Ehtiyoj va Zaruriyat haqida maqollar to‘plami

Zaruriyat va ehtiyoj haqida eng sara maqollar to‘plami. «Ehtiyoj — insonning yashashi va kamol topishi uchun kerakli hayotiy vositalarga boʻlgan zaruriyat».

Ehtiyoj va zaruriyat haqida maqollar

Ehtiyoting bo‘lsa,
ehtiyojing bo‘lmas.

Реклама

Zarurat tushsa,
zar to‘kilar.

Oy tunda kerak,
Aql — kunda.

Qarz beruvchi — arslon,
Qarz oluvchi — sichqon.

Реклама

Takaning mugizi tangriga kerak bo‘pti.

Kampirning dardi — g‘o‘zada,
Yigitning dardi — bo‘zada.

Ho‘kizning mo‘guzi o‘ziga og‘irlik qilmas.

Naqd va nasiya haqida maqollar

Реклама

So‘raganning aybi yo‘q.

Ochning jahli qomida.

Gadoga oq xalta ham bir, ko‘k xalta ham.

Ishtonsizning tushiga Ikki enlik bo‘z kirar.

Реклама

Har kishi o‘z qopining og‘zini o‘zi ochar.

Tilaganga ne berar,
Qatti-qutti non berar.

Ko‘rga ko‘zgu kerakmas.

Oz bo‘lsa yetar,
Ko‘p bo‘lsa ketar.

Реклама

Mo‘ynaning pardozi — chiviq.

Har kimning tomiga qor yog‘sa, o‘zi kuraydi.

Tilab olgan to‘n tizzaga chiqmas

Tuya och bo‘lsa, jihoziga tarmashar.

Bo‘rini ko‘rsa, ovul iti birlashar.

Tilab olgan to‘n

Kel-kelga olsa, keli sop tug‘ar.

Реклама

Tilini tishlagan tishini sug‘urib olmas.

Kir yuvgichga — suv quygich.

Kerak terakni yiqitar.

To‘yganda to‘qlining go‘shti ham tatimas,
Och qolganda zog‘ora non ham ortmas.

O‘g‘illi boshim o‘yinda,
Qizli boshim qiyinda.

Реклама

Egasiga kerak bo‘lsa, qo‘shnisi o‘pkalamas.

Qari qizga tong otmas.

Qizg‘anchiqdan ortar, mechkaydan ortmas.

Burunni sassiq deb kesib bo‘lmas.

Uyqu o‘rin tanlamas.

Реклама

Oyoq charchasa, tayoq yaraydi.

Kinnachi der: «Kasal ko‘paysin»,
Go‘rkov: «O‘lik ko‘paysin».

Ochlik ko‘chaga chiqarar,
Yalang‘ochlik uyga kirgizar.

Tilaganim tizdan tuban.

Tirikchilik sherni ham tulki qilar

Qora qorning — qora qayg‘ung.

Реклама

Oshning ta’mi tuz bilan,
Suvning t’a’mi muz bilan.

Tirikchilik sherni tulki qilar

Tilab olgan non qorin to‘ydirmas.

Uksiz o‘z kindigini o‘zi kesar.

Og‘riq qayerda bo‘lsa, jon o‘sha yerda.

Tejamkorlik va isrofgarchilik haqida maqollar

Реклама

Qizli uy qizilga to‘ymas.

Olovga kelgan elakni olmas.

Turmush — urinish.

Ot bo‘lmaganda eshak ham ot.

Kunim uchun kul tortaman.

Реклама

Chayon chaqqan uxlaydi,
Qorni och uxlamaydi.

Molsiz uy bor, nonsiz uy yo‘q.

Tuya tuz deb yig‘lar,
Yigit — qiz deb.

Dunyoning kerakligini bozorda bildim,
Oxiratning kerakligini — mozorda.

Ot tuz deydi,
Yigit — qiz.

Реклама

Mevasini ye, egasini surishtirma.

Och qolganga qozon ostirma,
Sovuq qotganga o‘t yoqtirma.

Zarilga zarur, nozarilga ne zarur

Kes-keslagan it ovga yaramas.

Yo‘qni kerak toptirar,
Yolg‘iz otni sottirar.

Zarilga zarur, nozarilga ne zarur

Katta uyga ne kerak,
Kichik uyga shu kerak.

