Yolg‘onchilik va To‘g‘ri so‘zlik haqida maqollar to‘plami
Rostgo‘ylik, to‘g‘ri so‘zlik va yolg‘onchilik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Yolg‘onchilikdan chetlanib, rostgo‘ylikka yopishgan kishini boshqa odam u yoqda tursin, yolg‘onchining o‘zi ham sevib maqtaydi» (Abu Rayhon Beruniy).

Uyalmay desang, yolg‘on gapirma.
So‘ziga qarasang, to‘q,
Ko‘ziga qarasang, och.
Savdogarda imon yo‘q, orni sotar,
Yolg‘onchida imon yo‘q, jonni sotar.
O‘tirik so‘z o‘rga bormas.
Rost so‘z haqqa qaror topar.
Betga aytganning zahri yo‘q.
Epchillik, uddaburonlik va noshudlik haqida maqollar
Rostni aytgan shon yutar,
Yolg‘on aytgan qon yutar.
Va’da — quruq, bajarilsa — ulug‘.
Rost gapirgan to‘g‘ri,
Yolg‘onchi — o‘g‘ri.
Yolg‘onchi yalab aytar,
Yalamachi — yasab.
To‘g‘ri so‘z ko‘z o‘yar
Yolg‘on yondirar,
Haqiqat qondirar.
Yolg‘onchi — qallop, o‘g‘ri — allop.

Romchining romidan
O‘zingning xomxayoling yaxshi.
G‘iybat yaqinni yot qilar,
Totuvni — araz.
O‘tirikning dumi — bir tutam.
Yolg‘onning umri — qisqa.
Yolg‘onchi lop etar,
Yalamachi qon etar.
Tuhmatning umri — qisqa.
Echkining tavbasi yo‘q.
G‘iybatkashning qozoni qaynamas.
To‘g‘ri so‘zlini to‘ni yirtiq
Til tugsa, tish yecholmas.
Ikki yolg‘on — bir qasam.

O‘zi boshqa, so‘zi boshqa.
Yolg‘on — boshga tayoq,
Oshga — suyak.
Til yomoni — bo‘yinga sirtmoq.
Rostlik — muhabbat elchisi.
Yolg‘onning butunidan
Rostning sinig‘i afzal.
Yolg‘on rostdan yengilar,
To‘g‘ri elda tanilar.
Boshingga qilich kelsa ham,
To‘g‘ri so‘zla.
Yolg‘onchi o‘likni guvoh tortar
Gap kelganda otangni ayama.
Yolg‘onchida or bo‘lmas,
To‘g‘ri so‘zli xor bo‘lmas.

Til bilan tugilgan tugun
Tish bilan yechilmas.
To‘g‘ri so‘z achchiq bo‘lar.
Yolg‘onchining yonidan o‘tma,
Rostgo‘yning yonidan ketma.
To‘g‘ri tilim tiyolmadim,
Tuqqanim bilan turolmadim.
Yolg‘on-yashiq gapirma,
So‘ng uyalib o‘tirma.
Yolg‘onchining rost so‘zi ham yolg‘on.
G‘iybatchining dili kir,
G‘ar-o‘g‘rining tili bir.
Baxt va omadsizlik haqida maqollar
Yolg‘onchini till kalta
Yolg‘onchining guvohi yonida yurar.
To‘g‘ri so‘zga fil cho‘kar.

Rost aytib zarar ko‘rsang,
Oxiri foyda toparsan.
To‘mtoq jumboq aytishma,
Yolg‘on gapga qotishma.
O‘rinli so‘z o‘qdan o‘tkir.
Xashakdan hasham bichma,
Yolg‘ondan qasam ichma.
Yolg‘on uyaltirar,
Rost suyuntirar.
Yolg‘onchi to‘rga bir o‘tar,
Ikkinchi o‘tmas.
So‘zning boshi qattiq bo‘lsa,
Oxiri totlik bo‘lar.
Haq gap haqiqdan qimmat.
To‘g‘ri so‘z tutoqtirar
Chaqimchi bir guvala,
Erga qo‘yib uvala.
Yirtiq uyni yel topar,
Yolg‘on so‘zni chin topar.

Qofiyasi kelganda, otangni ayama.
Rost so‘zni ayt,
Yolg‘on so‘zdan qayt.
Yolg‘on uzoqqa ketsa ham,
Haqiqat quvib yetar.
O‘z so‘zli yigit — kun yuzli yigit.
Yolg‘onchining guvohi — qasam.
To‘g‘ri gap tuqqaningga yoqmas.
Yolg‘onchining shahrida shoh bo‘lguncha,
Rostgo‘yning chorbog‘ida giyoh bo‘l.
Haq gap tosh kesar.
Rostgo‘ylik baxt, yolg‘onchi badbaxt
To‘g‘ri so‘z quloqqa yoqmas.
Yolg‘onchi kishi emas,
Yolg‘on aytmoq eranlar ishi emas.

Yolg‘onchi horimas,
O‘g‘ri qarimas.
Tuhmat tosh yorar,
Tosh yormasa, bosh yorar.
Rost gap aytgan yengilmas.
Yolg‘on aytib foyda ko‘rsang,
Oxiri zarar toparsan.
Chaqimchiga — chorak o‘q,
Qaytib kelsa, u ham yo‘q.
Va’da — oltindan qimmat.
Egri o‘tirsang ham, to‘g‘ri gapir.
To‘g‘ri so‘zning to‘qmog‘i bor.
Rostlik do‘stlik, yolg‘onchilik ko‘rgulik
Yolg‘on gapirib yashagandan
Rost gapirib o‘lgan yaxshi.
Tuhmatchi tuhmatdan o‘lar.

Yolg‘on gapning chuvi chiqar.
Arafa kuni yolg‘on gapirganning
Namoz kuni yuzi qora.
Chiroy, go‘zallik va xunuklik haqida maqollar
Suvni chim to‘xtatar,
Yolg‘onni — chin.
Yolg‘onchi yorilib o‘lar.
Yolg‘on yetmish yil yerda yotsa ham,
Yolini chiqar.
To‘g‘ri so‘zlagan odam tug‘ishganingdan afzal.
G‘iybatsiz so‘z qizimas.
To‘g‘ri so‘zning zahri yo‘q.
Yolg‘on gap yoqadan chiqar
Va’daga vafo — mardning ishi,
Va’dasiz — subutsiz kishi.
Chaqimchining tilidan ilon hazar qilar.

Rost aytdim — dars aytdim.
Ikki qasam — bir o‘lim.
Yov makrini yolg‘on yashirar.
Yolg‘onchiga ishonch yo‘q.
Yolg‘onchiga tong otmas.
Ikki chin so‘z — bir yolg‘onning yelimi,
Ikki yolg‘on — bir yigitning o‘limi.
Tuyaning buvrasi yaxshi,
So‘zning tuvrasi yaxshi.
Ko‘rgan yo‘q bo‘lsa, eshitgan — guvoh.
Tildan chiqqani — dildan chiqqani.
Yolg‘onchi yolchimas, o‘g‘ri boyimas
Chiroyli maqtovdan
Xunuk haqiqat yaxshi.
Chaqimchining afti — choriq.

O‘tirik gap jonga qasd,
O‘tkir pichoq — qinga.
Yolg‘onchiga qo‘shilma,
To‘g‘ri so‘zing yashirma.
Yolg‘on aytgan kishining
Xatari bor ishining.
Rost gapga zavol yo‘q.
Yolg‘on yo farzandga urar,
Yo — davlatga.
To‘g‘ri so‘z toshni yorar,
Egri so‘z — boshni.
Yolg‘onchi chin deyaolmas,
Chin desa ham, el inonmas.
Maddohning va’ziga ishonma,
Folbinning — so‘ziga.
Yolg‘onchi gavharni xor qilar
To‘g‘ri so‘z qilichdan o‘tkir.
Chaqimchining joyi — jahannam.

Chaqimchi — chipor ilon,
Zahri — ilondan yomon.
Ko‘rganni eshitgan yengar.
Tuhmatchiga o‘lik — guvoh.
Yolg‘onga yo yalqov inonar,
Yo — anqov.
Saxiylik va baxillik haqida maqollar
Til kichik bo‘lsa ham dunyoni buzar.
Yolg‘onchidan shon qolmas,
Nomidan nishon qolmas.
Chaqimchi — nishxo‘rd kishi.
Savdogarning yomon moli yo‘q.











Bolalar va qizlar yordamilar kerak. Rostgo’ylik haqida 4ta hikmatli so’z va 6ta maqollar aytib yuboringlar iltimos qilaman.
«Rost gap aytgan yengilmas» degan maqol bormi do’stlar?
Yolg‘onchilik va to‘g‘ri so‘zlik haqida zo’r maqollar bor ekan. Sayt ijodkorlariga omad tilayman.
To’g’ri so’z haqidagi ushbu maqollarni hammasi zo’r ekan gap yo’q.
Kim biladi, 6ta maqol rostgo’ylik haqida, yordam bervoringlar iltimos.
Voy juda zooo’r, yolg‘onchilik hamda to‘g‘ri so‘zlik haqidagi ushbu maqollar.
Bu maqollar judayam zo’r ekan, odamni ilhomlantiradi. RAHMAT!!!
1 — Rost aytdim — dars aytdim.
2 — Rost gapga zavol yo’q.
3 — Rost so’z haqqa qaror topar.
4 — Rostlik-muhabbat elchisi.
Hali eshitmagan maqollar bor ekan.
Bu maqollar juda zoʻr, kattakon rahmat Alloh rozi boʻlsin 🤲
2 tagina maqol bor ekan rostgo‘ylik haqida. Hech bo‘masa 5 tayam yozilmagan ekan.
Juda zoʻr maqollar bor ekan. Barchaga rahmat!!! Sayt ijodkorlariga omad tilab qolaman !!!
Assalomu alayko’m barchangizga. Bu maqollar judayam zoʻr ekan, menga judayam yoqdi, rahmat.
Barchaga salom, Halollik haqida 10 ta maqol yozvorilar, oldindan raxmat.
Maqollarda Juda ham ko’p ma’no bor, odamga ilhom Beradi, rahmat.
Yaxshi maqollar menga yoqdi. Yana shunaqa maqollar bo’lsin.
Rostan ham rostgo’ylik haqida maqollar kam ekan, iloji boricha ko’proq yozib beringlar, oldindan raxmat 👍
Asalomu aleyko’m. Maqolla juda yoqdi. Yana shunaqa maqollarni kutib qolaman sizdan.
Rostgoʻylik haqidagi maqollar juda zoʻr ekan, menga juda yoqdi, rahmat. 👍 🌹
Zor maqollar ekan Raxmat sizlarga manga bu juda yoqadi men buni mazza qilib olib yodlab rohat olyabman😊😊😊😊🥰🥰🥰🥰🤣😍🤣
Bu maqollar juda ham zor ekan men buni mazza qilib qilyabman ham yodlayabman