni imkon qadar batafsilroq bayon eting!