Insof, Insofsizlik va Adolat haqida maqollar to‘plami
Adolat, insof hamda insofsizlik haqida eng sara maqollar to‘plami. «Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o‘zimdan rozi qildim. Gunohkorga ham, begunohga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlar ko‘nglidan joy oldim» (Amir Temur).
Yaxshiga kun yo‘q,
Yomonga — balo.
Suv keltirgan — xor-u zor,
Ko‘za sindirgan — aziz.
Bir yaxshiga bir yomon har yerda bor.
Yaxshi va yomon so‘z haqida maqollar
Jon kuydirmasang, jonona qayda,
Toqqa chiqmasang, do‘lona qayda.
Vijdondan kechgan yiqilar.
Poraxo‘r — boyimas,
O‘g‘ri — koyinmas.
Ko‘mirni o‘g‘irlagan temirchi,
Baloga qolgan ko‘mirchi.
Noshukurda shukur bo‘lmas,
Nonko‘rda — uzr.
O‘t bergan o‘tini olar,
Suv bergan — suvini.
Bir xotir, ikki xotir,
Uchida urib qotir.
Insofi borning barakati bor
Zar ham zo‘rniki,
Zan ham zo‘rniki.
Tog‘dagi kelib bog‘dagini quvibdi.
Etim-etim demangiz,
Etim haqin yemangiz.
Jallob — turgan-bitgani qallob.
Pora kanda bo‘lmasa, parokanda bo‘lasan.
Turkistonda qo‘y bir so‘m,
Kela-kela o‘n bir so‘m.
Da’vogaring xon bo‘lsa,
Arzingni olloga ayt.
Jangal o‘zini bog‘ aylar.
To‘yar-to‘ymas oshi,
Charchaguncha ishi.
Ketmon olsang, zanglatma,
Egasini qatnatma.
Insofli oshini yer, insofsiz — boshini
Yuribsan bu so‘qmoqqa,
Chidarsan bu to‘qmoqqa.
Buzilgan uydan bulovich olma.
Dunyo, moli bo‘lmasa,
Tomni teshgan o‘g‘ri shul.
Otang — tarozi, onang — tarozi.
Ko‘r bo‘lsang ham, ko‘mamak bo‘lma.
Palla-palla — shu palla,
Adolatda — bir kalla.
Yaxshiga ipak ilashur,
Yomonga tikan ilashur.
Haqiqat — osmonda,
Narvoni — hamyonda.
Haqiqatning yuzi — yorug‘, qo‘li — uzun.
O‘lmoqning jazosi — ko‘mmoq,
Yomonning jazosi — urmoq.
Adovat emas, adolat yengar
Birovni qarg‘asang, o‘zingga urar.
Tomosha — ko‘rniki,
Zamona — zo‘rniki.
Har yerda xo‘roz bir xil qichqirar.
Har kim fe’liga yarasha olar.
O‘tniki — o‘tga,
Suvniki — suvga,
Yonga qoldi qatiqning puli.
O‘qloq o‘qtalganga to‘qmoq o‘qtal.
Semiz — «ko‘rkam»,
Boy — «chechan».
Haq egilsa ham, sinmaydi.
Yaxshilik va yomonlik haqida maqollar
Xatoning yo‘ldoshi — jazo.
Odil kishi oyday,
Oqib turgan soyday.
Insofi yo‘qning imoni yo‘q
O‘l, desang kampirga ham yoqmas.
Poraxo‘rning tavbasidan qo‘rq,
Mug‘ombirning — yig‘isidan.
Poraxo‘rning qo‘li to‘rtta,
Ko‘zi — beshta.
Ish bitdi,
Eshak loydan o‘tdi.
Adolat qilichi kesgan qo‘l og‘rimas.
Boyning gapi — o‘ng,
Yo‘qning gapi — to‘ng.
Arzon bo‘lsa, oluvchidan insof ketar,
Qimmat bo‘lsa — sotuvchidan.
Zamonaning ozgani —
Otdan eshakning o‘zgani.
Adolat qilichi keskir bo‘lar
Yursang sayoq,
Ersan tayoq.
Tegirmon navbati bilan.
Sotuvchi sakkizga sotmaydi,
Oluvchi oltiga olmaydi.
Haq o‘z do‘ppisining tagida.
Haq ishni xalq qo‘llar.
Nohaq qon yerda yotmas.
Haq nohaq bo‘lmas.
Yaxshiga tinim yo‘q,
Yomonga o‘lim yo‘q.
Jon berganga joy ber,
Joy beiganga jon ber.
Insof — sari baraka
Yaxshiga yaxshi bo‘l,
Yomonga — yomon.
Qovunning sarasini it yer,
Olmaning sarasini — qurt.
To‘ng‘izdan o‘q ayama.
Haq joyda qaror topar.
Otdan bo‘lgan o‘t yeydi,
Itdan bo‘lgan et yeydi.
Otgan qolmas baloga,
Aytgan qolar baloga.
Haq egilar, nohaq sinar.
Qashqir tumshug‘idan ilinar.
Tosh qo‘ygan tosh olar,
G‘isht qo‘ygan g‘isht olar.
Noinsofga erk bersang, elni talar
Ko‘pirsang ham, tupurma.
Ko‘rgan kuningni unutma,
Xom chorig‘ingni quritma.
To‘g‘rilik va egrilik haqida maqollar
Da’vogar sust bo‘lsa,
Qozi muttaham bo‘lar.
Poraxo‘r besh qo‘lini og‘ziga tiqar.
O‘g‘rining uyi ko‘p,
To‘g‘rining uyi yo‘q.
Kulni o‘z kumochingga tortma.
Pora do‘zax eshigini ochar.
Qo‘yni ham o‘z oyog‘idan osarlar, echkini ham.
Haqiqat qilni qirq yorar.
Noinsofni tuzkonda ko‘r
Haq haqqa chiqar,
Nohaqning bo‘yni sinar.
Yiqilganni tepib o‘tma, suyab o‘t.
Har kim qazigan chuqurga o‘zi yiqilar.
Kimning moli, puli bo‘lsa,
Avliyoning o‘g‘li shul.
Etimni yig‘latma.
Qarz, qarzni berish farz.
Haqiqat o‘tda ham kuymas,
Suvda ham cho‘kmas.
Jabiga sabr chidamas.
Halollik va tekinxo‘rlik haqida maqollar
O‘g‘ri bo‘l, qaroqchi bo‘l, insofli bo‘l.
Poraxo‘r — haromxo‘r.
Haq o‘tar, haqlik yutar.
Haq — hamisha g‘olib.
Hozir boshqalar ushbu maqolani o‘qimoqda
- Yaxshi va Yomon so‘z haqida maqollar to‘plami
- Yaxshilik va Yomonlik haqida maqollar to‘plami
- To‘g‘rilik va Egrilik haqida maqollar to‘plami
- Halollik va Tekinxo‘rlik haqida maqollar to‘plami
- Mehnatsevarlik va Ishyoqmaslik haqida maqollar to‘plami
- Ahillik va Birlik haqida maqollar to‘plami
- Manmanlik va Kamtarlik haqida maqollar to‘plami
- Vatan va Vatanparvarlik haqida maqollar to‘plami
- Til va uning ofati haqida maqollar to‘plami
- Amaldorlar va Din vakillari haqida maqollar to‘plami
🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔🤔
Adolat va insof haqidagi ushbu maqollar menga rosa yoqdi, sizlargaham bir tanishib chiqishni maslahat beraman.