Or-nomus va Obro‘ haqida maqollar to‘plami

Or-nomus, obro‘ va uyat haqida eng sara maqollar to‘plami. «Millat oriyati shaxsni ulg‘aytiradi. Oriyatli shaxs millatni uyg‘otadi. Uyg‘oq xalq esa dunyoni ulg‘aytiradi».

Or-nomus va obro‘ haqida maqollar

Nomussiz yurmoqdan,
nomusli o‘lmoq yaxshi.

Реклама

Obro‘ isitar,
uyat kuydirar.

Benomusga ne nomus.

Yuz-yuzga tushar,
Uyat — ichga.

Реклама

Ko‘zi yo‘qning yuzi yo‘q.

Mol saqlama, or saqla.

Huzur-huzur, betamizniki — huzur.

Pul ketsa-ketsin, obro‘ ketmasin.

Реклама

Ahillik va hamjihatlik haqida maqollar

Yigitni or o‘ldirar,
Tuyani — sarbon.

Pardali qiz — pariga tengsiz.

Sharmanda, oxir qolar armonda.

Реклама

Shavla ketsa-ketsin,
Obro‘ ketmasin.

G‘ar qarisa, g‘amzasi qolmas,
Ko‘l qarisa — qurbaqasi.

Orsizga olti kun bayram

Orli orlanib turar,
Orsiz yeb to‘yar.

Hayosizlar yig‘ilgan yerda hayolilar toqqa qochar.

Реклама
Orsizga olti kun bayram

Besharmga arpa uni bahona.

Qudaning moli bo‘lguncha, ori bo‘l.

Ori yo‘qning ohori yo‘q.

Kaldan taroq so‘rama.

G‘unajin ko‘z suzmasa,
Buqacha ip uzmas.

Реклама

Shavla ketsa qo‘lingdan,
Ketganiga rozi bo‘l.

Hayosizga har kun hayit.

Xotinsizlik — mehnat,
Xotinbozlik — la’nat.

Er nomusi, el nomusi

G‘ayrati borning imoni bor.

Itning ori kelsa, suyakka ham qaramas.

Реклама
Er nomusi, el nomusi

Hayolisi bola ko‘rsa, onaman der,
Tannozlari o‘z bolasini ukam der.

Yiqilganni yer ko‘tarar.

Chin boylik — imon boyligi.

Xato qilmoq bordir,
Tuzatmaslik ordir.

Orsizga tupursang, yomg‘ir der.

Реклама

Tamizlisi ona bo‘lay deb qayg‘urar,
Oliftasi oq sochini kunda bo‘yar.

Shallaqida gap ko‘p.

Tog‘ boshida qor bo‘lar,
Er kishida or bo‘lar.

Nomus yarim o‘lim

Sharmsizlik — sharmandalik nishoni.

Nojo‘ya ishdan yosh bola ham uyalar.

Реклама
Nomus yarim o‘lim

G‘ar bo‘l, o‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l.

Eshikchining qorni to‘q,
Uyga borsa, yuzi yo‘q.

Odamni nomus o‘ldirar,
Quyonni — qamish.

Barqarorlik va beqarorlik haqida maqollar

Ori bo‘lmagan yigitdan nomusli qiz yaxshi.

Реклама

Molingga suyanma, oringga suyan.

Sha’ni shavqat istasang,
Sharmandalik yo‘ldan qayt.

Benomusga kunda to‘y.

Pastak tog‘da qor bo‘lmas,
Aroqxo‘rda — or.

Nomussiz yurmoqdan nomusli o‘lmoq yaxshi

Obro‘ qolsa o‘zingda,
Xursand bo‘lib, to‘ylar qil.

Реклама

Qatorda nori borning ori bor.

Nomussiz yurmoq yomon

Dashnom yeganim — besh non yeganim.

Qiz bor — naf tekizar,
Qiz bor — gap tekizar.

Yigitning xuni — yuz yilqi,
Or-nomusi — ming yilqi.

O‘g‘ri do‘qi bilan qo‘rqitar,
Yomon ayol — yig‘isi bilan.

Реклама

Er yigitga ikki nomus — bir o‘lim.

G‘arni g‘ar desang, o‘lgisi kelar,
Sog‘ni g‘ar desang, kulgisi kelar.

Orsiz turmushdan orli o‘lim yaxshi.

O‘g‘ri qarisa, so‘fi bo‘lar,
G‘ar qarisa, otin bo‘lar.

Benomusga ne nomus

Er yigitni nomus o‘ldirar.