Реклама

Qarz olgan qochar,
Qarz bergan quvar.

Bo‘rining qulog‘i — ovda.

Sayil ham sayil,
Sargardonlik ham sayil.

Yo‘qni kerak toptirar,
Har tomonga choptirar.

O‘g‘ling bo‘lsa, elga ber,
Qizing bo‘lsa, erga ber.

Реклама

Men ne deyman,
Qo‘bizim nima deydi.

Qulunli biyadan quduq suvi ortmas.

Otni topish bir kunlik,
Abzal topish ming kunlik.

O‘g‘ilga bir kerak bo‘lsa,
Qizga ming kerak.

Ehtiyoting bo‘lsa, ehtiyojing bo‘lmas.

Yantoqli yerda so‘na bor.

Реклама

Odam odamga kerak,
Jon — tanga.

Yig‘lagan ko‘zga — yosh,
Tilagan og‘izga — osh.

Merosdan yumruq tegsa ham ol.

Ming qo‘ylining bir qo‘yliga ishi tushar.

Tirikchilik toshni ham yorar

Nasiba va rizq haqida maqollar

Nonsiz yashab bo‘lmas,
Gapni oshab bo‘lmas.

Реклама

Och kishiga osh qo‘ysang, betingga qaramas.

Tirikchilik toshni ham yorar

Molsiz uy bo‘lsa bo‘lar,
Yuksiz uy bo‘lmas.

Ketar qizning ko‘ngli kuyovda.

Jon qiynamay, yumush bitmas,
Talaba bo‘lmay, murodga yetmas.

Chiroqning piligiga yog‘ kerak,
Odamning — iligiga.

Txixumni ko‘rmaganga qoraqarg‘a ham tovuq.

Реклама

Hamma yukni ko‘targan tuya,
Kapkirni ham ko‘tarar.

Buzoq somonxonani bo‘shatar,
Bola — nonxonani.

Tulkiga jon kerak,
Ovchiga teri kerak.

Loysiz suv, qurbaqasiz ko‘l bo‘lmas.

Otaga — mol, qizga — jamol.

Quzg‘un och qolsa, tirikni ham cho‘qir.

Boshi og‘rimaganning xudo bilan nima ishi bor.

Реклама

Charchab kelib mingan so‘ng,
Cho‘loq eshak ot bo‘lur.

Oyliging kuysa kuysin,
Kunkging kuymasin.

Kelar gapni kelin ham aytar.

Zarurat tushsa, zar to‘kilar

Temirchiga ko‘mirchi hokim.

Tashnaning tushiga suv kirar.

Zarurat tushsa, zar to‘kilar

Yog‘och suvdan to‘ymas.

Men o‘z holim bilan,
Mulla mening molim bilan.

Реклама

Tilingandan tilangan yomon.

Och kishi moy tanlamas,
Qari qiz boy tanlamas.

Eshak yotaqolsam deydi,
Egasi yetaqolsam deydi.

Ot topguncha egar top.

Yig‘lamagan bolaga emchak yo‘q.

Er boshiga ish tushsa,
Etik bilan suv kechar.
Ot boshiga ish tushsa,
Suvliq bilan suv ichar.

Samaradorlik va besamarlik haqida maqollar

Kar qattiq so‘zlar.

Ko‘chaning ko‘rki — tol,
Yaylovning ko‘rki — mol.

Och qolgan nondan gapirar.

Osh totig‘i — tuz.

Xotin boshim erkak bo‘ldi,
Qora sochim telpak bo‘ldi.

Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda

  1. Nasiya va Naqd haqida maqollar to‘plami
  2. Tejamkorlik va Isrofgarchilik haqida maqollar to‘plami
  3. Rizq va Nasiba haqida maqollar to‘plami
  4. Samaradorlik va Besamarlik haqida maqollar to‘plami
  5. Bahona va Natija haqida maqollar to‘plami
  6. Farosat va Farosatsizlik haqida maqollar to‘plami
  7. Andisha va Andishasizlik haqida maqollar to‘plami
  8. Samimiylik va Nosamimiylik haqida maqollar to‘plami
  9. Xushomad va G‘urur haqida maqollar to‘plami
  10. Or-nomus va Obro‘ haqida maqollar to‘plami

Fikringizni bildiring

Ushbu mavzuga doir fikringizni batafsil yozib qoldiring! Обязательные поля помечены *