Реклама

Qizni erkiga qo‘ysang, o‘yinchiga tegar.

Benomusga ne nomus

Yigitning sazasi o‘lgandan
O‘zi o‘lgani yaxshi.

Tuzdagi cho‘ponga, uydagi xotinga o‘zi insof bersin.

Bor borini yeydi,
Uyatsiz — orini.

G‘animat — g‘arniki,
Undan qolsa — karniki.

Реклама

O‘g‘ri kulib yengar,
G‘ar — yig‘lab.

Toydan toy qolsa, qulog‘ini tishlar.

Hayo ketdi — balo yetdi.

Hayosi yo‘qning imoni yo‘q.

Obro‘ isitar, uyat kuydirar

Yigitning xuni — yuz tanga,
Or-nomusi — ming tanga.

Otali yetim — orsiz yetim,
Onali yetim — orli yetim.

Реклама
Obro‘ isitar uyat kuydirar

Pulning ko‘zi yo‘q,
Baxshining — yuzi.

Orli origa qarasa,
Orsiz yengdim der.

Erk va erksizlik haqida maqollar

Mol — jonim sadag‘asi,
Jon — orim sadag‘asi.

Bossang, chuvalchang ham qimirlar.

Ota bilan orsiz talashar.

Реклама

O‘ynashga ishonib, ersiz qolma.

Hayoli hayodan qo‘rqar,
Behayo nedan qo‘rqar.

Behayolar bel bog‘lasa,
Hayolilar uyga kirar.

Uyat o‘limdan qattiq

Hayosizga shahar katta.

Shallaqi ko‘pirsa,
Gap aytmay tupur.

Uyat o‘limdan qattiq

Mol talashma, orga talash.

Реклама

Orsizda aql bo‘lmas,
Aql bo‘lsa ham naql bo‘lmas.

Yaxshi qilar or,
Yomondan hamma bezor.

Bossang, qurbaqa ham «vaq» etar.
Vijdonsiz — imonsiz.

Arava buzilsa o‘tin,
Qiz buzilsa — xotin.

Qizil yuzing qizartirma,
Uzun tiling qisqartir.

Odam ochlikdan o‘lmas, ordan o‘lar.

Joningni fido qilsang qil,
Nomusingni fido qilma.

Реклама

Nomus o‘limdan qattiq

Sharmandaga shahar keng.

G‘ayrat — otda, hayo — ko‘zda.

Nomus o‘limdan qattiq

Yarli bo‘lsang ham, orli bo‘l.

Hazil edi, chin bo‘ldi,
O‘ynash edi, er bo‘ldi.

G‘ar o‘ziga esh tortar,
Yomon aybini birovga ortar.

Eldan chiqsang ham, dindan chiqma.

Yigitning moli bo‘lguncha, ori bo‘lsin.

Реклама

Nomusni yoshlikdan asra.

Lafz — puldan qimmat.

Boylik ketsa ketsin,
Or-nomus ketmasin.

Shahar sharmandaniki

G‘ar o‘ziga g‘altak qilar,
O‘g‘ri o‘ziga o‘rtoq qilar.

Qizil et ketar,
Qizargan bet qolar.

Shahar sharmandaniki

Yigitning sazasi singuncha,
Shaytonning bo‘yni uzilsin.

Sayoq yurgan tayoq yer.

O‘g‘rining ishiga to‘g‘ri uyalar.

Yigitning xo‘rligi — o‘limdan qattiq.

Ishonch va ishonchsizlik haqida maqollar

Echkida et yo‘q,
Orsizda — bet.

Urgandan turtgan yomon,
So‘zlagandan so‘kkan yomon.

Ne yomon, or-nomus yomon.

Eman daraxtining egilgani — singani,
Er yigitning uyalgani — o‘lgani.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Totuvlik va Ahillik haqida maqollar to‘plami
  2. Barqarorlik va Beqarorlik haqida maqollar to‘plami
  3. Erk va Erksizlik haqida maqollar to‘plami
  4. Ishonch va Ishonchsizlik haqida maqollar to‘plami
  5. Umid va Umidsizlik haqida maqollar to‘plami
  6. Ochko‘zlik va Nafs haqida maqollar to‘plami
  7. Tajriba va Tajribasizlik haqida maqollar to‘plami
  8. Farzand va Farzandsizlik haqida maqollar to‘plami
  9. Qarindosh urug‘chilik va Begonalik haqida maqollar to‘plami
  10. Oilaviy qadriyatlar va Qo‘shnichilik haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *